Bog'liq Ishlab chiqarishda mikroklimat ko’rsatgichlari
4.8 Chorvachilikda kasb kasalliklari profilaktikasi Chorvadorlarning turli antropozoonoz xususiyatli kasalliklarga chalinishi oldini olish maqsadida tizimli ravishda meditsina ko’rigi o’tkazilib turilishi shart va zarur. Kasb kasalliklarining oldini olish uchun yuqumli kasallikka uchragan mollar bilan ishlashda karantin qoidalariga va shaxsiy gigiyenaga rioya qilishning ahamiyati katta. Kasallangan mollar bilan ishlash uchun 18 yoshdan oshgan kishilarga ruxsat etiladi. Bunday ishlarda homilador va emizikli bolalari bor ayollarning ishlashi qat’iy man etiladi. Kasal va yuqumli kasal tarqatuvchi chorva mollari boqilayotgan joylarda ovqatlanish, suv ichish va sigareta chekish man etiladi. Iste’mol uchun suv idishlari va vositalari, gazli suv qurilmalari ishlab chiqarish binosining ichida bo’lmasligi kerak. Chorvachilik majmuasi hududidagi kasal mollar bor joylarga boshqa sog’lom mollarning kiritilishi man etiladi. Yuqumli kasalli chorva mollari bilan ishlovchi xodimlar yilning har bir choragida tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart. Ishdan keyin albatta qo’lni lizola yoki xloraminli dezinfektsiyalovchi eritma bilan iliq suv va sovun bilan yuvish lozim. Chorvadorlar va chorva mollarini profilaktika qilish maqsadida binolarni tez-tez dezinfektsiya qilish kerak. Xuddi 55 shuningdek chorvachilik uchun foydalaniladigan barcha vosita va buyumlarni ham dezinfektsiyalash lozim. Kasallangan chorva mollarini izolyatsiya qilish yoki ularni fermadan tashqariga chiqarish kerak. Kasallangan mollar sutini iste’mol uchun chiqarish, agar bursellez kasalligi ehtimoli bo’lsa, ularni sog’ish qat’iyan man etiladi. Binoning ichkarisiga kirishda, hamda bino ichidagi bo’linmalarda dezinfektsiyalovchi baryerlar o’rnatilishi shart. Turli davolab bo’lmaydigan mollar yoki o’lik hayvonlar maxsus zavodlarda qayta ishlanib, qurilmalarda yoqiladi yoki biotermik chuqurlarda zararsizlantiriladi. Veterinariya-sanitariya choratadbirlari ancha samarali usullardan hisoblanib, o’lik hayvonlarni qayta ishlash iqtisodiy tomondan foydalidir. Hayvonlar ho’l va quruq usullar bilan utilizatsiya qilinadi. Ho’l usul bilan utilizatsiya qilinganda oddiy apparatlardan biri katta tipdagi avtoklavga o’lik qoramollarning bir qanchasi ortiladi. Zamonaviy apparatlardan biri «GARTMAN»dir. Unda o’lik hayvonlar aylanma harakatdagi patron ichida 4-5MPa bug’ bilan qayta ishlanadi. Yo’qotishda mexanik jarayon qatnashadi (qolgan yog’larni siqib olish uchun) va o’lik maydalagichlar (maydalashdan so’ng g’alvirdan o’tkazish) orqali maydalanadi. Shuning uchun avtoklavda ishlaganda asosan mexanik qismlarga ehtiyot bo’lib, texnika xavfsizligi choralariga e’tibor berish kerak. Agar hayvon yuqumli kasallik tufayli nobud bo’lsa, terisini shilmasdan yo’qotiladi yoxud yoqib tashlanadi. O’lik mol PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
faqat maxsus yoqish o’choqlarida yoki chuqurlarda yo’qotiladi. Barcha viloyat veterinariyabakteriologik laboratoriyalarida va veterinariya davolash joylarida o’lik mollarni yoqadigan o’choqlari bor.