Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Download 0,64 Mb.
bet2/64
Sana18.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#867774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Soliqlar – deganda Soliq Kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltirilgan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar – deganda Soliq Kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq tizimi mohiyati jihatdan bir xil bo‘lgan markazlashgan pul fondiga, yani davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalariga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig’indisidir. Shuningdek Davlat soliq tizimi organlari ham Respublika soliq tizimini ifodalaydi. Qonun bilan belgilangan soliqlar va yig’imlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi.
Har qanday fan o‘zining predmetiga ega bo‘ladi. Soliq tizimi asoslari fanining predmeti soliqqa tortishning nazariy va huquqiy asoslarini o‘rganishdir. Bunda soliq tushunchasi, soliqlarning iqtisodiy mohiyati, o‘ziga xos belgilari, funksiyalari, asosiy elementlari, soliqlarning guruhlanishi, soliq siyosati, soliq kodeksining tarkibiy tuzilishi va mohiyati, Davlat soliq xizmati organlari faoliyati, mansabdor shaxslarning xizmat o‘tash tartibi, Davlat soliq organlarida soliq to‘lovchilar bilan ishlash hamda rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimi haqida asosiy tushunchalar o‘rganiladi.
Soliq tizimi asoslari faning maqsadi o‘quvchilarda soliqqa tortishning nazariy va huquqiy asoslari yuzasidan eng zarur boshlang’ich tushunchalar hosil qilib, keyingi mutaxassislk fanlari hisoblangan Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish, Yuridik shaxslarni soliqqa tortish kabi fanlarni puxta o‘zlashtirishlari uchun mustahkam poydevor yaratishdir.
Shu maqsadga erishish uchun soliq tizimi asoslari fanining asosiy vazifasi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ularni ham nazariy, ham ilmiy jihatdan boshlang’ich bilim va ko‘nikmalar hosil qilishdir.
Soliq tizimi asoslari fani Iqtisodiyot asoslari fani va Moliya fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki soliqlar moliya munosabatlarining tarkibiga kiradi. Shuning uchun moliya ham, soliq ham pul munosabatlarini ifodalaydi. Ularning ikkalasi uchun yagona asos pul munosabatlarining mavjudligidir. Lekin soliq keyinchalik o’ziga xos bo’lgan pul munosabatini, ya’ni soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi majburiy pul munosabatini ifodalaydi.
Suningdek bu fan Matematika, Tarix, Buxgalteriya hisobi va Informatika fanlari bilan ham uzviy aloqador fandir. Ushbu fanlar Soliq tizimi asoslari faniga har doim turli darajada o’zaro aloqada bo’ladi. Masalan, Iqtisodiyot asoslar va Moliya fanlaridagi Yalpi ichki mahsulot, budjet, budjet daromadlari va harajatlari, budjet defitsiti va profitsiti investitsiya va boshqa shu kabi asosiy tushunchalar fanni o’rganishda keng ishlatiladi. Soliqlar doimo hisob-kitobga asoslanganligi uchun soliq mutaxassislari Matematikani yaxshi bilishlari kerak bo’ladi. Soliq tushunchasi kecha yoki bugun paydo bo’lgan tushuncha emas. U hamisha hamma davrlarda davlat hazinasini to’ldiruvchi asosiy manba bo’lib kelgan. Shuning uchun bilimli soliqchi bo’lish uchun tarixni, ayniqsa soliqlar tarixini yaxshi o’rganish kerak bo’ladi.
Soliqlar hisob-kitobida Buxgalteriya hisobi faninig alohida o’rni bor. Chunki, soliqqa tortish obyektlarining hisobini yuritish, soliq bazasini aniqlash, moliyaviy va soliq hisobotlarini tuzishda albatta Buxgalteriya hisobining qonuniyatlari va usullaridan hamda hisob hujjatlaridan keng foydalaniladi.
Hozirgi davrda hech qaysi sohani zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Mamlakatimiz Davlat soliq xizmati organlari tizimida ham bu masalaga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Shuning uchun ham soliq mutaxassislarini tayyorlashda Informatika, Soliq tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari fanlarining o’ni juda muhim hisoblanadi.
Bundan tashqari Soliq kollejlarining o’quvchilari kelgusida Davlat idoralarida ishlar ekanlar, ular keng dunyoqarashga ega bolishlari hamda ma’nan va jismonan sog’lom bolishlari uchun hozirdan boshlab ularga o’qitilayotgan har bir fanni puxta o’ganishlai kerak bo’ladi.
Soliqlarning paydo bo’lishi, ularning ilk ko’rinishlari haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lish har bir ilm ahlini qiziqtirishi tabiiydir. Soliqlarning qachon paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot tarixiy kitoblarda uchramasada, soliqlar tarixini yorituvchi manbalarning guvohlik berishicha, davlat paydo bo’lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zururiy bo’g’iniga aylangan. Davlat tuzilishi shakllari rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi ham doimo o’zgarib turgan.
Soliqlarning ilk ko’rinishi sifatida qurbonlik qilingan noz-ne’matlar e’tirof etiladi. Buning xususiyati shundan iboratki, qurbonlik qilish majburiy bo’lmay, balki ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgandir. Qilingan qurbonliklar esa kambag’allarga, nochorlarga, yetimlarga, muhtojlarga ulashib berilgan. Keyinchalik joriy etilgan soliqlar esa bevosita qabila hamda urug’lar o’rtasida davom etib turgan urush-janjallarga bog’liqdir. Bunday soliqlar natura shaklida bo’lib, bir qabilani bosib olish yoki o’zini muhofaza qilish uchun safarbar etilgan.
Soliqlar tarixda inson tsivilizatsiyasi bilan birga rivojlanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Soliqlarning iqtisodiy munosabatlarda asosiy o’ringa chiqishiga, avvalambor, davlatning shakllanishi, jamoalarning sinflarga bo’linishi, qadimgi ijtimoiy tuzumning vujudga kelishi hamda ularning ma’lum moliyaviy manbaga ehtiyoj sezishlari sabab bo’lgan.
Ingliz iqtisodchisi S.Parkinson so’zi bilan aytganda: «Soliqlar ko’hnadir – huddi dunyodek uning yuzaga kelishida qachondir bir mahalliy qo’mondan o’z hududida joylashgan daryo yoki tog’dan savdogar hamda sayohatchi o’tsa ulardan haq olishi sabab bo’lgan».
Soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayonida ularning shakllari ham o’zgarib kelmoqda. Agarda bugungi kunga kelib soliqlar asosan pul shaklida undirilayotgan bo’lsa, ular qadimda bir qancha ko’rinishlarda, jumladan, mehnat shaklida, natura shaklida undirilgan. Shu o’rinda qayd etish lozimki, jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti yuksalishiga mos ravishda soliqlarning pulli shaklda undirilishi ham tobora rivojlanib bordi.
V.M.Pushkaryova soliqlar rivojlanish tarixini 3 bosqichga ajratib ko’rsatadi. Ularning har biri u yoki bu xususiyatlari hamda afzalliklari bilan ajralib turadi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish