Ionlashtiruvchi nurlanish – har qanday nurlarni havo muhiti bilan o'zaro ta'siri natijasida, turli qutbli ion zaryadlarini hosil qilishiga olib keladi. Bu zaryadlarni zaryadlangan yoki zaryadlanmagan zarrachalar oqimi hosil qiladi.
Muhit sharoitga qarab bebosita va bilvosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud. Ionlashtiruvchi nurlanishning manbalari bo’lib, radioaktiv elementlar va ularning izotoplari, yadro reaktorlari, zaryadlangan zarralar tezlatgichlari, rentgen qurilmalari, yuqori kuchlanishli o’zgarmas tok oqimining manbalari, yer osti boyliklarini qazib olish va qayta ishlovchi, ulardan foydalanuvchi, ularni saqlovchi va ularni tashuvchi korxonalar va boshqalar xizmat qiladi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar ishlab chiqarishda detallarning yemirilganligini, payvand chokining sifatini aniqlashda, urug’ga ishlov berishda, biologik tadqiqot ishlarida, tuproqni analiz qilishda, chorvachilik binolarida havonning sun’iy ionlashtirish evaziga chorva mahsuldorligini oshirish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Aholi katta qismining nurlanishi tabiiy nurlanish manbalaridan yuzaga keladi. Jumladan yer qobig'idan ajralib chiqadigan radon gazlarida, koinotdagi nurlardan va kimyoviy moddalardan radiy, toriy, uran elementlari yadrolarining o’z-o’zidan parchalanishi natijasida hosil bo’ladi.
Har qanday ionlashtiruvchi nurlanish organizmda ichki va tashqi biologik o'zgarishlarga olib keladi. Insonning organizmiga ionlashtiruvchi nurlanishning ta’sir ko’rsatishi oqibatida, hujayralardagi suv molekulalarini yo'q qilishga olib keladi. Ionlashtiruvchi nurlanishni organizmga ta'sir qilish darajasi radiatsiya dozasi darajasiga, davomiyligiga, radiatsiya turiga va tanaga kirgan radionuklidga bog'liq.
Nurlarning organizmga yutilgan dozasi rad va Gr (Grey) (SI sistemasida) larda o‘lchanadi. 1 Gr = 100 rad. 1 rad – 1 g to‘qimada 100 erg nurlanish yutilishiga teng. To‘qimalarda yutilgan doza muhitning kimyoviy tarkibi, zichligi va nurining turiga bog‘liq holda havo dozasidan farq qiladi. Butun terining bir marotaba, ya’ni katta qismining 0,25-0,5 gr miqdorida nurlanishi qon tarkibining o’zgarishiga, 0,1 gr dan ortiq qismi nurlansa butun organizmda jarohatlanishning rivojlanishiga va ish qobiliyatini yo’qolishiga olib keladi. Agar 2-4 gr miqdorida nurlansa, davolab bo’lmaydi, 6-10 gr dan yuqorisi 100% o’limga olib keladi.
Kishilar sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi xavli miqdordagi ionlashtiruvchi nurlanishlarning gigiyenik me’yorlari SanQvaM № 0134-03 "Ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan o'g'itlar va xom ashyo (mahsulot va konsentrat)larda tabiiy radionuklidlarning maksimal ruxsat etilgan kontsentratsiyasi” va xavsizligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida”gi qonunida belgilab qo’yilgan.
Elektromagnit nurlanish. Qishloq xo’jaligida yuqori quvvatli elektr uzatish tarmoqlari, yuqori quvvatli radiostantsiyalar, transformatorlarga yaqin joylarda ishlaydigan ishchilar, elektromagnit maydonlari ta’sirida bo’ladilar. Elektormagnit maydoni ta’sirida asosan jigarda, qora taloqda va markaziy asab tizimida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bunda bosh og’riydi, uyqu buziladi, arterial bosim oshib, kishi o’ta toliqadi.
Elektromagnit nurlanishdan himoyalanishda, ikki qavatli to’siqlardan foydalaniladi. Birinchi qavat atom massasi kam bo’lgan metalldan (alyuminiy, karbolit, organik oyna) yasaladi va nurlarni yo’nalishida bo’ladi, ikkinchi qavat nisbatan og’irroq (qo’rg’oshin, volfram) metallardan tayyorlanadi.
Elektomagnit maydonlari xavli ta’sir darajasini yuzaga kelishini oldini olish va nazorati SanQvaM №0165-04 “Ish joylarida sanoat chastotasi (50 Gts) bo’lgan uzluksiz magnit maydonlarining kuchlanishi(induksiaysi)ni ruxsat etilgan qiymatlarining sanitariya me’yorlari” talablari asosida amalga oshiriladi.
Elektromagnit nurlanishlardan shaxsiy himoyalanish vositalari sifatida ekranlashtiruvchi kostyumlar, kombinezon, bosh kiyim, qo’lqop, poyabzal, maxsus tok uzatuvchi yoki metallashtirilgan matolar ishlatiladi.
Ultra yuqori chastotali elektr qurilmalriga xizmat ko’rsatuvchi shaxslar yiliga bir marotaba va o’ta yuqori chastotali elektr qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi shaxslar olti oyda bir marotaba meditsina ko’rigidan o’tishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |