I BOB. ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARIDAN FOYDALANISHNING
NAZARIY ASOSLARI .
1.1 Ishlab chiqarish quvvati tushunchasining mohiyati va undan
to’liq foydalanish ahamiyati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi
korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish
dasturini asoslashda katta rol o‘ynaydi hamda
korxonaning belgilangan
nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha potentsial
imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki,
ishlab chiqarish quvvati – bu, ma‘lum
bir vaqt
davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni
tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan
mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan
mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishda, ushbu korxonaning
ixtisoslashganligi
va mahsulotning alohida turlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati bu - iqtisodiy resurslardan oqilona
foydalangan holda, texnika va texnologiyaning eng progressiv shakllarini qo‘llash
asosida mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali usullarini joriy
etish orqali ishlab chiqarish mumkun bo‘lgan mahsulotning miqdori yoki ishlab
chiqarish imkoniyati tushuniladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg‘or (asosiy)
tsexlar quvvati bilan,
tsexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh
uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati
kattaligini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
uskunalar tarkibi va turlar bo‘yicha soni;
-
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy
norma (normativ) lari;
-
uskunalarning ishlash vaqti fondi;
-
ishchilar soni;
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti
(turlari va xilma-xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining
boshlang’ich (yil boshida),
yakuniy
(yil oxirida),
o’rtacha yillik hamda
loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati
qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik
jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin.
SHu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko‘pincha korxonaning
amaldagi quvvati
bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish
dasturini tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan
tashqari, barcha o‘rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Bahzi bir tsexlarda (yig‘uv,
quyuv va boshqa tsexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga
asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt
normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari
muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, ular ilg‘or hamda progressiv bo‘lishi talab qilinadi.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini
hisoblashda ba‘zida xatolar, ular o‘rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab
turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari,
yangi texnika va
aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin
bo‘lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash
natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda
foydalanishning darajasini
aniqlaydi.
Demak, ular o‘rtasidagi printsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona
ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa,
ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi
aniqlanadi.
Ishlab shiqarish quvvati korxonaning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri
bo‘lib, resurslardan foydalanish xolatini ifodalaydi. Amaliyotda ishlab chiqarish
quvvatini quyidagicha tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: