5. Korxona hisob siyosati, uning mohiyati, mazmuni, ahamiyati, hisob siyosatini tanlash, qo’llash va hisob siyosatini shakllantirishning muammolari. Hisob siyosati deganda, korxona rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalariga mos ravishda usullarni qo‘llash tushuniladi. Buxgalteriya hisobini yuritishning bunday usullariga, xo‘jalik faoliyatini tasdiqlovchi dalillarni baholash va guruhlash, aktivlarning qiymatini to‘lash, hujjat ayriboshlashni tashkil etish, inventarizatsiya, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo‘llash, buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash, hisob registrlari tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va boshqa usullar kiradi. Hisob siyosatining mazmuniga bo‘lgan talab O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining №1 “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” milliy standarti bilan belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibi” ning oltinchi bandiga muvofiq soddalashtirilgan tartibida hisob yuritish va hisobotlar tuzish, Moliya vazirligi tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog‘ida foydalaniladigan boshqa ko‘plab me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalar bilan belgilab qo‘yilgan, lekin alohida korxonalarda buxgalteriya uchyotini ularning faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkillash talab etiladi. Bu aloxida korxonalar bo‘yicha uchyot yuritishning variantlarini tanlab olishni taqoza etadi.
Korxona hisob siyosatining mazmuni va yo‘nalishi, uning moliyaviy natijalariga, investorlarni jalb qiluvchanlikka, soliq idoralari bilan kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni bartaraf etishga ta’sir etadigan buxgalteriya hisobini tashkillashga imkoniyat yaratishi lozim.
Iqtisodiy asoslangan hisob siyosati korxonaning moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Hisob siyosatini ishlab chiqishda korxonaning mulkiy alohidalanganligini, uning faoliyatini dafomiyligini, va hisob siyosatini qo‘llash izchillagini va boshqa bir qancha omillarni to‘g‘ri belgilab olish kerak. Shuningdek, korxonani hisob siyosati buxgalteriya hisobining mukammallik, mazmunning shakldan ustunligi, o‘z vaqtidalik, ehtiyotkorlik, muvofiqlik va boshqa tamoyillari talabiga javob berish kerak.
Korxonalarda qabul qilinadigan hisob siyosati buxgalteriya hisobini tashkillash bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibi” ning oltinchi bandiga muvofiq soddalashtirilgan tartibida hisob yuritish va hisobotlar tuzish, Moliya vazirligi tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Nizom, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog‘ida foydalaniladigan boshqa ko‘plab me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalar talabiga javob berishi kerak.
Hisob siyosatida buxgalteriya hisobining alohida obyektlarini, asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni, moddiy qiymatliklarni, kriditlar va qarzlarni, ishlab chiqarish xarajatlarini uchyoti va moliyaviy qo‘yilmalarni uchyotini tashkillash usullari (xususiyatlari ), shuningdek moliyaviy hisobotlarni tarkibi, ularni tuzish, taqdim etish tartibi, ularning elementlarini batafsil yoritilishi talab etiladi.
Korxona hisob siyosati korxonaning bosh buxgalteri tomondan shakllantiriladi va buyruq bilan rasmiylashtirilib, rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Hisob siyosati haqidagi buyruqda buxgalteriya hisobini tashkillash bo‘yicha hisob siyosatida nazarda tutilgan barcha unsurlar keltiriladi. Masalan: ishlab chiqarish xarajatlarini uchyotga olish metodi va obyekti, xarajatlarni uchyotga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish moddalari tarkibi, kalkulyatsiya obyekti va birligi, egri xarajatlarni taqsimlash metodikasi va boshqalar.
Hisob siyosatida ichki hisob va hisobot tizimini tashkillash rejasini batavsil yoritish buxgalteriya hisobini ratsional tashkillashga imkoniyat beradi.
Ichki hisob va hisobot tizimini tashkillash rejasi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakli;
Buxgalteriya hisobini shakli;
Korxonani ichki hisobotlarini taqdim etish rejasi;
Sodir bo‘ladigan xo‘jalik operatsiyalari ustidan nazorat o‘rnatish tartibi;
Hujjatlashtirish va hujjatlar aylanishi rejasi;
Qayta ro‘yxatga olish rejasi;
Schyotlar rejasi va schyotlar aloqasi;
Buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash rejasi.
Hujjatlar rejasida korxonada xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda foydalaniladigan hujjatlar tartibi va ularga bo‘lgan talab ko‘rsatiladi. Zaruriy hujjatlar miqdori aniqlangandan keyin ular bosmaxonada ko‘paytiriladi yoki sotib olinadi. Markazlashgan ta’minot sharoitida esa, zaruriy hujjatlar yuqori tashkilotdan olib kelinadi.
Qayta ro‘yxatga olish rejasida rejali va rejasiz qayta ro‘yxatga olishni o’tkazish tartibi, shakli va muddatlari ko‘rsatiladi. Qayta ro‘yxatga olish muddatlari moddiy javobgar shaxslardan sir saqlanadi.
Schyotlar va schyotlar aloqasi rejasida korxona faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun talablari doirasida, buxgalteriya hisobining 19-milliy andozasiga binoan korxonani ishchi schyotlar rejasi va schyotlar aloqasi keltiriladi.
Buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash rejasida buxgalteriya apparatini tuzilishi, buxgalteriya xodimlarining shtatlari, har bir xodim ishini yo‘riqnomasi, ularni malaka oshirishlari bo‘yicha tadbirlar va hisob ishlarini bajarish jadvali ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya apparati tarkibini, uning boshqa bo‘limlar bilan aloqasini buxgalteriya ishlarini tashkillash variantidan (markazlashtirish va markazsizlashtirish) kelib chiqqan holda belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |