Ishlari vazirligi


-Mavzu. TURKISTONDA MUSTABID SOVET HOKIMIYATINING O'RNATIUSHI VA UNGA QARSHi QUROLLI HARAKAT



Download 1,07 Mb.
bet43/101
Sana01.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#724628
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
Bog'liq
Ishlari vazirligi

9 -Mavzu. TURKISTONDA MUSTABID SOVET HOKIMIYATINING O'RNATIUSHI VA UNGA QARSHi QUROLLI HARAKAT



  1. 1917— yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta'siri. «Sho'roi Islomiya»,

«Sho'roi Ulamo».
2. Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi, uning shovinistik siyosati
3. Turkiston muxtoriyati
4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o'sib borishi, Xiva xonligi va Buxoro
amirligining yemirilishi
5. Turkistonda mustabid sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat, uning mag'lubiyati sabablari va
oqibatlari


1. 1917— yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta'siri. «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo».
1917 yilgi fevral inqilobi va Turkislon. Rossiyada 1917— yii fevralida burjua - deraokratik inqilob sodir bo'ldi, ko'p asriik Romanovlar sulolasi hukmronligi ag'darildi. Monarxiya siyosiy tuzumining barham topishi Rossiya imperiyasi va Lining turli hududlarida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskin o'zgarishiga olib keldi. Buning natijasida Rossiyada tarixda kamdan-kam uchraydigan hodisa - ikki hokimiyatchilik vujudga keldi.
- burjuaziya vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat
- Ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetlari
Agar burjuaziya Muvaqqat hukumati mamlakatni yuqoridan turib boshqaradigan organ sifatida faoliyat yuritib, asta - sekinlik bilan hokimiyat murvatlarini o'z qo'liga olib borgan bo'lsa, ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetiari esa hokimiyatni quyidan boshqarishda qatnashib bordilar. Ularning hokimiyat organi - Petrograd Soveti huddi shu yo'nalishda faoliyat yuritdi.
Rossiya imperiyasining mustamlakachilik asorati ta'sirida bo'lib kelgan Turkiston o'lkasi hayotida ham, bu davrga kelib, sezilarli tarixiy voqealar sodir bo'ldi. Mustamlakachilik boshqaruv organi — Turkiston General-gubernatorligitugatildi. lining o'rniga Muvaqqat hukumatning 39J7— yil 7-apre!dagi qaroriga binoan kadet N.N.Shchepkin raisligida 9 kishidan (4 nafari tub yerli aholi)iborat Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo'mitasi tashkil etildi. Viloyatlarda harbiy gubernatorlik tizimi barham topib, viloyat komissarlari instituti vujudga keldi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan bolsheviklar, mensheviklar va eserlar partiyalarining Turkistondagi mahalliy tashkilotlari yetakchiligida o'lkaning bir qator yirik shaharlarida ishchi, askar deputatlari soveti tashkil topdi. Tez orada mahalliy aholi vakillaridan iborat musulmon ishchi va askar deputatlari sovetlari ham tuzila boshladi. Muvaqqat huku-matning 1917— yil may oyi boshlarida chiqargan farmoniga binoan, Turkistondan jalb qilingan mardikorlar o'z ona yurtlariga qaytib kela boshladi.
Yurt istiqboli va istiqloli uchun qayg'uruvchi vatanparvar, hurri-yatparvar kuchlar harakat qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun ko'p yillar fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining rahnamolari alohida o'rin tutdi. Ular mahalliy aholining siyosiy ongini o'stirish, hal qiluvchi kurashlarga yetaklab borish maqsadida o'ikaning ko'plab shaharlarida vaqtli matbuot nashrlari - gazeta va jurnallar chiqara boshladilar. Masalan, Toshkentda "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Turk eli” "Najot", "Kengash", "Sho'roi islom", Samarqandda "Oyna", "Hurriyat", Buxoroda "Turon", "Buxoroi sharif, Qo'qonda "Sadoi Farg'ona", "Tirik so'z" nomli matbuot nashrlari o'z sahifalarida markazdagi siyosiy vaziyatni, joylardagi ahvolni, o'tkir ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishda, mahalliy aholi ommasini siyosiy - g;oyaviy jihatdan tayyorlab borishda muhim rol o'ynadi.
Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917— yil aprelidan chiqarila boshlagan "Turon" gazetasining ilk sonida "Yashasin xalq jumhuriyati" shiori birinchi bor yangragan edi. Unda aniq maqsad-maslak: "Musulmonlar orasida ko'p yillardan buyon davom etgan umumga zo'rlik, bid'at odatlarni bitirmak, kelajakda bo'ladigan jumhuriy idoraga xalqni tayyorlamoq" g'oyasi ilgari surilgan edi.
Shuningdek, Munavvar qorining o'sha yili "Najot" gazetasining 26-mart sonida bosilgan «Xurriyat berilmas, olinur", degan xitobi ham jadidlarning xalq ozodligi va istiqloli yo'lida jiddiy kurashga bel bog'laganliklaridan dalolat berardi.
Sho'roi Islomiya. Turkiston jadidlari faqat targ'ibot-tashviqotchilik ishlari bilan cheklanib qolmasdan, shu bilan birga, siyosiy tashkilotlar, partiyalar tuzish, ularning faoliyatini islohotchilik maqsadlari sari yo'naltirish bilan ham jiddiy shug'ullanib bordilar. Chunonchi, 1917— yil 14-martda Toshkentda "Sho'roi Islomiya" tashkiloti tuzildi. Hur va demokratik Turkiston uchun kurash uning asosiy g'oyasi va bosh maqsadi edi. 15 kishidan iborat rayosat tarkibidan Munavvar qori Abdurashidxonov (yetakchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo'minboyev, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Salirnxon Tillaxonov singari yurt rahnamolari o'rin olgan edilar.
O'lkaning turli joylarida "Sho'roi Islomiya"ning quyi sho'balari tuzilib, ular aholi orasida qizg'in faoliyat yuritdilar. Shuningdek, "Sho'roi Islomiya" ta'sirida joylarda turli nomda tashkilotlar tuzildi. Toshkentda "Turon", "Ittihodi taraqqiy", Andijonda "Ozod xalq", "Hurriyat", "Ma'rifat", Samarqandda "Mirvaj-ul Islom", "Klub Islomiya", Kattaqo'rg'onda "Ravnaqul Islom", "Guliston" va boshqalar shular jumlasidandir. M. Behbudiyning "Xaq olinur, berilmas", Munavvar Qorining "Hurriyat berilmas, olinur" shiorlari ularning chinakam kurash bayrog'iga aylangan edi.
Turkiston istiqloli uchun kurashga bel bog'lagan va "Sho'roi Islomiya" ta'sirida faoliyat yuritgan jadidlarning bir qismi "Qa-dimchilar" nomi bilan atalardi. 1917— yil iyuniga kelib "Qadimchilar" "Sho'roi Islomiya" tarafdorlari bilan uzil - kesil aloqani uzib, "Sho'roi Ulamo" tashkilotini tuzdilar (uning rahbarlari: Sherali Lapin, Abdumalik hoji Nabiyev va boshqalar).
Bo'linishning asosiy sabablari Turkistonning milliy mustaqilligiga erishish yo'lidagi ikki xil qarama-qarshi taktik kurash masalasi edi. Konservativ, mutaassib qarashlar nuqtayi nazaridan yon-dashgan "Qadimchilar" o'lka mustaqilligini hukmron mustam-lakachilarga qarshi faqat g'azovot, ya'ni qurolli kurash yo'li bilan qo'lga kiritishni yoqlardilar.
Jadidlarning ilg'or namoyandalari esa Rossiyada yuzaga kelgan qulay inqilobiy shart-sharoitlardan foydalanib, yurt mustaqilligini siyosiy vositalar orqali, behuda qon to'kmasdan, bosqichma-bosqich qo'lga kiritishni istardilar. Ularning demokratik Rossiya Federatsiyasi tarkibida Turkiston muxtoriyati tuzish talabi ham shu maqsadni ko'zdatutardi.
O'lkaning milliy kuchlari o'rtasida yuz bergan bu ajralish va g'oyaviy ixtiloflar, shubhasiz, ularning harakat birligiga jiddiy putur etkazardi. Ayniqsa "Sho'roi Ulamo"ning nashri - "Al-lzoh" jurnali sahifalarida miUatning ilg'or kuchlariga, vatanparvar milliy ziyolilarga nisbatan adovat urug'ini yoyishga alohida urg'u berildi. Bu esa aslida shovinistik kuchlar tegirmoniga suv quyish edi. Negaki, bundan o'lkada faoliyat yuritayotgan yot-begona siyosiy kuchlar o'z maqsadlari yo'lida foydalandilar.
Turkistonda demokratik harakatlarning o'sib borishida, turli ijtimoiy qatlamlar va tabaqalarni istiqlol uchun kurash bayrog'i ostida birlashtirishda 1917— yilda bo'lib o'tgan Umumturkiston musul-monlari qurultoylari va ular ishlab chiqqan dasturiy hujjatlar, tashkiliy tadbirlarning roli katta bo'ldi.
Turkision o’lika musulmonlar sho’rosi. "Sho'roi Islomiya" Tashkiloti tashabbusi bilan 1917 yil 16 aprelda Umumturkiston musulinonlarining I qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ancha vakolatli anjuman bo'lib, unda Turkistonning ko'plab atoqli kishilari qatnashadilar. Ularorasida M. Cho'qayev, M. Abdurashidxonov, M. Behbudiy, U. Asadullaxo'jayev, Sh. Lapin, T. Norbo'tabekov, A. Z. Validiy, S. Yusupov, I. Shoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kun tartibiga 16 ta masala qo'yilishining o'zi ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda o'lkaning bo'lajak davlat qurilishiga alohida to'xtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya federatsiyasi tuzilishi g'oyasi ilgari surildi. Qurultoyda - Turkiston oika musulmonlari sho'rosini tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. Turkiston o'lka musulmonlar Sho'rosining birinchi yig'ilishida uning markaziy organi - Markaziy sho'ro tuzildi. Mustafo Cho'qayev Markaz raisi, Munavvar qori rais muovini, Ahmad Zakiy Validiy kotib, M. Behbudiy, U.Asadullaxo'jayev va boshqalar a'zolar etib saylandilar. Markaziy sho'ro zimmasiga o'lkadagi barcha tarqoq, o'z holicha ish yuritayotgan, nizom va dasturlariga ega bo'lmagan uyushma va tashkilotlarni birlashlirish, faoiiyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi. Buni uddalashda Markaziy sho'roning joyiarda tashkil etilgan sho'ba (bo'lim)lari muhim rol o'ynadi. Jumladan, Toshkent sho'basini M. Abdurashidxonov, Samarqand sho'basini M. Behbudiy, Farg'ona sho'basini esa Nosirxon To'ra Kamolxon To'ra o'g'li boshqardi. Shu tariqa, Turkistonda uchta hokimiyat organi vujudga keldi:
- Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo'mitasi;
- Ishchi, askar deputatlari soveti;
- Turkiston o'lka musulmonlari sho'rosi, uning markaziy organi - Markaziy sho'ro.
O'lka xalqlarining rahnamolari bo'lgan jadidlar, ruhoniyat arboblari o'z sa'y-harakatlarida mahalliy, hududiy manfaatlar, qiziqishlar bilan cheklanib qolmay, boshqa mintaqalardagi musulmonlar ommasi, ularning ilg'or vakillari bilan ham yaqindan hamjihat bo'lishga intildilar. Shu maqsadda, ular 1917— yilning 1-2 mayida Moskvada bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlari 1 qurultoyida ishtirok etdilar. Unda musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi davlat qurilishi shaklan milliy-hududiy, federatsiya asosidagi demokratik respublika bo'lishi ta'kidlandi. Qurultoyda Butunrossiya Musulmonlari sho'rosi, uning Ijroiya Qo'mitasi ta'sis etildi. Ijroiya Qo'mitasiga o'lkamiz vakillaridan U.Asadullaxo'jayev va I. Shoahmedovlar a'zo etib saylandilar.
Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917— yilning 21-31-iyul kunlari Qozon shahrida bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya musulmon aholisining ozodlik va mustaqillik sari harakatlanishyo'lini aniqlashtirish va muvofiqlashtirishda muhim qadam bo'ldi. Unda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlarning o'zlari hal etishi, musulmonlar kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya Harbiy Sho'rosi ta'sis etish to'g'risida qarorlar qabul qilindi.
1917— yilning 17-20-sentabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan Umumturkiston musulmonlari vakillarining II Qurultoyi o'lka xalqlari hayotida muhim rol o'ynadi. Unda 500 nafar vakil ishtirok etdi. Qurultoyda tarkibi 12 kishilik Turkiston o'lka Qo'mitasi, 24 kishilik "Mahkamai Shariya" (parlament) tashkil etildi. Qurultoyning maxsus qarorida ularning Rossiya davlati konstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta'kidlangan edi. Qurultoyda "Sho'roi Islomiya", "Sho'roi Ulamo", "Turon", " Ittihod" va shu kabi boshqa mahalliy milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona "Ittifoqi Mustimin" ("Musulmonlar Ittifoqi" siyosiy partiyasini tuzish g'oyasi ilgari surildi. Qurultoyda M. Behbudiy otashin nutq so'zlab, hammani birlikka, jipslashishga da'vat etgandi. "Ulug' Turkiston" gazetasi qurultoy ruhini aks ettirib, Turkistonning o'z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodirbo'lgan o'lkaning mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g'oyasini asosiy o'ringa qo'ygan edi.
Shunday qilib, Turkistonning ilg'or ziyolilari milliy istiqlolga erishish yo'lida o'lkadagi barcha sog'lom, vatanparvar kuchlarni birlashib, jipslashib harakat qilishga da'vat etgandilar. Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha faotiyat yuritgan, o'z nafsiga berilgan hamda muxolifatchilik ustivor bo'lgan ayrim mahalliy, milliy tashkilotlar mana shu yuzaga kelgan imkoniyatiardan foydalana olmadilar. Bu esa, shubhasiz, vaziyatni ustamonlik bilan o'z izmiga burib yuborishga intilayotgan bolsheviklarga qo'l keldi.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish