Ishlab chiqarishda boshqaruv


Kerakli chizmalar ro’yxati



Download 446,5 Kb.
bet2/28
Sana20.02.2021
Hajmi446,5 Kb.
#59486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
64-19 Izzatbek Solijonov. Kurs ishi

2. Kerakli chizmalar ro’yxati:

8 ta rasm, 3 ta jadval, 2 ta formula.




3. Kurs ishini bajarish grafigi:




Ishning nomi

Ishni bajarish muddati

Bajaranligi

To’g’risidagi

Belgi

Boshlanishi

Tugashi

1

Al- Farg`oniy nomli va FarPI axborot resurs markazlarida (ARM) mavzu bo`yicha adabiyotlar yig`ish










2

Ishning rejasini tuzish










3

Kirish qismi bo’yicha ishlash










4

Birinchi rejani tayyorlash va yozish










5

Ikkinchi rejani tayyorlash va yozish










6

Uchinchi rejani tayyorlash va yozish










7

To’rtinchi rejani tayyorlash va yozish










8

Xulosa qismini tayyorlash va yozish










9

Adabiyotlarni rasmiyashtirish










10

Tugallangan kurs ishini ilmiy rahbarga taqdim etish









Topshiriq berilgan sana: “____”_________________ 2020 yil


Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: “____”_______________ 2020 yil
Kurs ishi rahbari: ________________________________________

(imzo)


Topshiriqni oldim: ________________________________________ (imzo)

“______”______________ 2020 yil


Kafedra mudiri ______________ iq.fan.nom. Mo`minova E.

REJA
KIRISH

  1. YALPI TALAB TUSHUNCHASI.

  2. YALPI TALAB EGRI CHIZIG’I.

  3. YALPI TALABGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.

  4. 2019-YIL YAKUNIGA KO’RA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR TAHLILI.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



KIRISH
Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tadbiq etishda, biz, avvalo uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Insoniyat paydo bo’lib hayot jarayoni rivojlanishi bilan jamiyatda va odamlar o’rtasida shunday bir kategoriya paydo bo’ldiki, uning borligini hech kim rad eta olmaydi. Bu insonlarning ehtiyojidir. Ehtiyoj har bir insonda, hattoki, hayvonlarda ham mavjuddir. Lekin shu o’rinda, biz ayta olamizki inson ehtiyojlari hayvonlarning ehtiyojidan juda kata farq qiladi. Insonlar yig’ilib jamiyatni tashkil etgandan keyin bu o’z o’rnida jamiyat ehtiyojlarini keltirib chiqaradi. Ehtiyoj bo’lsa o’z o’rnida yana bir muhim element talabga yo’l ochadi. Har qanday ehtiyojlar ham talab bo’la olmaydi. Ular ma’lum bir mezonlardan o’tgandan keyin bu elementga aylanadi.

Talab deganda, asosan biron – bir shaxs, ya’ni individualning shaxsiy talabini tushunamiz, aslida ham shunday. Yalpi talab degan atama esa uning kengroq doiradagi tushunchasini anglatadi. Ya’ni ehtiyojlarning kengayib borishi va hamda jamiyat taraqqiyoti mobaynida mamlakat yoki ma’lum bir hududlarda bir individualga emas, aksincha juda ko’plab odamlarning manfaatlari doirasida yuzaga keladigan, hamda ular ko’pchilik tomonidan o’zlashtiriladigan va istemol qilinadiga talabdir. Yalpi talab shu holatni anglatishi bilan oddiysidan farq qiladi.

Yalpi talab jamiyatimizdagi barcha (xoh u iste’molchi bo’lsin, xoh ishlab chiqaruvchi) a’zolarning barcha tovar va xizmatlarga umumiy talabi deb qabul qilishimiz mumkin.

Ammo jamiyat ehtiyojlari cheksizdir. Ulardan oqilona foydalanish uchun esa har birimizdan bilim va shu sohadagi ko’nikma talab qilinadi. Zero, yalpi talabni qondirish va uni qondirishda resurslardan oqilona foydalanish ham milliy iqtisodiyotimizning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu haqda quyida batafsil tanishib chiqamiz va yalpi talab, uning egri chizig’i va unga ta’sir etuvchi omillar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lamiz.

Yalpi talab ma'lum bir davrdagi har qanday narx darajasida tovarlar va xizmatlarga bo'lgan umumiy talabni anglatadi. Uzoq muddatli istiqbolda yalpi talab yalpi ichki mahsulotga (YaIM) tengdir, chunki ikkita o'lchov bir xil tarzda hisoblanadi. YaIM iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning umumiy miqdorini anglatadi, yalpi talab esa ushbu tovarlarga bo'lgan talab yoki istakni anglatadi. Xuddi shu hisoblash usullari natijasida yalpi talab va YaIM birgalikda ortadi yoki pasayadi.

Texnik jihatdan aytganda, yalpi talab uzoq vaqt davomida narxlar darajasiga moslashgandan keyin YaIMga tengdir. Buning sababi, qisqa muddatli yalpi talab nominal inflyatsiyaga moslanmagan yagona nominal narx darajasida umumiy mahsulot hajmini o'lchaydi. Hisoblashda boshqa tafovutlar ishlatilgan metodologiyalarga va turli xil tarkibiy qismlarga qarab yuzaga kelishi mumkin.

Yalpi talab barcha iste'mol tovarlari, asosiy tovarlar (fabrika va uskunalar), eksport, import va davlat xarajatlari dasturlaridan iborat. O'zgaruvchilar bir xil bozor narxida savdo qilsalar, barchasi teng deb hisoblanadi.

Yalpi talab - bu iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan barcha tayyor mahsulotlar va xizmatlarga bo'lgan talabning umumiy miqdorini iqtisodiy o'lchovi. Yalpi talab deganda ushbu tovarlar va xizmatlarga ma'lum narx darajasida va vaqt bo'yicha sarflangan pulning umumiy summasi ifodalanadi. Yalpi talab barcha iste'mol tovarlari, asosiy tovarlar (fabrika va uskunalar), eksport, import va davlat xarajatlaridan iborat.

Va ushbu kurs ishida yalpi talab va yalpi taklif modellari keltirilgan, ular yordamida iqtisodiy tebranishlar osonroq tushuniladi. Yana fiksal va pul – kredit siyosatiga ta’sir o’tkazib, yalpi talab hajmini o’zgartirish haqida ham keng to’xtalib o’tilgan.

YaIM va boshqa qisqa muddatli makroiqtisodiy tebranishlar miqdorlari tartibsiz va oldindan aytib bo’lmaydi. Iqtisodchilar yalpi talab va yalpi taklif model yordamida tebranishlarni tahlil qiladilar. Umumiy talab egri chizig'i pastga qaraganda, narx darajasidagi o'zgarish iste'molga ta'sir etadi, foiz stavkasi, investitsiya va valyuta kursining o’zgarishiga sabab bo’ladi.

Yurtimizda ham xalqimiz farovonligini ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, natijada makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni ham iqtisodiyoti barqaror mamlakatlar ko’rsatkichlariga yetkazish bo’yicha chora – tadbirlga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonida ham keng to’xtalib o’tilgan. Farmon asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning dastlabki natijalari yurtimiz aholisi hayotida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Bu esa ularning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanishida muhim omil bo‘layapti.

Mazkur dasturilamal hujjatning uchinchi — Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, ayniqsa, tadbirkorlik harakatiga keng yo‘l ochib berishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, iqtisodiyotning liberallashtirilishi bu davlatni nomarkazlashtirish bo‘lib, uning iqtisodiy boshqaruvdagi funksiyalarini o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, xususiy sektorlarga o‘tib borishini anglatadi. Ushbu jarayonda ikkita muhim strategik vazifani hal qilish zarur. Avvalo, xususiylashtirilayotgan mulk haqiqiy mulkdorlar qo‘liga berilishi kerak. Chunki iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoitlar yaratishga imkon tug‘dirilishi milliy ongning o‘sishi va tafakkur taraqqiyotiga olib keladi. Navbatdagisi, iqtisodiyotda ko‘p ukladlilikni hamda raqobat muhitini yaratish orqali davlatning mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo qilishdir. Bu, o‘z navbatida, jamiyat turmush sharoitiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, odamlarning xususiy mulkka nisbatan qarashi o‘zgarishi, ijtimoiy ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Eng muhimi, davlat mulki xususiylashtirilib, kichik biznesning rag‘batlantirilishi tufayli jamiyatda mulkdorlarning yangi qatlami vujudga keladi. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiyotda davlat ishtiroki bosqichma-bosqich kamaytirilayotgani quvonarlidir.




  1. Download 446,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish