O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyatini tushuntirib bering?
Qanday shaxslarni jismoniy shaxslar deb atashadi?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i byudjet daromadlari tarkibida qanday ahamiyatga ega?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari kimlar?
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlariga qaysi daromad turlari kiradi?
Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlariga qaysi daromadlar kiradi?
Jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlariga qaysi daromadlari kiradi?
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga qaysi daromadlari kiradi?
9-MAVZU: MAQSADLI JAMG’ARMALARGA MAJBURIY AJRATMALAR.
Reja:
Maqsadli jamg’armalar to’g’risida tushuncha.
Pensiya fondiga ajratmalar.
Yo’l fondiga ajratma va yig’imlar.
Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lovchilar quyidagilardir:
yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs.
Quyidagilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarning to’lovchilari bo’lmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq to’lovini va (yoki) yagona yer solig’ini to’lovchi yuridik shaxslar.
umumbelgilangan soliqlarni to’lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan aksiz to’lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno.
Sof tushum byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.
Soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza quyidagilardir:
1) kommunal xo’jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun - mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo’shilgan qiymat solig’i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
3) vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo’yicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari bo’yicha hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun - ko’rsatilgan xizmatlar uchun qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi haq summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun - tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sug’urta tashkilotlari uchun - agar boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, Soliq kodeksining 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son qaroriga 23-ilovada O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi hamda Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar solish obyektlari quyidagicha belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga 23-ilova.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi hamda Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar solish
Do'stlaringiz bilan baham: |