2-masala.
Yirik mashinasozlik zavodi tsexining ishchilari soni 500 kishi.
Mehnat unumdorligining ortishi 1,04% ni tashkil etdi.
Topish kerak:
mehnat unumdorligining ortishi natijasida qancha ishchi ozod bo‘ldi?
3-masala
. Zavodning sanoat ishlab chiqarish hodimlarining maosh fondi
har yilga 850 mln. so‘m miqdorida belgilangan. Amalda esa maosh fondi yiligi 925
ml. so‘mni tashkil etdi. Tovar mahsulot ishlab chiqarish dasturi 107,9% ga
bajarilgan. Rejali maosh fondini me’yorga solish ko‘rsatkichi – 0,6%.
Topish kerak:
Maosh jamg‘armasi bo‘yicha natija (tejalish yoki me’yordan ortiq harajat)
qanday?
4-masala
. Non mahsuloti ishlab chiqarish zavodida mehnat samaradorligi
va unga haq to‘lash bo‘yicha quyidagicha ko‘rsatkichlar yuzaga kelgan:
Ko‘rsatkichlar
Bazis
yilning IV
choragida
Hisobot
yilidagi
choraklar natijalari
1
2
3
4
Bir ishchiga o‘rtacha oylik ish
haqi, ming so‘m
Reja
Amalda
30
33
34
37
36
-
33
38
39
37
Bir ishchining o‘rtacha oylik
unumdorligi
Reja
Amalda
3000
-
3210
3150
3335
3380
3486
3300
3420
3480
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
1.
Ishlab chiqarish samaradorligining ortishi va o‘rtacha maosh ortishi
o‘rtasidagi me’yoriy nisbat qanday?
2.
Mehnat unumdorligi va ish haqining reja bo‘yicha va amaldagi o‘sish
sur’atlari qanday?
Hisob-kitoblar natijalarini jadvalga to‘plang.
5-masala. Mexanik tsexda 100 ta yarimavtomat agregatlar ishlayapti. TSex
3 smenada, umumiy dam olish va bayram kunlariga rioya qilgan holda ishlaydi.
Bir ishchi 4 ta agregatga xizmat ko‘rsatadi. Ish vaqtining nominal fondi (F
ivn
) –
263 soat, amaldagisi (F
iva
) – 230 soat.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Agregatlarga to‘liq xizmat ko‘rsatish uchun qancha ishchi kerak bo‘ladi?
6-masala. Korxona murakkab mahsulot ishlab chiqaradi. Uni tayyorlashda
mehnat sig‘imi va ishchilarning tegishli toifalar (razryadlar) bo‘yicha soatlik
stavkalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Ko‘rsatkichlar
Toifalar
1
2
3
4
5
Mahsulot ishlab chiqarishda
mehnat sarfi, norma-soat
300
600
900
400
270
O‘rtacha soat stavkasi, so‘m
41,8
45,5
50,3
55,7
62,8
Ish haqining soat fondigacha bo‘lgan tarif fondiga qo‘shimcha to‘lovlar –
20%, Ish haqining kundalik oylik fondigacha soat fondiga qo‘shimcha to‘lovlar –
3%, oylik (yillik) maosh fondigacha kundalik fondga qo‘shimcha to‘lovlar – 7%.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Korxonaning asosiy ishchilariga soatlik, kundalik va oylik maosh
fondlarini hisoblab chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |