Kurs ishining ob’ekti bo’lib: Byudjet chizig’I va byudjet chegarasi , iste’molchi tanlovining o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. Iste’molchi tanlovi nazariyasi hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda byudjet chizig’I va byudjet chegarasi , iste’molchi tanlovi nazariysining mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Kurs ishining vazifalari:
-Byudjet chizig’I va byudjet chegarasining fundamental asoslarini o‘rganish;
-Iste’molchi tanlovi va naflilik tushunchasini yoritib berish;
-O‘zbekistonda byudjet tizimining shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish.
-Iste’molchining muvozanatlilik sharti.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimini samarali boshqarishning hozirgi kundagi amaliyoti nazariyotchilar oldiga uning qator yangi muammolariga yechim topishni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Bu borada byudjet sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarning markazida byudjet tizimi byudjetlari va byudjet munosabatlarini tubdan o‘zartirish, daromadlari bazasini mustahkamlash, iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o‘rnini oshirish masalalari turadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek-“Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohotlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta’minlash, tenglar ichida teng bo‘lib, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashdan iboratdir”.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi taraqqiyotining
hozirgi bosqichi davlatning yaxlit byudjet va ijtimoiy siyosatining manfaatlari
mushtarakligini ta’minlash asosidagi o‘ta mas’uliyatli vazifalarni samarali
bajarilishini talab etmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish sharoitida respublikamizda byudjet tizimini isloh qilish
muhim ahamiyat kasb etadi, uni bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlarga moslashtirish talab etiladi. Byudjet tizimini muhim bo‘g‘ini Dalat byudjeti mamlakatni iqtisodiyotini barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Respublikamizda so‘ngi yillarda byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston
Koronavirus pandemiyasi davrida byudjet-soliq siyosati barqarorligini yanada mustahkamlash, davlat tashqi qarzini samarali boshqarilishini ta’minlash uchun quyidagi takliflarberildi:
- Mamlakatimizda iste’molni rag’batlantirish bilan birga ishlab chiqarishni ham vaqtincha rag’batlantirish kerak.Ya’ni ularga berilgan soliq imtiyozlaridan tashqari,imtiyozli kreditlar berilishi kerak.
- Davlat qarzini yuqori chegarasi darajasini belgilash va davlat qarzi darajasining bu ko’rsatkichdan oshib ketmasligini ta’minlash choralarini ko’rish kerak.
- O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga davlat qarzi to’g’risidagi band kiritish zarur.
Dunyoning har bir davlatida, u qanday siyosiy tizimga asоslangan bo’lmasin, turli mulkchilik shaklidagi хo’jalik yurituvchi sub`ektlarning faоliyati natijasida yalpi ijtimоiy mahsulоt va milliy darоmad yaratiladi. Jamiyatning mоddiy ishlab chiqarish sоhasida yaratilgan milliy darоmad keyingi bоsqichlarda dоimiy ravishda taqsimlanish va qayta taqsimlanish jarayonidan o’tadi. Хuddi shu yaratilgan milliy darоmadni taqsimlash va qayta taqsimlash hamda uning maqsadli sarflanishida juda muhim o’rinni davlat byudjeti egallaydi. Milliy darоmadning qayta taqsimlanishi jarayoni natijasida uning ma`lum qismi pul shaklida davlat byudjetiga kelib tushadi va markazlashgan mоliya mablag’larining fоizini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |