Birinchi operatsiya. Tuzilgan shartnoma asosida mol yetkazib beruvchilardan materiallar sotib olindi:
Haqiqiy sotib olish tannarxlarida 1550000 sum.
Shu jumladan:
“A” materialdan 5000 kg, har bir kilosi 220 so‘mdan umumiy hisobda 1.100000 so’mlik
“B” materialdan 3000 kg, har bir kilosi 150 so‘mdan umumiy hisobda 450.000 so‘mlik.
Materiallar temir yo‘l transportida tashib keltirish xarajatlari ta’minotchi tomonidan to‘langan - 800.000 so‘m
Sotib olingan materiallarni sotib olish haqiqiy tannarxlari bo‘yicha umumiy qiymati - 2350000 so‘m.
3. Moddiy qiymatliklarni temir yo‘l bekatidan omborgacha 2504- avtokalonaning transportida tashib keltirilgani transport tashkilotiga hisoblandi- 150.000 so‘m.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarx bahosi qiymati – 2500000 so‘m.
Birinchi operatsiya yuzasidan quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
A). Materiallarni sotib olish tannarxlaridagi umumiy qiymatiga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” - 1550000 so‘m.
Kt - “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar” - 1550000 co‘m.
B). Moddiy qiymatliklarni mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘langan temir yo‘l xarajatlariga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan schyotlar” - 800000 sum.
Kt - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 800000co‘m.
V). Moddiy qiymatliklarni temir yo‘l bekatidan omborgacha tashib keltirish xarajatlariga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan schyotlar.” - 150000 so‘m.
Kt - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 150000 co‘m.
Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlarda ularni haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Bir vaqtning o‘zida omborlarga qabul qilingan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarx bahosi qiymatiga quyidagi pravodka tuziladi:
Dt - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”- 2500000 so‘m.
Kt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” – 2500000 so‘m.
Analitik hisobida materiallarni tashib keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport-xarid xarajatlarini A va B mahsulotlar orasida taqsimlab, ularning har-birini haqiqiy tannarxlari topiladi.
Materiallarni tashib keltirish uchun jami 950000 so‘mlik transport-xarid xarajatlari qilingan. Bu xarajatlarni sotib olingan materiallarning miqdorlariga bo‘lib, ularning bir birligiga to‘g‘ri keladigan transport-xarid xarajatlari summasini topib olamiz 950000 / 8000 = 118,75 tiyin. Shunday qilib, “A”-mahsulotning haqiqiy tannarxi 338,75 (220 so‘m + 118,75 tiyin) tiyinni, “B”-mahsulotning haqiqiy tannarxi esa 268,75 (150 so‘m + 118,75 tiyin) tiyinni tashkil qiladi.
Tovar-moddiy zahiralarni joriy hisobi haqiqiy tannarx baholarida olib borilganda, ularni asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun foydalanishga berish yoki chetga sotish buxgalteriya hisobida FIFO usuli bilan, birinchi partiya kirim-birinchi partiya chiqim, ya’ni dastlab birinchi partiya bahosidagi mahsulot chiqib ketadi, keyin ikkinchi, uchinchi va oxirgi partiyagacha davom etadi. Bunda, materiallarni korxona omboridan chiqarilishi quyidagi pravodka bilan rasmiylashtiriladi.
Dt – “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib schyotlar”
Dt - “Boshqa ma’muriy xarajatlar”
Kt - “Materiallar hisobga olinadigan schyot”
Do'stlaringiz bilan baham: |