Ionlashtiruvchi nurlanish
– har qanday nurlarni havo muhiti bilan o'zaro ta'siri natijasida,
turli qutbli ion zaryadlarini hosil qilishiga olib keladi. Bu zaryadlarni zaryadlangan yoki
zaryadlanmagan zarrachalar oqimi hosil qiladi.
Muhit sharoitga qarab bebosita va bilvosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud.
Ionlashtiruvchi nurlanishning manbalari bo‘lib, radioaktiv elementlar va ularning izotoplari, yadro
reaktorlari, zaryadlangan zarralar tezlatgichlari, rentgen qurilmalari, yuqori kuchlanishli o‘zgarmas
tok oqimining manbalari, yer osti boyliklarini qazib olish va qayta ishlovchi, ulardan foydalanuvchi,
ularni saqlovchi va ularni tashuvchi korxonalar va boshqalar xizmat qiladi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar ishlab chiqarishda detallarning yemirilganligini, payvand
chokining sifatini aniqlashda, urug‘ga ishlov berishda, biologik tadqiqot ishlarida, tuproqni analiz
qilishda, chorvachilik binolarida havonning sun‘iy ionlashtirish evaziga chorva mahsuldorligini
oshirish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Aholi katta qismining nurlanishi tabiiy nurlanish manbalaridan yuzaga keladi. Jumladan yer
qobig'idan ajralib chiqadigan radon gazlarida, koinotdagi nurlardan va kimyoviy moddalardan
radiy, toriy, uran elementlari yadrolarining o‘z-o‘zidan parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Har qanday ionlashtiruvchi nurlanish organizmda ichki va tashqi biologik o'zgarishlarga olib
keladi. Insonning organizmiga ionlashtiruvchi nurlanishning ta‘sir ko‘rsatishi oqibatida,
hujayralardagi suv molekulalarini yo'q qilishga olib keladi. Ionlashtiruvchi nurlanishni organizmga
ta'sir qilish darajasi radiatsiya dozasi darajasiga, davomiyligiga, radiatsiya turiga va tanaga kirgan
radionuklidga bog'liq.
Nurlarning organizmga yutilgan dozasi rad va Gr (Grey) (SI sistemasida) larda o‗lchanadi. 1
Gr = 100 rad. 1 rad – 1 g to‗qimada 100 erg nurlanish yutilishiga teng. To‗qimalarda yutilgan doza
muhitning kimyoviy tarkibi, zichligi va nurining turiga bog‗liq holda havo dozasidan farq qiladi.
Butun terining bir marotaba, ya‘ni katta qismining 0,25-0,5 gr miqdorida nurlanishi qon tarkibining
o‘zgarishiga, 0,1 gr dan ortiq qismi nurlansa butun organizmda jarohatlanishning rivojlanishiga va
ish qobiliyatini yo‘qolishiga olib keladi. Agar 2-4 gr miqdorida nurlansa, davolab bo‘lmaydi, 6-10
gr dan yuqorisi 100% o‘limga olib keladi.
Kishilar sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi xavli miqdordagi ionlashtiruvchi
nurlanishlarning gigiyenik me‘yorlari SanQvaM № 0134-03 "Ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan
o'g'itlar va xom ashyo (mahsulot va konsentrat)larda tabiiy radionuklidlarning maksimal ruxsat
etilgan kontsentratsiyasi‖ va xavsizligini ta‘minlash O‘zbekiston Respublikasining ―Radiatsiyaviy
xavfsizlik to‘g‘risida‖gi qonunida belgilab qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |