Mehnat bozori tushunchasi va uning shakllanishi
Mehnat bozori — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi.
Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin.
Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidkr.
Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqsoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.
Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat.
Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon Mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy Mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2016 yilda Yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2018 yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).
I.S.Maslovaning ta’rifi bo’yicha «mehnat bozori-bu o’suvchi tizim, unda mulkchilik sub’yektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va «yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va ishchi kuchi)ga o’zaro ta’sir etadi.»
Mehnat bozori mavjud, ammo «kesik, shakli o’zgartirilgan ko’rinishda, buning ustiga har narsani o’z ichiga oladigan xarakterga ega bo’lmay, balki mehnat munosabatlarining, faqat bir qismini qamrab oladi». Bizning fikrimizcha, mehnat bozori-bu ishchi kuchining «mehnatga bo’lgan qobiliyatini» sotish-sotib olish tizimidir.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: -ishchi kuchiga talab va uning taklifi; -qiymati; -bahosi;-yollashdagi raqobat.
Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining quyidagi asosiy tamoyillarini to’liq amalga tatbiq etgan holda, mazkur bozorning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi:
Ishchi kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lish va bo’lmaslikni ixtiyoriy tanlashini, mehnat qonunlari tomonidan taqiqlanmaydigan va har bir xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyatturini erkin tanlash uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi;
Ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi. Bozor iqtisodiyoti xodimlarni barcha ish beruvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksi amal qilgan holda, ishga er-erkin yollashlari va ishdan bo’shatishlari, hamda, bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq to’lashni kafolatlash bilan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi;
Yollanma xodimlarni ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy himoya qilinganligi;
Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan «kun kechirish uchun zarur miqdordan kam bo’lmaslik»ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
O’zbekiston sharoitida mehnat bozorining samarali shakllanishiga to’siq bo’ladigan bir qator quyidagi cheklovlar ham mavjud:-mehnatni qo’llashning noqishloq xo’jaligi mintaqalarini yaxshi rivojlanmaganligi; -mehnat haqining past darajasi;-iste’mol tovarlarining qimmatlashuvi;-yollanma ish kuchining malakasi va safarbarligining pastligi;-ish beruvchilarning yetarli tajribaga ega emasligi va hokazo.
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi.
Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Ta’kidlash joizki, mehnat resurslari ortiqcha hududlarda (masalan, Andijon, Farg’ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlar) mehnat bozorini tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo’lgan talabning oshishi va uning taklifi kamayishi asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish, va o’qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o’quv yurtlarida kunduzgi ta’lim olinadigan o’quv o’rinlarini ko’paytirish va kechki, hamda sirtqi o’quvdagi talaba o’rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda, o’qiyotganlarga stipendiyani oshirish ayollarga bola parvarishi uchun to’lanadigan nafaqalar va ta’til muddatini ko’paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyozlar berish, pensioner nogironlar, hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish-mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi)ni hisoblash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |