Garbiy Evropa mamlakatlari va boshka rivojlangan mamlakatlar yuli ;
Mustamlakachilik asoratidan kutilib mustakil tarakkiy etayotgan davlatlar yuli ;
Sobik sotsialistik davlatlar yuli ;
Bu yullar bozor Iqtisodiyotiga utishning umumiy jixatlari bulgani xolda har bir davlatning kanday Iqtisodiyotda, kanday yul bilan va kanday bozor Iqtisodiyotiga utish jixatlari bilan farklanishini bildiradi.
Bozor Iqtisodiyotiga utishning umumiy strategik maksadi shundan iboratki, mamlakatning mustakil xayoti va taraqqiyoti, kuch-kudrati, xalqning munosib turmushi va mexnat sharoiti hamda borgan sari farovon va barkamol xayot kechirishni ta’minlaydigan Iqtisodiyotni barpo kilishdir. Bu bozor Iqtisodiyotiga utishning xamma xalqlar uchun umumiy bulgan talablari, umumiy qonuniyatlari, qonun-koidalari mushtarakligini belgilaydi. Lekin, turli mamlakatlarda bozor munosabatlari shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoitlari turlicha bulishi tufayli unga utmishda xar bir mamlakatning uz yuli va uziga xos xususiyatlari bulishi mukarrardir. Ularning bozor Iqtisodiyotiga utish xususiyatlari, utish davr muammolari va vazifalarida ana shu umumiylik va uziga xoslik jixatlari uz ifodasini topadi.
Birinchi model - bozor Iqtisodiyotiga utishning uzok tabiiy-tarixiy jarayon bulib, bu an’anaviy (natural) Iqtisodiyot bagrida oddiy tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi, kapitalistik ishlab chiqarishga utilishi va undan xozirgi bozor Iqtisodiyotining shakllanishidir. Bunda texnika-texnologiya va iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti-ning xamma tabiiy boskichlari tula bosib utiladi. SHuning uchun bozor Iqtisodiyotiga utishning bu klassik modelida uning xamma belgilari va qonun-koidalari mukammal shakllangan va tula amaliy ifodasini topgandir.
Bozor Iqtisodiyoti uzining xozirgi madaniy shakliga kelishdan avval evvoyi kapitalizm deb atalgan murakkab tarixiy boskichni bosib utgan bulib, bunda juda ogir yovvoyi xususiyatlar mavjud bulgan.
Bular: yakka xususiy mulkning xukmronligi, uta tarkoklik, tartibsizlik, uzboshimchalik, shavkatsiz ekspluatatsiya, mustamlakachilik zulmi, ommaning kashshoklashuvi, girrom rakobat, gayri-insoniy xatti-xarakatlar, demokratiyaning cheklanganligi, ichki va Tashqi zidddiyatlar, iqtisodiy larzalar, davlatning Iqtisodiyotga aralashmasligi va boshkalar. SHular bilan boglik xolda yovvoyi bozor Iqtisodiyoti fakat milliy xujalik doirasidagina emas, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda xam uz ifodasini topgan edi. Jaxondagi kupchilik Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari mana shu iqtisodiy munosabatlar doirasiga tortilgan mustamlaka va karam mamlakatlar edi. SHu tarzda garb davlatlarida rivojlanib borgan yovvoyi Iqtisodiyot XIX asrda va XX asr O’rtalarigacha xukmron buldi.
Ikkinchi model - mustamlakachilik asoratidan kutilgan mamlakatlarning mustamlakachilikdan meros kolgan kup ukladli, kolok, bir yollama va asosan an’anaviy - agrar Iqtisodiyotdan bozor Iqtisodiyotiga utish yulidir. Avvalo, bu yulning xususiyati shuki, karamlik, mustamlakalik xarakteri va belgilari mustakil iqtisodiy rivojlanish talablari bo’yicha xujalik turlarining transformatsiyasi orkali amalga oshadi.
Bu, birinchidan natural xujalik bozor doirasiga tortilib, tovar xujaligiga aylanadi. Kup sonli oddiy tovar xujaliklari bozor Iqtisodiyoti yuli bilan usib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |