4. O'zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.
O'zbekiston bilan Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo'lga qo'yildi. 1992— yil 15-16-fevral kunlari AQSH davlat kotibi Jeyms Beyker O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi vaikki davlat o'rtasidadiplomatik aloqalar o'rnatildi.1992— yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo'lib AQSHning elchixonasi ochildi. 1993— yil 14-sentabrda AQSH davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo'yicha elchisi Strob Talbot O'zbekistonda bo'ldi va O'zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995— yil 6-aprelda AQSH mudofaa vaziri Uilyam Persi O'zbekistonga keldi, O'zbekistonning NATO «Tinchlik yo'lida hamkorlik» dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH armiyasi o'quv-mashq markazida tinchlikni ta'minlash maqsadida o'tkazilgan harbiy mashqlarda O'zbekiston qurolli kuchlari vzvodi ishtirok etdi. O'zbekiston bilan AQSH o'rtasida sarmoyalarni rag'batlantirish va o'zaro himoya qilish to'g'risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to'g'risida shartnomalar tuzilgan. Toshkent - Nyu-York o'rtasida bevosita havo yo'liochildi.
O'zbekistonda 1996-yil boshlarigacha Amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta o'zbek-amerika qo'shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko'rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQSHning Nyumont Mayning Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog' jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi «Zarafshon-Nyumont» qo'shma korxonasi bor. Bu korvonada 2002— yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.
O'zbekiston Prezidenti l.Karimovning 1996— yil 23-28-iyun kunlarida AQSHda bo'lishi O'zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog'onaga ko'tardi. I.Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo'lgan siyosiy, iqtisodiy, havfsizlik masalalari muhokama etildi. I.Karimov bilan B.Klinton uchrashuvi ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarga
siyosiy zamin hozirladi. 1996— yil 25-iyun kuni O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi.
2001- yilda О'zbekistonda AQSH bilan hamkorlkda amalga oshirilayotgan loyihalar soni 70 tadan ortdi. AQSH sarmoyasi ishtirokida respublikamizda barpo etilgan 305 ta qo'shma korxona sanoat, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, 'gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommunikatsiya va ta'lim sohalarida samarali faoliyat ko'rsatmoqda. "Zarafshon-Njumont", «O'z-Teksako», "O'z keysmash" 'O'z-keystraktor, "O'z-Eksayd", "BiEy Ay"ning Xo'jaobod gaz ombori qurilish, "ABB Lummus Global" bilan hamkorlikdagi Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi shular jumlasidandir. O'zbekistonning AQSH bilan savdo aylanmasi 300 mln. AQSH dollardan oshdi.
2001— yil 11-sentabr kuni xalqaro terroristlar AQSHda sodir etgan fojiali voqealar paytida O'zbekiston birinchilardan bo'lib AQSH hukumatining Xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror kaolitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo'lib chiqdi. 2002— yil 11-14-mart kunlari O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prczident Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda bo'ldi. AQSH Prezidenti J.Bush va martabali hukumat vakillari Islom Karimovni Oq uyda obro'-e4iborli mehmon sifatida kutib oldi. Tomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va harbiy-texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar. Tashrif yakunida «O'zbekiston bilan AQSH o'rtasida o'zaro shcriklik va hamkorlik asoslari to'g'risida deklaratsiya», ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, yadroviy materiallar va texnologiyalar tarqalishining oldini olishda hamkorlik, moliya, qishloq xo'jaligiga oid qator huj[jatlar imzolandi. AQSHni sinovli damlarda qo'llab-quvvatlagani uchun Prezidentimiz Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miqyosdagi lider» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Amerika xalqining O'zbekiston xalqiga hurmat-e'tiborining timsolidir.
O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalarni yo'lga qo'yish va tobora chuqurlashtirish alohida o'rin O'zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi tutadi. 1996— yil 21-iyunda Florensiya shahrida imzolangan O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi «Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim», uning 1999— yil 1-iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
O'zbekislonning Yevropa ittifiqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqti— sodiy, ilmiy-texnik va madaniy-.gumanitar aloqalari yildan-yilga rivoj lanib. cliuqurlashib bormoqda. Respublikamizda Yvropa ittifoqiga a'zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiya qilindi. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 491 ta коrxоnа ishlayapti, ulardan 111 tasi yuz foizlik yev-rора kapitaliga tga. I995-2002— yillarda Yevrropa Ittifoqi mamla-katlarining firma va kompaniyalari respublikamizda umumiy qiymati qariyb 8 mlrd. AQSH dollariga teng yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi. 2002— yilda O'zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan mahsulol ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 65,8 mln. AQSH dollarini, 2003— yil yanvar-oktabr oylari yakunlari bo'yicha esa 910,6 mln, AQSH dollarini tashkil etdi.
O'zbekistonning Yevropa Ittifoqining a'zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo'lgan Germaniya bilan o'zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning Germaniyaga 1993— yil 28-aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O'zbekiston bilan Germaniya o'rtasida munosabatlarni yo'lga qo'yishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. I.Karimov GFR Federal prezidenti Rixard fon Vayzenker va Federal kansler Gelmut Kol bilan samimiy, o'zaro tenglik asosida, ishonch va qatiyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o'rtasida madaniy hamkorlik to'g'risida, sarmoyalar qo'yishni amalga oshirish va o'zaro himoya qilishga ko'maklashish to'g'risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to'g'risida bitimlar imzolandi. «Doyche bank», «Mersedes-Bens» va «Simens» kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko'ra, O'zbek-Germaniya hamkorligi masalalari bo'yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994— yil 1-sentabrda GFR poytaxti Bonnda O'zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Tosh kent-Frankfurt» havo yo'li ochildi, O'zbekistonda «Doyche-bank»ning bo'limi faoliyat ko'rsatmoqda.
Germaniyaning "Geydelberg" firmasi O'zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. "Geydelberg" firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo'l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi "Tong" nashriyoti qayta jihozlandi. O'zbekistondagi "Rastr" va "Groteks" nashriyotlari "Geydelberg" firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o'quv qo'llanrnalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001— yilda O'zbekiston-Germaniya-Rossiya hamkorligidagi "Namangan qog'oz" qo'shma korxonasi qurilib ishga tushirildi.
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 2001— yil 2-5-apre* kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning 2002— yil 9-10-may kunlari O'zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O'zbekiston-Germaniya o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko'tardi.
Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o'rtasida aloqalar kengayib bormoqda. 1997— yilda O'zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo'lsa, 2001 — yilda bu ko'rsatkich 80 taga yetdi. Ularning eng yiriklari «Xobas TAPO», «Xiva Кафе!» va boshqalardir. 2003— yilda Germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko'rsatdi, ulardan 40 tasi yuz forzlik Germaniya kapitaliga ega. O'zbekistonga kiritlayotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001— yildayoq 1 mlrd. AQSH dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aylanmasi 2001— yilda 283,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Germaniya Federativ Respublikasi O'zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy hamkoridir.
O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993— yil 28-30-oktabr kunlari O'zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I.Karimov Fransiya Prezidenti F.Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do'stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi, F.Mitteran qabul marosimida nutq so'zlab: «Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o'rinni egallab turgan mustaqil O'zbekiston Sharq bilan G'apb o'rtasida ishonchli ko'prik bo'lishi mumkin. Ko'p asrlik tarix, teran an'analarga ega bo'lgan, insoniyatning faxriga aylangan allomalarni yetkazib bergan O'zbekiston doimo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo'lib qoldi»,- deb ta'kidlagandi. Bu Vatanimiz to'g'risida, uning shon-shuhratini ulug'lovchi xolisona, olijanoblik bilan berilgan bahodir. Safar natijasida Parijda «O'zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qiiish to'g'risida bitim, sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risida bitim imzolandi.
Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respubli-kamizda demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O'zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik «Kredit Kommersial de Frans» banki o'rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta'minlash ko'zda tutildi.Taniqli «Elf-akiten» neft-kimyo konserni, «Texnip» firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O'zbekiston o'rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta'minlab turgan «Kredi kommersila de Frans» banki zavod qurilishini ham mablag' bilan ta'minladi. O'zbekiston bu bankka mablag' qo'ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo'lib turibdi.
1994— yil 25-27-aprel kunlari Fransiya Prezidenti F. Mitteranning O'zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog'ida imzolan-gan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik to'g'risida, O'zbekiston va Fransiya o'rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlik to'g'risidagi deklaratsiyalar imzolandi.
O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
O'zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo'lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993— yil 22-25-noyabr kunlari O'zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo'lishi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo'ldi. Mamlakatimiz rahbarining qirolicha Yelizaveta II, Bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq o'zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo'lib o'tdi. Safar samarali bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o'rtasida o'zaro iqtisodiy aloqalar to'g'risida shart-noma, sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risida bitim, havo yo'llarini ochish to'g'risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. «Toshkent-London» havo yo'lida samolyot qatnovining yo'lga qo'yilishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1996— yiining boshlarida O'zbekistonda Britaniya Kengashi bo'limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish yo'lidagi yangi qadam bo'ldi.
O'zbekistonning Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, ltaliya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o'rnatildi vakengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O'zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo'ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo'lib qolmay, O'zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat - Shveysariyadagi vakofatxonasiga ham aylandi.
O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida aloqalarning yo'lga qo'yilishi mamlakatimizning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligini yangi bosqichga ko'tardi. O'zbekiston Oliy Majlisi bilan Yevroparlament o'rtasida ham aloqalar o'rnatildi. Bu aloqalar O'zbekiston parlamenti bilan Yevroparlament o'rtasida 1998— yilda tuzilgan hamkorlik qo'mitasi darajasida kengayib bormoqda.
O'zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg'or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko'plab qo'shma korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir.
2003— yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 2087 ta qo'shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan shcriklari. bilan birgalikda faoliyat ko'rsatdi. Ular 386,7 mlrd. so'm hajmida iste'mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chi-qardi, аholiga xixmat ko'rsatdi. Jahondagi 80 dan ortik xorijiy bank bilan o'zaro munosabatlar o'rnatilgan. Mustaqillik yillarida O'zbe-kistonga kiritilgan chet el investitsiyalari 14 milrd. AQSH dollaridan oshdi. Bir yilda laxminat 1 mlrd. AQSH dollari o'zlashitirilmoqda. O'zbekiston jahondagi I40 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda. Har yilgi tovar ayirboshlash hajmi 6-8 mlrd. AQSH dollairini tash-kil etmoqda.Ilg'or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, hank sohasida va boshqaruvda, axborot tarmoqlarini yo'lga qo'yishida, yetakchi birjalar bilan aloqalar o'rnatishda, qonunchilik tajribasini o'rganishda respublikamizga ko'maklashmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda larixiy ji hat dan qisqa Sir davrda xalqaro rnunosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston o'zining tinchliksevar, yaxshi qo'shnichilik, o'zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi, uning mavqeyi yildan— yilga mustahkamlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |