Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Uchinchi operatsiyadan keyin balans ko’rinishi (ming so‘mlarda)



Download 0,95 Mb.
bet45/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

Uchinchi operatsiyadan keyin balans ko’rinishi (ming so‘mlarda).



T/r


Moddalar


Summa


T/r


Moddalar


Summa


1

Asosiy vositalar

9400,0

1

Ustav kapitali

12000.0

2

Tovarlar

3280,0

2

Foyda

2118,3

3

Pul mablag’lari

3129,8

3

Kelgusi davr sarflari

13758.9

4

Kassa

100,0

4

Rezerv fondi

2000,0

5

Debitorlar:

-bunak to’lovlari

-boshqa debitorlar

12390,7


980,0




Kreditorlar:

-byudjetga qarzlar

-ish haqi bo’yicha qarz

-boshqa kreditorlar


1157,9


545,4

2000,0





Balans

33580,5




Balans

33580,5


To’rtinchi operatsiya. Firmaning byudjetga bo’lgan 1157,90 so’m qarzi bankdagi hisob raqami schyotidan 2016 yil 20 yanvar kuni 7-raqamli to’lov topshiriqnomasi bilan o’tkazib berildi. Mazkur operatsiya bir tomondan firmaning bankdagi schyotidagi pul mablag’larining 1157,90 so’mga kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, korxonaning byudjetga soliqlar bo’yicha bo’lgan 1157,9 so’m majburiyatini kamayganini bildiradi. Balansdagi “Pul mablag’lari“ moddasida karxona pullari 1157,9 so’mga kamayib, uning hajmi 1961,9 (3129,8– 1157,9) so’mni tashkil etadi. Shuningdek, passiv tomondagi “Byudjetga qarzlar“ moddasida ham 1157,9 so’m kamayish kuzatiladi. Bu operatsiya balansning ham aktiv, ham passiv tomonidagi moddalariga ta’sir qilib, ularni kamayishiga olib keladi. Balans umumiy qiymati kamayadi, lekin tomonlar o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi (10- jadval).

10-jadval

To’rtinchi operatsiyadan keyin balans ko’rinishi (ming so‘mlarda).




T/r


Moddalar


Summa


Tr



Moddalar


Summa

1

Asosiy vositalar

9400,0

1

Ustav kapitali

12000.0

2

Tovarlar

3280,0

2

Taqsimlanmagan foyda

2118,3

3

Pul mablag’lari

1961,9

3

Kelgusi davr sarflari

13758.9

4

Kassa

100,0

4

Rezerv fondi

2000,0

5

Debitorlar

-bunak to’lovlari

-boshqa debitorlar

12390,7


980,0

5

Kreditorlar

-ish haqi bo’yicha qarz

-boshqa kreditorlar

343,9


2000,0




Balans

32422.6




Balans

32422.6

Yuqorida ko’rib chiqilgan xo’jalik muomalalarini balans tarkibiga ta’sirini quyidagi arifmetik ifodalarda ko’rsatish mumkin:



  1. ∑ A+∑U- ∑U ═ ∑P;

  2. ∑ P+∑U-∑U ═ ∑ A;

  3. ∑A+∑U ═ ∑ P+∑U;

  4. ∑ A-∑U ═ ∑ P-∑U;

Bu yerda;

  1. ∑ A-balans aktiv tomoniningg jami summasi;

  2. ∑ U-sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyasinig summasi;

  3. ∑ P- balans passiv tomonining jami summasi;

Ko’rib chiqilgan misollardan quyidagi xulosalarni qilishimiz mumkin: Birinchidan, korxonalarning aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini tarkibiga, joylanishiga, paydo bo’lish manbaalariga ta’sir etuvchi barcha xo’jalik operatsiyalari iqtisodiy mazmun jihatidan to’rt guruhga bo’linar ekan; Ikkinchidan, birinchi guruh xo’jalik operatsiyalar korxona aktivlarining tarkibiga, joylanishiga ta’sir etib balansning ikkita aktiv moddasida ichki o’zgarish sodir bo’ladi, balansning umumiy qiymati o’zgarmaydi. Bir aktiv modda kamaysa ikkinchi bir aktiv modda o’sha summaga ko’payadi. Mablag’larni shakli yoki saqlanish joyi o’zgaradi. Ya’ni mablag’larning qayta gruxlanishi sodir bo’ladi; Uchinchidan, ikkinchi guruh xo’jalik operatsiyalari korxona passivlari va majburiyatlarining tarkibiga, joylanishiga ta’sir etib balansning ikkita passiv moddasida ichki o’zgarish sodir bo’ladi. Bunda bir passiv modda kamaysa ikkinchi bir passiv modda usha summaga ko’payadi. Bu guruh xo’jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymatini o’zgartirmaydi. Bunda shakl jihatdan aktivlarining bir turdagi manbaasining ikkinchi bir turdagi manbaaga qayta guruhlanishi sodir bo’ladi; To’rtinchidan, uchinchi guruh xo’jalik operatsiyalari bir vaqtning o’zida ham aktivlarning ham passivlarning tarkibiga ta’sir etib balansning ham aktiv ham passiv moddalarini ko’payishga olib keladi. Bunda korxona mablag’lari va majburiyatlprining ko’payishi sodir bo’ladi. Bu guruh xo’jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymatini oshishga olib keladi; Beshinchidan, to’rtinchi guruh xo’jalik operatsiyalari bir vaqtning o’zida ham aktivlarning ham passivlarning tarkibiga ta’sir etib balansning ham aktiv ham passiv moddalarini kamayishga olib keladi. Bunda korxona mablag’lari va majburiyatlprining kamayishi sodir bo’ladi. Bu guruh xo’jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymatini kamayishga olib keladi; Oltinchidan, xo’jalik operatsiyalari ta’sirida mablag’lar tarkibida, joylanishida va paydo bo’lish manbaalarida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni balansda ko’rsatish zaruriyati tug’iladi, bu esa har bir xo’jalik operatsiyasidan keyin yangi balans tuzish kerakligini taqoza qiladi;



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish