Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Soliq solinadigan oborotlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan oborot bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan soliq Kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Q o’shilgan qiymat solig’i stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 20 foiz qilib belgilangan.
Tovarlarni import qilish bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi
Qo’shilgan qiymat solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa — yillik moliyaviy hisobot to’shiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot to’shiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Soliq to’lovchilar, bundan kredit va sug’urta tashkilotlari mustasno, qo’shilgan qiymat solig’ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini taqdim etadi. Soliq to’lovchilar, bundan kredit va sug’urta tashkilotlari mustasno, qo’shilgan qiymat solig’ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha hisobvaraq-fakturalar reestrlarini taqdim etadi.
Soliq to’lash tartibi
Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash quyidagicha amalga oshiriladi:
qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — Soliq kodeksi 225-moddasining birinchi qismiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Import qilinadigan tovarlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |