Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Yer solig‘ining joriy etilishi iqtisodiy mohiyati va va ahamiyati



Download 0,64 Mb.
bet44/64
Sana18.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#867774
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

1. Yer solig‘ining joriy etilishi iqtisodiy mohiyati va va ahamiyati

Mamlakatimizda yer solig‘ini undirishning xuquqiy asoslari 1990 yil 20 iyunda “Yer to‘g‘risida” qonun qabul qilindi va ushbu qonunga ko‘ra erga egalik qilish va erdan foydalanishning pullik bo‘lishi belgilandi hamda yer uchun haq yillik yer solig‘i sifatida undiriladigan bo‘ldi.


1991 yilda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”, 1993 yilda “Yer solig‘i to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda yer solig‘ini undirishda soliqqa tortish obyekti, subyektlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartiblari ko‘rsatib berildi. 1997 yilda “Soliq kodeksi”ning qabul qilinishi hamda 1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig‘ining to‘laqonli huquqiy asoslari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yilda qabul qilingan «Yer kodeksi»ga muvofiq, Yer - umum milliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tu’roq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

  • eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tu’roq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;

  • yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

  • qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

  • qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash;

  • yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

  • yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

  • yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash;

  • yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash.

Jismoniy shaxslar Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin.
Yer uchun haq har yilgi yer solig‘i shaklida undirilib, uning miqdorlari yer uchastkasining sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday ta’minlanganligiga qarab belgilanadi.
Yer solig‘ining miqdori yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning xo‘jalik faoliyati natijalariga bog‘liq bo‘lmaydi hamda yer maydoni birligi uchun belgilangan haq tarzida to‘lanib, ishlab chiqarish harajatlariga kiritiladi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan ijaraga beriladigan yer uchun ijara to‘lovi undirilib, uning miqdori tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan belgilanadi, biroq bu miqdor qonunlarda nazarda tutilgan yer solig‘i stavkalaridan kam bo‘lmasligi kerak.
Yer solig‘i to‘lovlaridan tushgan mablag‘lar eng avvalo yerlarni muhofaza qilishni yaxshilashga, yerlarning unumdorligini oshirishga, irrigatsiya va melioratsiya ishlariga, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarni, shu jumladan ijarachilarni rag‘batlantirishga, yer tuzish ishlarini tashkil etishga, davlat yer kadastri yuritish va hududni ijtimoiy rivojlantirishga sarflanadi.
Yer solig‘i O‘zbekiston soliq tizimida mahalliy soliqlar va yig‘imlar tarkibiga kiradi hamda mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbai hisoblanadi.
Yer solig‘i boshqa soliq turlaridan farqli o‘laroq, o‘ziga hos xususiyatlarga ega. Jumladan, o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra u renta to‘lovidir yoki boshqacha qilib aytganda ushbu soliq yer egalari va erdan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatining natijalari bilan bog‘liq emas. Demak, ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – erdan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, tu’roq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo‘lgan erlarda xo‘jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish, aholi yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta’minlash hamda erni talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish