Nazorat savollari
Statistik kuzatish va uning qayday shakllari mavjud?
Statistik kuzatishning dastur, metodologik masalalar deganda nimani tushunasiz?
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari?
Statistik kuzatishning qanday turlarini bilasiz?
Statistik hisobot va uning qanday turlari mavjud?
Statistik kuzatishning xatolari va ularni tekshirish?
Statistik kuzatishga qo’yiladigan talablar?
O’rganiladigan to’plam birliklarini qayd qilinishiga qarab statistik kuzatish turlarini sanab bering?
To’plam birliklarini qamrab olinishiga qarab kuzatish turlari aytib bering?
Kuzatish birligi va xisob birligi farqlari nimada?
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.
SHodiev X. va Xabibullaev I. Statistika.Darslik. – T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b.
Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b
Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.
Godin, A. M. Statistika : uchebnik dlya bakalavrov / A. M. Godin. - 12-e izd., ster. — Moskva : Izdatelьsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», 2020. - 410 s.
SHumak, O. A. Statistika: Uchebnoe posobie / O.A. SHumak, A.V. Gerasьkin. - M.: ITS RIOR: NITS Infra-M, 2019. - 311 s
3-ma’ruza. Statistik JAMLASH va guruHlash
Reja
Umumlashtirish, guruhlarining ahamiyati va vazifalari
Hisobot va maxsus o’tkazilgan statistik tadqiqot ma’lumotlarini umumiylashtirish
Guruhlash,uning turlari
Guruhlash belgilash va oralig’i
Taqsimot qatorlari
Tayanch iboralar: Statistik svodka, oddiy va murakkab svodka, tor va keng ma’noda svodka, statistik guruxlash, guruxlash beligisi, otrebutiv va miqdoriy muqobil belgilar, omil va natijali belgi, guruxlash oralig’i, teng va teng bo’lmagan oraliq, ochiq va yopiq oraliq, maxsus oraliq, tipalogik guruxlash, tuzilmali guruxlash va analitik guruxlash.
Statistik kuzatish o’rganilayotgan xodisa to’g’risida ko’pdan-ko’p ma’lumotlarni to’plashga imkon tug’diradi, lekin olingan ma’lumotlarning tarqoqligi sababli xodisa to’g’risida umumiy xulosalar yasashga imkon bermaydi. SHuning uchun ham navbatdagi vazifa – ma’lumotlarni bir tizimga solish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo’lib, statistik kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash deb yuritiladi.
Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja asosida amalga oshiriladi.
Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo’linadi. Oddiy svodkalash deganda olingan ma’lumotlarni guruhlarga bo’lmasdan to’plam bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Murakkab svodkalash deyilganda ma’lumotlarni dasturda ko’zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo’lib o’rganish tushuniladi.
Tor ma’noda svodkalash ham xuddi oddiy svodkalash kabi umumiy va guruhiy yakunlarni chiqarish bilan cheklanadi.
Keng ma’noda svodkalash deyilganda to’plangan boshlang’ich ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bu holda svodkalash quyidagi bosqichlarni: 1) ma’lumotlarni guruhlash; 2) tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; 3) har bir guruh va guruhlar bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish; 4) guruhlash natijalarini statistik jadvalga joylashtirish va ularni grafiklarda tasvirlash kabi bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Statistik guruhlash deb ijtimoiy xodisalar va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida eng muhim, harakterli belgilar bo’yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o’rganishga aytiladi.
Guruhlash o’rganilayotgan xodisaning harakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi. Ana shu tomoni bilan u ilmiy svodkalashning asosiy unsuri bo’lib hisoblanadi.
Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi va oralig’i aniqlab olinadi.
Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda guruhlashning aynan qaysi belgi asosida amalga oshirilishi tushuniladi.
Ifodalanishiga qarab guruhlash belgilari atributiv va miqdoriy belgilarga bo’linadi. Atributiv belgi deyilganda son bilan ifolanmaydigan, bir-biridan mazmunan va sifat jihatdan farq qiluvchi belgilar tushuniladi. Kishining kasbi, millati, mahsulot turi, ish haqi shakli bu belgiga misol bo’la oladi. Muqobil belgi atributiv belgining bir ko’rinishi bo’lib, ikkita qarama-qarshi, bir-birini taqozo etmaydigan belgilardir. Masalan, ma’lumotli, ma’lumotsiz, tajribali, tajribasiz, ha, yo’q va hokazo. Miqdoriy belgi deb son (raqam) bilan ifodalanuvchi belgilarga aytiladi. Masalan, mahsulot hajmi, talabalar soni, stanoklar soni v hokazolar bevosita raqamlarda ifodalanadi.
Hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanish ularning omil va natijaviy belgilari bo’yicha guruhlarga ajratib o’rganiladi. Omil belgi natijaga ta’sir qiluvchi belgidir. Natijaviy belgi esa omil belgi ta’sirida o’zgarib turuvchi belgidir.
Xodisalarni miqdoriy belgilar bo’yicha guruhlashda dastlab guruhlash oralig’ini aniqlab olish zarur. Guruhlash oralig’i eng katta va eng kichik variantlar ayirmasining guruhlar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Oraliqlar teng va teng bo’lmagan, ochiq va ochiq bo’lmagan hamda maxsus ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bo’lgan oraliq tushuniladi. U quyichagicha hisoblanadi:
bu yerda: h – oraliq kattaligi;
xmax – belgining eng katta varianti;
xmin – belgining eng kichik varianti;
n – guruhlar soni.
Teng bo’lmagan oraliq deyilganda guruhdan guruhga yo o’sib boruvchi yoki kamayib boruvchi oraliq tushuniladi. Bunday oraliqlar odatda to’plam birliklari juda katta tarqoqlikka ega bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Teng bo’lgan va teng bo’lmagan oraliqlar yopiq va ochiq ko’rinishda bo’lishi mumkin. Agar oraliq «dan-gacha» aniq berilgan bo’lsa, u holda oraliq yopiq ko’rinishda bo’ladi. Agar oraliq «gacha» dan boshlanib «undan yuqori» bilan tugasa, u holda oraliq ochiq ko’rinishda bo’ladi. Maxsus oraliqlar ko’pincha tipologik guruhlashlarda bir-biridan tubdan farq qiluvchi, o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan guruhlarni aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
Ko’zlangan maqsad va vazifalarni hal qilish nuqtai nazaridan statistik guruhlash uch turga: 1) tipologik; 2) tuzilmaviy; 3) analitik guruhlashlarga bo’linadi. Har bir turdagi guruhlash muayyan maqsad va vazifalarni yechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |