Rezident - iqtisodiy manfaatdorlik markazi mamlakat iqtisodiy hududi bilan bog’langan xo’jalik birliklariga (uy xo’jaligi, korxona, tashkilot) aytiladi. Iqtisodiy hududda bir yildan ortik istiqomat kilgan kishi shu davlatning rezidenti deb hisoblanadi.
Artistlar, talabalar, sportchilar va boshqa davlatlardan kelgan shaxslar, elchilar bu mamlakatning rezidenti hisoblanmaydilar.
Xalqaro tashkilotlarning xodimlari shu davlatda bir yildan ortik istiqomat qilib ishlasa, ular ishlab to’rgan joyidagi davlatning rezidenti hisoblanadi.
Ichki iqtisodiyot-rezident va norezidentlarning iqtisodiy hududdagi iqtisodiy faoliyati.
Milliy iqtisodiyot-rezidentlarni turar joylaridan qat’iy nazar ularning iqtisodiy faoliyati. Rezidentlarni iqtisodiy faoliyatiga hududiy ishlab chiqarish jarayonlari hamda diplomatik tashkilotlarni va chet el xarbiy bazalarining ish faoliyati ham kiradi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki yalpi milliy daromad (YaMD) hisoblanadi.
Ichki iqtisodiyot asosan, yalpi ichki mahsulot (YaIM) bilan o’lchanadi, YaIM tovarlar va xizmatlar oqimini o’lchaydi.
YaMD-esa daromadlar oqimini o’lchaydi.
O’zbekiston iqtisodiy sistemasining turli qismlari o’rtasidagi o’zaro munosa-batlarni to’laligicha aks ettirish maqsadida insituttsion birliklar aniqlanishi va ularni sektorlar, tarmoqlar bo’yicha guruhlash zarur.
Institutsional birliklar – bu to’liq hisoblar to’plamini tuzib boradigan va xo’jalik yuritishda mustaqillikka ega bo’lgan birliklardir. Institutsional birliklar korporatsiya, uy xo’jaligi, notijorat tashkiloti ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Korporatsiya – iqtisodiy maqsadi tijorat uchun mahsulot va xizmatlar yara-tishdan iborat bo’lgan yuridik shaxs.
Uy xo’jaligi – bir erda istiqomat qiluvchi, birga tovarlarni iste’mol qiluvchi va daromadlarini birlashtiruvchi jismoniy shaxslar guruhi.
Notijorat tashkiloti – uy xo’jaliklariga notijorat asosda mahsulot ishlab chiqarish xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi birlik.
Institutsional birliklar iqtisodiy maqsadi, funktsiyalari, moliyalashtirish manbaiga ko’ra 6 ta institutsional sektorlarga birlashtiriladi. Institutsional birliklarni aniqlash va ularni sektor hamda tarmoqlar bo’yicha guruhlashtirishdan asosiy maqsad sektorlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatish, daromad va xarajatlar oqimi, shuningdek, moliya-kredit, aktiv va passivlarni o’rganishdir.
Nomoliya korporatsiyalar sektori (tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korporatsiyalar sektori). Nomoliya korporatsiyalar sektorining asosiy vazifasi nomoliyaviy xizmat ko’rsatishdan iborat. Ushbu institutsion birliklarning resurslari asosan mahsulot ayirboshlash evaziga vujudga keladi.
Bu sektor o’z ichiga turli mulkchilikka asoslangan korxonalarni oladi:
-davlat korxonalari;-xususiy korxonalar;-jamoa korxonalari;-aktsionerlik kor-xonalari;-kooperativ korxonalar;-xorijiy korxonalar.
Moliya korporatsiyalar sektori –tijoratga asoslangan moliya operatsiyalari
bilan Shugullanuvchi institutsion birliklar (tijorat kredit mahsulotlari) -markaziy bank mahsulotlari-boshqa depozit korporatsiyalar; -sugurta korporatsiyalari.
Kredit mahsulotlari uz ichiga tijorat banklarini, kredit beruvchi asotsiatsiya va jamiyatlarni oladi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, taqsimlash va saqlash, pul mablaglarini saqlash va korxonalar hamda uy xo’jaliklariga kreditlar berish va boshkalardan iborat. Sugurta muassasalari institutsion birligi asosan xayotni baxtsiz hodisalardan sugurta qilishni, bundan tashqari uy xo’jaligi va korxonalar mulkini sugirtalash uchun xizmat qiladi.
Davlat korxonalari sektoriga jamoa va individual iste’mol uchun bozorga muvo-fiq bo’lmagan xizmat ko’rsatish, milliy daromad va boyliklarni qayta taqsimlashda ishtirok etadigan tashkilotlar kiradi:
-markaziy xokimiyat;-hududiy xokimiyat;-maxalliy xokimiyat;-ijtimoiy ta’minot fondlari; -soglikni saqlash;-xalq ta’limi va xokazo.
Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektoriga aholining individual va jamoa talablarini qondirishda band bo’lgan korxonalar kiradi.
Ular o’z ichiga aholining individual talablarini qondiruvchi ijtimoiy tashkilotlar (fan, madaniyat, soglikni saqlash, san’at, dam olish va sanatoriy) ni, shuningdek, ularning jamoa iste’molini qondiruvchi ijtimoiy korxonalar (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar va boshkalar) ni oladi.Uning moliyaviy resurslari asosan ko’ngilli badallar, uy xo’jaliklarining hayr-exsonlari va mulkdan olingan daromaddan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |