Ishlab chiqarishdagi zararli omillar turlari, xususiyatlari va ularning odam organizmiga ta’siri



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana22.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#505880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ishlab chiqarishdagi zararli omillar turlari

Infraqizil nurlar
. Infraqizil nurlar asosan qizigan metall materiallardan, elektr yoyi, alanga, 
qizdirgichlar, cho‘lg‘amli yoritgichlar va tabiiy holda, quyosh nurlari spektri tarkibidan (59% ni 
tashkil etadi) ajralib chiqadi. Ushbu turdagi nurlarning salbiy ta‘sir etish holati, ularning ta‘sir etish 
miqdori va vaqti belgilangan me‘yordan oshib ketishi natijasida, og‘ir oqibatlarga olib keladi. 
Jumladan kishilarni teri to‘qimalariga o‘tib, tana haroratini oshiradi, terining qizarishiga va 
me‘yoridan ortiqcha tanadagi suvni bu‘g‘lanishga, terining yuza qismini kuyishiga, ko‘z to‘r 
pardasining shikastlanishiga va ayrim hollarda oftob urishiga olib keladi. 
Ammo belgilangan darajadagi infraqizil nurlar inson tanasi uchun xavfsizdir. Infraqizil 
nurlarni kishi organizmiga foydali ta'sir qilish natijalari: 
• moddalar almashuvini tezlashtiradi; 
• teri to'qimasini tiklaydi; 
• qarish jarayonini sekinlashtiradi; 
• ko'p miqdorda yog' tanadan ajraladi. 
•tana harorati ko‘tarilishi natijasida, kapillyarlar kengayadi;
•tana bo‘ylab qon aylanishi yengillashadi;
•organizmni turli omillar ta‘siariga barqarorligi, immuniteti oshadi.
Zararli miqdordagi infraqizil nurlar ta‘siridan himoyalanishda jamoaviy va shaxsiy himoya 
vositalaridan keng foydalaniladi. 
Jamoaviy homoya usullari sifatida: infraqizil nur chiqaruvchi manbalar yuzasini issiqlik 
himoyalovchilar bilan to‘sish, manbalarni yoki ish joylarini himoya pardalari bilan to‘sish, ish 
joylarini harakatlanadigan havo qatlami bilan himoyalash yoki kichik dispersli suv pardalari bilan 
to‘sish, umumiy shamollatish va havoni namlatish uskunasi (konditsioner) bilan namlashni qo‘llash 
mumkin. 
Infarqizil nurlanish ta‘siriga qarshi himoya vositalari ish joylarida 0,14 Vt / m
2
dan 
oshmaydigan issiqlik yo‘lagini hosil qilishi, issiqlik manbai ichidagi haroratda 100°S gacha
bo‘lganda yuza qismidagi harorat 35°S dan va 100°S dan yuqori bo‘lganda 45°S dan ko‘p 
bo‘lmasligini ta‘minlashi lozim. 
Konstruktsiaysi jihatidan issiqlikdan himoyalovchi materiallar quyuq surtiladigan (mastik) 
vosita, mustahkam zichlikdagi o'rovchi ip-gazlamali, mineral tolali, asbestli, (brezent, asbest) 
materiallardan bo'lishi mumkin.
Infraqizil nurlardan himoyalanish uchun, shaxsiy himoya vositalari sifatida paxta, zig'ir 
mato, qo'pol matolardan tayyorlangan himoya kiyimlaridan foydalaniladi. Yuqori darajadagi 


infraqizil nurlanishdan himoyalanish uchun, kiyimlar ustki qismiga yupqa metall qatlami qoplangan 
matolardan foydalaniladi. Ekstremal sharoitlarda (yong'in o'chirish, va hokazo) ishlash uchun 
maxsus yuqori issiqlikdan himoyalovchi xususiyatlarga ega kostyumlardan foydalaniladi. 
Ishlab chiqarishda, mexanizm va mashinalardan ajralib chiqadigan infraqizil nurlarnishlar 
xavfsziligini ta‘minlash va nazorat qilish SanQvaM №0208-06 ―Ishlab chiqarish uskunalari uchun 
texnologik jarayonlarni va gigiyenik talablarni tashkil etish sanitariya qoidalari‖ talablari asosida
amalga oshiriladi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish