Davlat sarflari- bu maxsulotlarni va iqtisodiy resurslarni , xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshkaruvning kuyi va maxalliy organlari bilan birga) kilgan barcha sarflarni uz ichiga oladi.
CHet elliklarning milliy Iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilari sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga boglik. SHu sababli YAIMni sarflar bo’yicha xisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport Qiymati xam kushiladi. Boshka tomondan, iste’molchilik va investitsion sarflar hamda davlat mablaglarining bir kismi import kilingan, ya’ni chet elda ishlab chikarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy xajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import xajmi YAIM dan chikariladi. Buning uchun eksport va import mikdorlari O’rtasidagi fark aniqlanadi. Bu fark tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy kilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bulishi mumkin. Agar eksport importdan ortik bulsa, bu ijobiy, agar eksportdan import ortik bulsa salbiy buladi.
Karab chikilgan sarflarning turt toifasiga notijorat muassasalar(kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy Tashqilotlar va ijtimoyi Tashqilotlar) sarflari va modiy aylanma vositalari zaxirasidagi uzgarishlarni kushib chikish yuli bilan YAIM (IMM) xajmi aniqlanadi.
1998 yil O’zbekistonda sarflar (foydalanish) bo’yicha YAIM 1358,8 mlrd. sumni Tashqil kilgan.
SHu jumladan: Pirovard iste’molga sarflar- 1196,8 mlrd.sum (88,0%) YAlpi jamgarishga sarflar- 138,1 mlrd.sum (10,2%) Sof eksport- 23,9 mlrd.sum (1,8%) Uchinchi usul- bu YAMM(YAIM)ni daromadlar bo’yicha xisoblash.
Mazkur yilda ishlab chikarilgan pirovard maxsulot xajmidan olingan barcha daromadlar uy xujaliklari ixtiyoriga ish xaki, renta tulovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. SHu sababli bu usulda YAMM (YAIM) pirovard maxsulot xajmidan olingan anashu barcha daromadlarni kushib chikish orkali aniqlanadi.
YAMM (YAIM) ni daromadlar bo’yicha xisoblashda uy xujaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya’ni taksimlangan daromadlarini mexnat xaki va yalpi foidaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foidasi va x.k.) ajratish mumkin. YAMM (YAIM) ni mazkur usul bo’yicha xisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol kilingan asosiy kapital Qiymati ( amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliklar summasi xam kushiladi.
Agar YAMMni xisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglikda tasvirlasak: