Iqtisodiy o‘sishning natural ko‘rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o‘sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‘rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to‘liq «tozalash» mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‘sishning asosiy qiymat ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1. YAMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o‘sish sur’ati;
2. YAMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’ati;
3. YAMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs-xarajatlari birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish so‘r’ati.
Iqtisodiy o‘sishni aniqlashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydlalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. Masalan, agar diqqat-markazida iqtisodiy potensivl muammosi tursa, birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish ko‘proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchuinchi ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar (real YAMM va aholi jon boshiga real YAMMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular:
- birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi;
- ikkinchidan, real YAMM va aholi jon boshiga YAMMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi:
- uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof-muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning miqdoriy o‘sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
asosiy kapital (asosiy fondlar)ning hajmi va sifati;
texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda».
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqazo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‘sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratadi.
Iqtisodiy o‘sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keluvchi omillarni to‘laroq qarab chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |