Ishlab chiqarishdagi zararli omillar turlari, xususiyatlari va ularning odam organizmiga ta’siri



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana22.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#505880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ishlab chiqarishdagi zararli omillar turlari

 
Shovqin. 
Turli chastota (Gs) va kuchga (dB) ega bo‘lgan tovushlar jamlammasi shovqin deb 
yuritiladi. Shovqin darajasi dB-detsibel va tig‘izligi (chastotasi)-Gerslarda o‘lchanadi. Barcha 
turdagi mashina va mexanizmlar ishlayotgan joylarda, detallarni o‘zaro ta‘siri natijasida shovqin 
yuzaga keladi. Ish joylarida yuzaga keladigan shovqinlar darajasi, tig‘izligi va davomiyliga qarab, 
kishilarni sog‘lig‘iga turlicha ta‘sir ko‘rsatib, turli kasallanishlar va jarohatlanishlarni kelib 
chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Tabiiy havoning tarkibiy qismi
3. 2-jadval 
Tabiiy havo 
tarkibidagi gazlar
Havodagi miqdori, % 
Gazlar nomi 
Havodagi miqdori, % 
Azot 
78,09 
Vodorod 
0,00005 
Kislorod 
20,55 
Ksenon 
0,000008 
Karbonat angidridi 
0,03 
Ozon 
0,000001 
Argon 
0,93 
Metan 
0,0002 
Geliy 
0,0052 
Is gazi 
0,0001 
Neon 
0,0018 
Radon 
6.10
-18
Kripton 
0,0001 
Shovqinning turlari, tasnifi va ruxsat etilgan darajasi to‘g‘risidagi ma‘lumot va talablar 
hamda o‘lchash usullari SanQvaM 0325-16 ―Ish joylarida shovqinning ruxsat etilgan darajasi‖ 
hamda davlatlararo Mehant xavfsizli standartlar tizimi ГОСТ 12.1.003-2014 Система стандартов 
безопасности труда ССБТ. Шум. Общие требования безопасности va ГОСТ 12.1.050-86 
ССБТ. Методы измерения шума на рабочих местах da keltirilgan.
Insonning jismoniy va biologik imkoniyatlari 16 Gs dan 20000 Gs oraliqda bo‘lgan tovush 
va shovqinlarni sezish imkoniyatiga ega. 16 Gs dan kichik va 20000 Gs dan yuqori bo‗lgan 
chastotadagi tovush va shovqinlarni kishi eshitmaydi va his etmaydi. Bu tovushlar infra va ultra 
tovushlar deb yuriniladi.
Kundalik faoliyat davomida ko‘p uchrab turadigan 50-60 dB miqdordagi shovqinlar, inson 
asab tizimiga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatib, asabni zo‘riqishi, stress holatlarni kelib chiqishi, qon 
bosimining oshishi, yurak kasalliklarini kelib chiqishi va oshqozonni kasallanishiga sabab bo‘ladi. 
Ayniqsa, bunday turdagi shovqinlar aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning mehnat 
samaradorligini keskin tushib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shovqin darajasi 85—90 dB bo‘lgan ish joylarida ishlayotgan har qanday kishining birinchi 
navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayadi. Uzoq vaqt kuchli shovqin 
ta‘sirida ishlagan odam tez toliqib, befarq, hatto kar bo‗lib qolishi, ya‘ni kasb kasalligiga uchrashi
mumkin. Bundan tashqari, yuqori darajadagi shovqin muhitida uzoq vaqt davomida bo‘lgan 
shaxslarda asabiylashish, toliqish jarayoni tezlashadi, hissiy reaksiyalari susayib, jarayonlardagi 
mexanizmlar signallarini eshitish, ko‘rish yoki nazorat qilish qobiliyati keskin pasayib ketib


natijada turli jarohatlanish va baxtsiz holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
120 dB dan yuqori darajaga ega bo‘lgan shoqinlar kishining eshitish a‘zolariga jiddiy jarohat 
yetkazishi mumkin. Ayniqsa, shovqin darajasi 145 dB ga yetganda quloq pardalari jarohatlanib, 
kishi umrbod nogiron bo‘lib qolishi mumkin. 
Zararsiz va oddiy shovqinlar darajasi 40 detsibelgacha bo‘lib, adabiyotlardagi 
ma‘lumotlarga asosan, belgilangan darajadagi miqdordan yuqori bo‘lgan shovqin darajasi va 
jadallik, kishining umrini 3-12 yilgacha qisqartirishi, yosh organizmning o‘sish tezligini 15-57% 
gacha kamaytirishi mumkin. Sanoat korxonalarini loyihalashtirishdagi sanitariya me‘yorlari, 
qurilish qoidalari va me‘yorlaridagi talablarga binoan, ishlab chiqarish korxonalarining xonalari va 
ularning hududlarida ruxsat etilgan shoqin me‘yori ish turiga qarab 50 -80 dB dan ko‘p bo‘lmasligi 
belgilab qo‘yilgan. 
Ish beruvchi ishchilarga shovqin ta'sirini kamaytirishni ta'minlash uchun mas'ul hisoblanadi. 
Birinchidan, shovqinni kamaytirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqish orqali gigiyena 
standartlariga rioya qilinishini va ishchilarga shovqin ta'sirining xavfini kamaytirishni ta'minlashi 
maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: 
- xodimning eshitish qobiliyatini yo'qotish xavfini baholash; 
- xavfning maqbul darajasini hisobga olgan holda ish joylarini loyihalash; 
- past shovqinli mashinalardan foydalanish
- shovqin va titrash tarqalishiga to'sqinlik qiladigan materiallar va inshootlardan foydalanish; 
- shovqin ta‘siriga nisbatan sog‘lom va muntazam tibbiy ko'rikdan o'tishni talab etmaydigan
shaxslarni jalb qilish; 
- ishchilarni mashinadan to'g'ri foydalanishga o'rgatish; 
- shoqin ta‘siridan himoyalanish uchun qabul qilgan choralarga rioya qilmagan xodimga 
nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan jazolash turidan xabardor qilish
- mashina va mexanizmlarni shovqin chiqarish xususiyatlarini muntazam monitoringini 
o'tkazish; 
Agar ishlab chiqarish jarayoni ish joyida shovqinni gigienik me'yor darajasiga tushirishga 
yo'l qo'ymasa, shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalarini qo'llash tadbirlarini amalga oshirishi 
lozim.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish