6 – rasm. Tik kesmada yalpi talab va yalpi taklif
muvozanatining o’zgarishi.
Chizmadan ko'rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining AD1 dan AD2 ga oshishi faqat narx darajasini P1 dan P2 ga qadar o'sishiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potentsial daraja – Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chegarada iqtisodiyot o'zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo'lgan hisoblanadi.
Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi bir vaqtning o'zida milliy ishlab chiqarish real hajmining ko'payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |