Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Nazorat savollari: Tanlama kuzatish, uni qo’llashdan maqsad?



Download 3,57 Mb.
bet36/66
Sana04.04.2023
Hajmi3,57 Mb.
#924866
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
Bog'liq
Statistika ma\'ruza kursi

Nazorat savollari:

  1. Tanlama kuzatish, uni qo’llashdan maqsad?


  2. Reprezentativlik xatolari, uning qanday turlari mavjud?

  3. Tanlash usullari aytib bering?

  4. Tanlash tarxi nimani anglatadi?

  5. Tanlama ko’rsatkichlaridagi o’rtacha xato qanday aniqlanadi?

  6. Tanlama ko’rsatkichlarida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoni aniqlash?

  7. Tanlamaning zaruriy miqdorini aniqlash?

  8. Tanlama kuzatish ma’lumotlarini bosh to’plamga tarqatish usullari?

  9. Koeffitsentlar usuli qanday qo’llaniladi?

10. Ishonch koeffitsenti nima?


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.

  2. Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b

  3. Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.

  4. Godin, A. M. Statistika : uchebnik dlya bakalavrov / A. M. Godin. - 12-e izd., ster. — Moskva : Izdatelьsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», 2020. - 410 s.

  5. Shumak, O. A. Statistika: Uchebnoe posobie / O.A. Shumak, A.V. Gerasьkin. - M.: ITS RIOR: NITS Infra-M, 2019. - 311 s



8-ma’ruza. o’zaro boG’lanishlarni statistik O’rganish


Reja:

  1. Bog’lanish va uni o’rganish usullari.

  2. Korrelyatsion-regression tahlil.

  3. Regressiya tenglamasi.

  4. Juft va ko’p faktorli korrelyatsiya.

  5. Bog’lanish kuchi ko’rsatkichlari.



Tayanch iboralar: Funktsional bog’lanish, korrelyatsion bog’lanish, to’g’ri va teskari bog’lanish, to’g’ri chiziqli va egri chiziqli bog’lanish korrelyatsiya koeffitsienti, korrelyatsiya indeksi, regressiya tenglamasi, tenglama parametrlari, determinatsiya indeksi, elastiklik koeffitsienti.

Belgilar o’rtasidagi bog’lanishlarning xarakteriga qarab bog’lanishlar ikki turga bo’linadi: funktsional bog’lanish va korrelyatsion bog’lanish.


Yo’nalishlarning o’zgarishiga qarab bog’lanishlar ikki turga bo’linadi: to’g’ri bog’lanishlar va teskari bog’lanishlar. Analitik ifodalarning ko’rinishlariga qarab ham bog’lanishlar ikki turga bo’linadi: to’g’ri chiziqli bog’lanishlar va egri chiziqli bog’lanishlar.
Funktsional bog’lanishlarda bir o’zgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa o’zgaruvchi belgining aniq bitta qiymati mos keladi. Bunday bog’lanishning muhim xususiyati: ularning natijaviy belgi bilan bog’lanishini to’la ifodalovchi tenglamani yozish mumkin. Masalan, uchburchakning yuzi (s) faqat uning asosi (a) bilan balandligiga (h) bog’liq bo’lib, bu bog’lanish s=½·a·h formula bilan to’la ifodalanadi. Bu yerda “a” va “h” omil, ½ mutanosiblik koeffitsientidir.
Omil belgining har bir qiymatiga natijaviy belgining aniq qiymatlari emas, balki har xil qiymatlari mos kelsa, bunday bog’lanishlar korrelyatsion bog’lanishlar deb yuritiladi. Bunday bog’lanishlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda natijaga ta’sir qiluvchi barcha omillarning to’liq ro’yhatini (kuchini) aniqlash mumkin emas.
Bundan tashqari formula yordamida korrelyatsion bog’lanishlarning faqat taxminiy ifodalarini yozish mumkin, xolos. Masalan, biror bir ekin hosildorligiga ta’sir etuvchi omillarning soni juda ko’p bo’lib, ularning to’liq ro’yhatini aniqlash va natijaviy belgi bilan bog’lanishini to’liq ifodalaydigan tenglamani yozish mumkin emas. Demak, hosildorlik bilan uning omillari o’rtasidagi bog’lanish korrelyatsion bog’lanishdir.
Agar omil belgining ortishi (yoki kamayishi) bilan natijaviy belgi ham ortib (yoki kamayib) borsa, ular o’rtasidagi bog’lanish to’g’ri bog’lanish deyiladi. Aksincha, natijaviy belgining o’zgarish yo’nalish omil belginikiga qarama-qarshi bo’lganda bog’lanish teskari bo’ladi.
Ikkala belgi o’rtasidagi bog’lanish zichligi ning eng quyi va eng yuqori qiymatlari nisbati bilan aniqlanadi:
,
bu yerda: rxy – to’g’ri chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti.
Bu koeffitsient –1 dan +1 gacha qiymatlarni qabul qilib bog’lanishning to’g’ri, teskari va nul koeffitsientligini belgilab beradi. Jumladan:
rxy > 0, bo’lsa, u holda bog’lanish to’g’ri chiziqli,
rxy < 0, bo’lsa, u holda bog’lanish teskari chiziqli va
rxy = 0, bo’lsa, u holda belgilar o’rtasida bog’lanish mutlaqo yo’qligidan dalolat beradi.
Agar bog’lanishning tenglamasida omil belgilar (x1, x2, x3,…, xn) faqat birinchi daraja bilan ishtirok etib, ularning yuqori darajalari va aralash ko’paytmalari qatnashmasa, ya’ni omil bitta bo’lganda
y= a0+a1x

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish