Ishlari vazirligi


O'zbekiston va Xitoy aloqalari



Download 1,07 Mb.
bet99/101
Sana01.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#724628
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
Ishlari vazirligi

O'zbekiston va Xitoy aloqalari. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyo-satining asosiy yo'nalishlaridan bin Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari bilan aloqalar o'rnatish va rivojlantirishga qaratilgan. Bu mamlakatlar orasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan davlatlararo aloqa o'rnatish alohida ahamiyatga ega.O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki paytlar-dayoq O'zbekiston va Xitoy o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 1992— yil 2-3-yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda bo'ldi, shu kunlari ikki mamlakat o'rtasidadiplomatikmunosabatlar o'rnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi.
1992— yil 12-14-mart kunlari O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning XXR ga davlat tashrifi ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chog'ida hamkorlikning turli sohalari bo'yicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to'g'risida, qishloq xo'jaligida hamkorlik to'g'risida, sarmoyalarni rag'batlantirish va o'zaro himoya qilish to'g'risida bitimlar bor edi.1994— yil 18-20-aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning O'zbekistonga davlat tashrifi paytida O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, havo transporti aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. Xitoy tomoni O'zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini xarid qiladigan bo'ldi.1994— yil 24-25-oktabr kunlari O'zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va muhim ahamiyatga molik bo'lgan hujjat-«O'zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasida o'zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o'zaro manfaatli ham-korlikni rivojlantirish to'g'risida bayonnoma» imzolandi. Shuningdek, ikki davlat o'rtasida konsullik shartnomasi imzolandi. Islom Karimovning 1999— yil 8- 10-noyabr kunlari XXRga uchinchi marta safari chog'ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, telekommunikatsiya sohalarida hujjatlar imzolandi. Ikki tomonlama aloqalar yanada kengaydi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan 78 ta O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi ikki mamlakat o'rtasida hamkorlikning rivojlanib borayotganining dalilidir.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Tszintao davlat tashrifi bilan 2004— yil 14-iyun kuni O'zbekistonga keldi. Ikki davlat boshliqlari uchrashuvida O'zbekiston-Xitoy munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi. 2004— yil yanvar-aprel oylarida o'zaro savdo hajmi 134 mln. AQSH dollariga etganligi, umumiy qiymati 100 mln. AQSH dollariga teng ikki tomonlama loyihalar amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Ikki mamlakat to'qimachilik, qishloq xo'jaligi, mashinasozlik, kimyo, kommunikatsiya sohalarida hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Muzokaralar yakunida O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida sheriklik munosabatlari, do'stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mus-tahkamlash to'g'risida Qo'shma deklaratsiya imzolandi. Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida narkotik vositalarining, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va suiiste'mol etilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid, Toshkentda Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi bitimlar-jami 10 ta hujjat imzolandi.Xitoy rahbari ta'kidlaganidek, o'zaro ishonch va hurmat, ikki tomonlama manfaatdorlikka tayangan O'zbekiston-Xitoy munosabatlari xalqlarimiznig umumiy mulkidir.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish