Irs Ikel Ikelma ,
bu erda:
Ikel - ishga kelganlar; kelma
Ikelma – ishga kelmaganlar.
Statistikada mehnat resurslaridan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida quyidagi ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
1
|
Iqtisodiy faol aholi koeffitsenti:
|
IFA – iqtisodiy faol aholi, A - aholini o’rtacha soni.
|
2
|
Mehnat resurslarining bandlik koeffitsenti:
|
Bah - band bo’lgan aholi soni.
|
3
|
Iqtisodiy faol aholining yuklama koeffitsenti:
|
INFA– iqtisodiy nofaol aholi.
|
4
|
Ishsizlik koeffitsenti:
|
Aishsiz – ishsiz aholi soni.
|
5
|
Ro’yxatdan o’tgan ishsizlar koeffitsenti:
|
Ar.ishsiz – ro’yxatdan o’tgan ishsizlar
|
6
|
Aholi tarkibining samaradorlik koeffitsenti:
|
A16 yoshgacha– 16 yoshgacha bo’lgan aholi
|
Mehnat bozorini tahlil qilishning statistik ko’rsatkichlar tizimi, qo’yilgan maqsadga ko’ra, bir qancha blok va guruhlardan tashkil topishi mumkin.
Masalan, ishchi kuchining shakllanishi nuqtai nazaridan, mehnat yuklanishining quyidagi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega: mehnat o’rnini bosish MO`BK, nafaqa yuklanishi NYUK va umumiy mehnat yuklanishi koeffitsientlari UMYUK .
Ish bilan band xodimlarning amaldagi sonini mehnat unumdorligining o’rtacha darajasi va ishlab chiqarishning o’rtacha texnik darajasida ushbu ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xodimlarning soni bilan taqqoslash orqali to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni hisob-kitob usulida aniqlash mumkin.
Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash.chog’ida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi (mehnat bo’yicha, aholi bo’yicha statistika hisobotlari) maъlumotlari, maъmuriy hisobga olishning (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy-xo’jaliklari, xodim-lar ro’yxatlari) har xil turlari, shuningdek, ish bilan bandlik masalalari yuzasidan ishchi kuchini tanlab tekshirishdan iborat.
Ushbu xilma-xil manbalar ulardagi axborotning xususiyati va mazmuni, maъlumotlarni to’plash shakllari va usullari bo’yicha bir-biridan farq qilishi mumkin.
Ishchi kuchini tanlab tekshirib chiqish – maъlumot to’plash vositalari orasida eng moslashuvchan usuldir.
Ularning natijalariga qarab mehnat resurslarining shakllanishini, ish bilan bandlar, ishsizlar, iqtisodiy nofaol aholi sonini ko’rsatuvchi maъlumotlarni olish mumkin. Zaruratga qarab, tushunchalar, taъriflar va savollarni o’zgartirish
yoki maydalash mumkin.
Bu esa ayrim aholi guruhlari ishchi kuchida ishtirok etishining turli shakllarini aniqlash imkonini beradi.
Bunday moslashuvchanlik ushbu tekshiruvlarni turli isteъmolchilar talablarini qondirish uchun ayniqsa yaroqli qiladi, xalqaro qiyoslanadigan natijalarni taъminlaydi.
Ishchi kuchini tekshirib chiqish faqat ishlayotganlarni emas, balki vaqtincha ish bilan band bo’lmaganlarni ham qamrab olganligidan, u mehnat resurslari va ularning taqsimlanish tuzilmasi haqida to’la-to’kis tasavvur hosil qilishni taъmin etadi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi har..qaysi yil yakunlariga.qarab
O’zbekiston..Respublikasi bo’yicha, Qoraqalpog’iston..Respublikasi bo’yicha,
viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha tuziladi, shahar va qishloq aholisiga
bo’linadi. Uni yiriklashtirilgan holda quyidagi shaklda ko’rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |