Elektr toki ta’siridan himoyalanish vositalari.
Elektrdan himoyalovchi vositalar to’suvchi va himoyalovchi turlarga bo’linadi.
Himoyalovchi vositalar insonni tok o’tkazuvchi qismlardan va yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat
qiladi. Asosiy himoyalovchi vositalarning izolyatsiyasi elektr qurilmalarning to’liq ishchi kuchlanishini ko’taradi va ular bilan kuchlanishda bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tegish ruxsat
etiladi. Yordamchi vositalar o’ziga xizmat ko’rsatuvchi xodimga xavfsizlikni ta’minlab berolmaydi,
shuning uchun ularni asosiy vositalar bilan birga qo’llash lozim.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan elektr qurilmalarning asosiy izolyatsiyalovchi vositalariga izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi va elektr o’lchov qisqich, kuchlanish ko’rsatkichlari, izolyatsiyalovchi olinadigan balandliklar, narvonlar, maydonchalar kiradi (7.5- rasm). 1000 V gacha kuchlanishga ega bo’lgan elektr qurilmalarida esa yuqorida ko’rsatilganlardan
tashqari - dielektrik qo’lqoplar va yonlari izolyatsiyalangan asboblar bo’ladi. 124
Kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo’lgan elektr qurilmalardagi qo’shimcha izolyatsiyalovchi vositalarga dielektrik qo’lqop, boti, gilamchalar, izolyatsiyalovchi tagliklar kiradi. 1000 V gacha
bo’lgan elektr qurilmalarda esa undan boshqa-dielektrik kalishlar, gilamchalar, izolyatsiyalovchi
tagliklar mavjud.
7.5-rasm. Elektr toki ta’siridan himoyalanish vositalari
1-izolyatsiyalovchi shtanga; 2-izolyatsiyalovchi qisqich; 3-dielektrik qo’lqop; 4-dielektrik
boti; 5-dielektrik kalish; 6-rezinali gilamcha va yo’lakcha; 7-izolyatsiyalovchi taglik; 8-elektr ustasi
asboblari; 9-tok o’lchagich qisqich; 10- yuqori kuchlanishni ko’rsatuvchi asbob. To’suvchi himoyalovchi vositalar (qo’lqop, to’suvchi kataklar, izolyatsiyalovchi qatlamlar,
vaqtinchali ko’chma yerga ulanishlar, qisqartiruvchi simlar) tok uzatuvchi qismlarni vaqtincha to’sishga mo’ljallangan.
Yordamchi himoyalovchi vositalar - (saqlovchi belkuraklar, xavfsizlik arqonlari, temir
tutqichlar, himoyalovchi ko’zoynak, qo’lqop, movut) kostyumlar, balandlikdan ehtiyot sharti bilan
yiqilmaslikdan, shuningdek, elektr tokining yorug’lik, issiqlik, kimyoviy va mexanik ta’siridan saqlaydi.
Nazorat uchun savollar.
Elektr toki deganda nimani tushunasiz?
Elektr toki va quvvati o’lchov birligi nima?
Elektr toki inson va hayvonlarga ta’siri natijasida qanday oqibatlarga olib keladi?
Elektr tokining insonga ta’siri jihatdan guro’hlanishi nima?
Fibrilyatsion holat deganda nimani tushunasiz?
Elektr toki ta’siri natijasida inson organizmiga qanday o’zgarishlar yuz beradi?
Inson qachon va qanday holatlarda elektr tok ta’sirida tushib qoladi?
Elektr toki ta’siridan himoyalanish usullarini aytib bering.
Nolga va yerga ulash deganda nimani tushunasiz?
Qadamiy kuchlanish nima va undan qanday himoyalanish mumkin?
Potentsiallar farqi nima va uni tenglashtirish choralari nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |