Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Download 463 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi463 Kb.
#275040
  1   2   3
Bog'liq
1-Qurilish ishchi dastur (1) (1)







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI









T A S D I Q L A Y M A N”

RO’YHATGA OLINDI:

№________________________

«___» ______________2021 yil





Farg‘ona politexnika instituti

O‘quv ishlari bo’yicha prorektor J.X.Kambarov

___________________

«___» _____________2021 yil




“Xorijiy til (nemis tili)“

fanidan


SILLABUS

Bilim sohasi: 300000 - Ishlab chiqarish texnik soha

Ta’lim sohasi: 310000 - Muxandislik ishi

Bilim sohasi

300 000

-

Ishlab chiqarish texnik soha

Talim sohasi:

310 000

-

Muhandislik ishi

Talim yonalishi:

5310800

-

E va A (Elektronika sanoatida)

5311000

-

“TJCHAB (kimyo, neft kimyo va oziq ovqat sanoati bo`yicha)

5310900

-

MS va MSM (Sanoat)

5312700

-

IMT (tarmoqlar boyicha)

5321700

-

TJBAKT (tarmoqlar boyicha)



O‘qish davri

3,4-semestr

Fan kodi

ХТ1408

Fan hajmi

4 kredit

Fanning umumiy soatlari

120

Auditoriya soatlari

60

Jumladan:

Ma’ruza

-

Amaliy mashg‘ulot

60 soat

Mustaqil ta’lim

60 soat

Nazorat shakli

ON, YaN

O`qitish shakli

Farg‘ona – 2021

Kunduzgi

Mazkur dastur O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazilgining 2018yil 25-avgust kungi №744 qarori bilan tasdiqlangan o’quv dastur asosida tayyorlangan.

Tuzuvchi:

Jo’rayeva M. __________

(F.I.SH.,lavozimi, darajasi va ilmiy unvoni) (imzo)

Taqrizchi:

Qahhorova M.M. FarDU dotsenti, f.f.n. ____________

(F.I.SH,.lavozimi, darajasi va ilmiy unvoni) (imzo)

Fanning ishchi o’quvdasturi «Tillarni o’rgatish» kafedrasining 2020yil «11» avgustdagi 1-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

“Tillarni o’rgatish” kafedrasi

mudiri: ________G.Obidova «___» avgust 2020 yil

(imzo) (F.I.SH.)

Fanning ishchi o’quv dasturi ICHB fakulteti Kengashida muhokama etilgan va institut Ilmiy Kengashiga tavsiya qilingan. 2020 yil«___» avgustdagi 1-sonli bayonnomasi.

KELISHILDI:

Fakultet Kengash raisi: ________ dots.I.Jakhongirov «___» avgust 2020 yil

(imzo) (F.I.SH.)

KELISHILDI:

O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: _________ Sh.Xamdamova «___» avgust 2020 yil

(imzo) (F.I.SH.)

Institutning 2020 yil “___” avgustdagi 1- son Ilmiy Kengashida muhokamadan etilgan va tasdiqlangan.



Kirish.

Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar” to’g’risidagi 124-sonli qarorlari hamda Evropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) ga muvofiq qayta ishlab chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining “Chet tillar bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar” ga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to‘rt yillik tahsillari nihoyasida o‘rgangan chet tili bo‘yicha B2 darajani egallashlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ - 2909 – son qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovasi “2017-2021 yillarda oily ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha kompleks tadbirlari”ning 12-bandiga muvofiq oliy ta`lim muassasasi talabalarining og’zaki va yozma nutq malakalarini oshirish maqsadida fanning o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli buyrug’ining 1-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati bilan tasdiqlangan.

Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2018 yil 26 maydagi 2-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. Ushbu ishchi dastur fanning namunaviy o’quv dasturiga asosan ishlab chiqildi.

1. Fanning maqsad va vazifalari

Xorijiy til (Nemis tili) fanining maqsadi talabalarning ko’p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetentsiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsio-lingvistik, pragmatik va boshqa kompetentsiyalari)ni shakllantirishdan iborat.

Xorijiy til (Nemis tili) kommunikativ kompetentsiyasi – o’rganilayotgan chet tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, shuningdek, talabalarning tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o’z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni muloqot jarayonida taqdim eta olishini nazarda tutadi. Mazkur o’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalariga talabalarda quyidagi kompetentsiyalarni rivojlantirish kiradi:

lingvistik kompetentsiya o’rganilayotgan til sohiblari bilan muloqot qilish uchun til materiallari (fonetika, leksika, grammatika)ni yetarli darajada bilish va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirish, o’qish va yozuv)da qo’llay bilishni nazarda tutadi.

Ijtimoiy-lingvistik kompetentsiya so’zlovchining biron bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash ko’nikma va malakalarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy-madaniy kompetentsiya autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o’zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarini tili o’rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish kompetentsiyasidir. U hozirgi ko’p madaniyatli dunyoda ta’lim oluvchilarda chet tilini o’rganish muhimligi tushunchasi, ingliz tilida muloqot qilish, o’z ustida mustaqil ishlash va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida foydalanish ehtiyojini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda, chet tili orqali madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish istagi va xohishida namoyon bo’ladi.

Strategik (kompensator) kompetentsiya nemis tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy muloqot tajribasidagi kamchilik va nuqsonlarni ayrim verbal/noverbal vositalar yordamida to’ldirish, kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo’lganda takroran so’rash, uzr so’rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi.

O’quv - bilish kompetentsiyasi ta’lim oluvchining mustaqil bilim olish faoliyatida chet tillar va madaniyatlarni o’rganishning kompetentsiyalar yig’indisi bo’lib, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan mantiqiy, metodologik va umumta’lim vazifalarni o’z ichiga oladi.

Xorijiy til (Nemis tili) o’qitish didaktik, metodik, lingvistik tamoyillarni hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash asosida amalga oshiriladi.



2. Fan bo’yicha talabalarning malakasiga qo’yiladigan talablar

Oliy ta’limning davlat standartiga muvofiq mazkur fan bo’yicha til o’rganayotgan o’qituvchilarning bilimiga, o’quviga va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

Xorijiy til (Nemis tili) bo’yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablarda oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to’rt yillik tahsillari nihoyasida o’rgangan nemis tili bo’yicha B2 darajani egallashlari shart. Unga ko’ra bitiruvchi talabalar B2 darajani ta’minlovchi quyidagi kommunikativ kompetentsiyalarni egallashlari lozim.

Lingvistik kompetentsiya:

Tinglab tushunish

• uzoq davom etgan suhbat va murakkab dalillar keltirilgan matnni tushunish va idrok etish;

• ma’ruza, suhbat, mukammal yo’riqnomalar, akademik va kasbiy prezentatsiyalar, savol-javoblar asosiy mazmunini tushuna olish;

• reklama, e’lon va ma’lumotnomalarni tushunish;

• murakkab autentik nutqni tanish va notanish kontekstda tushuna olish;

• til sohiblari suhbatlari va bahs- munozaralarini tushuna olish;

• radio va internet materiallari, intervyularni (suhbat) to’liq darajada tushuna olish.

Gapirish


• biznesdagi hamkori bilan muzokara olib borish;

• aniq masalalar bo’yicha axborot olish;

• uzoq muddatli muzokaralarda til sohibi bilan qatnashish, ularni qo’llab-quvvatlash, kerak bo’lsa muzokaralarni boshqarish;

• kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda faol qatnashish;

• ixtisoslik (kasb) bo’yicha intervyu, suhbatlarda qatnashish;

• fikrni aniqlashtirish, qaytadan tuzish va bahs-munozara rivojiga o’z hissasini qo’shish;

• muzokaralar olib borish jarayonida muammolarni yechimini ustalik bilan hal etish;

• vaziyatga qarab savollar berish va javob qaytarish.

Monolog

• alohida mavzu bo’yicha qilingan prezentatsiyalar o’tkazish

• ixtisosligi bo’yicha asbob-uskunalarni aniq va ravshan tasvirlash;

• alohida mavzu bo’yicha og’zaki maruza tuzish;

• maqola, maruza, bahs-munozaralarni aniq va ravshan qilib umumlashtirish;

• aniq tizimga asoslangan holda qo’shimcha, yetarli bo’lgan holda va tanish mavzu bo’yicha o’z fikrini ifoda qila olish

O’qish

• tanish va notanish mavzu bo’yicha tuzilgan matnlardan asosiy / kerakli bo’lgan axborotni, shaxsiy va mutaxassislik bo’yicha korrespondentsiyalarni (xat-xabarlarni) tushunish;



• diagramma, sxema, chizmalarni qisqacha ta’rifini tushunish;

• murakkab bo’lgan ma’lumotlarni idrok etish;

• maxsus, murakkab bo’lgan yozma yo’riqnoma va qo’llanmalarni tushunish;

• kasbga oid maqola va ma’ruzalardan kerakli axborotni ajratib olish;

• kerak yoki nokerakligini aniqlash maqsadida matnni u yoki bu qismini sinchiklab o’qish, konferentsiya dasturlarini o’qib tushunish.

Yozuv.


• maxsus ma’lumotlarni (til yuzasidan bo’lgan xatlarni, ma’lumotlarni, elektron xatlarni) yoza olish;

• esse va ma’ruzalarni yoza olish;

• aniq mantiqqa ega bo’lgan ilmiy maqolalar va ilmiy tadqiqot ishlarni yoza olish;

• yozma takliflar, hisobot va rezyumelar tuza olish;

• bitiruv malakaviy ishlarni zarur bo’lganda yoza olish.

Til kompetentsiyasi:

Leksik kompetentsiya

• kasbiy leksika va terminlarni ishlata olish;

• kommunikativ vaziyatlarda mavzuga oid bo’lgan leksikani ishlata olish;

• internatsional so’zlarni tushunish va qo’llay olish

Grammatik kompetentsiya

• murakkab grammatik va sintaktik qurilmalarni kommunikativ vaziyatlarda qo’llay olish;

• bog’lovchi so’zlarni to’g’ri qo’llash;

• mutaxassislikka oid matnlarni uning mazmunini tushunish maqsadida matnni tahlil qilishi talab etiladi



3. Fanni o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va

uslubiy jihatdan uzviyligi

Xorijiy til (Nemis tili) fani ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va ixtisoslik fanlari bilan o’zaro bog’liq. Ushbu fan boshqa fanlar bilan integrallashgan holda o’rgatiladi.
4. Fanning ishlab chiqarish sohasidagi o’rni

Xorijiy til (Nemis tili) fani ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’lanmagan. Talabalar mazkur fandan o’rgangan bilimlaridan boshqa ixtisoslik fanlarini o’zlashtirishda (sohaga oid ma’lumotlarni nemis tilida izlab topish, tahlil qilish va bilim olish jarayonida foydalanish ), kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.


5. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Xorijiy til (Nemis tili) fanini o’qitishda ta’limning quyidagi ilg’or va zamonaviy texnologiya va metodlaridan foydalaniladi:

• pedagogik mahorat texnologiyasi (Yu.N.Kulyutkin, Ye.B.Spasskaya);

• bilimdonlar bahsi;

• mavqeingizni egallang – shiorlar asosidagi bahs;

• ta’limning faol uslublari: “Keys-uslubi” (Garvard universiteti biznes maktabi), ishbop o’yinlar.

Ijodiy topshiriqlarni guruh bilan hal qilish uslublaridan:

• delfi uslubi – taklif qilingan yechimdan statistik uslub asosida besh kamchilikni aniqlash va ulardan eng yaxshisini tanlab, baholash, kamchiliklar sababini aniqlash;

• qora quti uslubi – masalani tahlil qilish, ijodiy bahs orqali kamchiliklar sababini aniqlash;

• kundaliklar uslubi – guruh a’zolarining yon daftarchalaridagi yozuvlarni tahlili va ularda berilgan taklif-mulohazalarni muhokama qilish, umumiy fikr ishlab chiqish;

• “To’g’ridan-to’g’ri jamoaviy aqliy hujum” (Dj.Donald Fillips) – 20-60 kishilik katta auditoriyada yangi fikrlarni, samaradorlikni oshirish ish yoki mashq mini-guruhlarda olib boriladi va fikrlar jamoada muhokama qilinadi;

• “Aqliy hujum” – (E.A.Aleksandrov i G.Ya.Bush) – guruh qatnashchilari ijodiy g’oyalarini jamoa, g’oyalari bilan qarshi g’oyalar yordamida faollashtirish, ularni qo’llashni baholash;

• senektika uslubi (U.Gordon) – muammoni ifodalashga o’rgatish, uning qismlarini aniqlash, muammoni yechishdagi o’xshashliklarni topish. Kreativlikni o’stirish, oddiy hodisalarning g’ayri-tabiiy tomonlarini topish, ijodiy qobiliyatlarini aniqlash;

• «ARIZ – TRIZ» (G.S.Altshuller va uning maktabi, TRIZ - kashfiyot topshiriklari texnologiyalarini rivojlantirish) – o’rganilayotgan tizim rivojlanishi qonuniyatlariga bo’ysundirilgan mantiqiy operatsiyalar tizimi 40 usuldan iborat: “qo’shilish”, “matryoshka”, “qarama-qarshi”, “zararni foydaga aylantirish” va boshqalar.


6. O’quv rejaga asosan ma’ruza mashg’ulotlari rejalashtirilmagan

7. Xorijiy til (nemis tili) fanidan o’tiladigan mavzular va amaliy mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti

I,II SEMESTR BLOKLARI





Mavzular nomi

Jami soat

Amaliy mashg‘ulot

Mustaqil ta’lim

Barcha yo‘nalishlar

Barcha yo‘nalishlar

1

Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish