Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati



Download 0,95 Mb.
bet126/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

2. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari O‘zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlari, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish andozasi bilan belgilanadi.

O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritish, tashkil qilish, moliyaviy hisobotlarni tuzish metodologiyasini hamda buxgalteriya hisobi milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti zimmasiga yuklatilgan. Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardir:

1. Buxgalteriya uchyotini yuritishning yagona metodologiyasini ishlab chiqish;

2. Buxgalteriya uchyotini yuritish va uni takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;

3. Buxgalteriya uchyotini yuritishni ilg‘or shakllarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha qilingan ishlarni nazorat qilish;

4. Buxgalteriya uchyotini yuritish bo‘yicha tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan nizomlar, yo‘riq xatlari va ko‘rsatmalarni amaliyotga tadbiq qilinishi yuzasidan nazorat o‘rnatish;

5. Korxonalarning joriy va yillik buxgalteriya hisobotlarining shakllarini ishlab chiqish, ularni tuzish va to‘g‘riligini tekshirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteri hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 11 moddasiga muvofiq Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari (korxona rahbari) amalga oshiradi.



Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:

-buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xiz matini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;

-buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;

-buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagilarni ta’minlashi shart:

-hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;

-ichki nazorat tartibini;

-buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;

-hisob hujjatlarining but saqlanishini;

-moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;

-soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;

-hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini;

-“Buxgalteri hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasi talablariga rioya etilishini ta’minlashi.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteri hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 12 moddasiga muvofiq Buxgalteri hisobi ishlarini olib borish buxgalteriya hisobi xizmati rahbariga yuklatiladi.



Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo’lib hisoblanadi va bevosita buxgalteriya hisobi subyektining rahbariga bo‘ysunadi.

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari buxgalteriya hisobi subyektining barcha xodimlari uchun majburiydir.

Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi subyektining buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

-iqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

- oxirgi besh kalendar yildan kamida uch yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish;

-noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda oxirgi o‘n kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish.

Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi subyektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish