26
2-topshiriq.
Yengil sanoat tarkibiga kiruvchi tarmoqlarni yozing va quyidagi
katakchalarni to‘ldiring.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat sohalari qanday shakllanadi?
2. Davlatning iqtisodiyot, jumladan, sanoat sohasidagi tarkibiy o‘zgarishlarga
tegishli siyosatining mohiyati nimada?
3. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash deganda nimalar tushuniladi?
4. Tarmoq va tarmoq tuzilmasi tushunchasi nimani anglatadi?
5. Tarmoqlarning iqtisodiy guruhlanishi.
6. Tarmoqning rivojlanish sur’atlarini aniqlanishing qanday usullari mavjud?
4-MAVZU. SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI
Reja:
27
1.4.Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida
2.4.Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari
3.4.Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi
4.4.Boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Uslubiy ko’rsatmalar
Har qanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona harakat
qila olmaydi va rivojlanmaydi. SHu tufayli ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida jamiyat
o‘ziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi.
Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U.
Teylor tomonidan
asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay
usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati», - deb ta’rif bergan.
Boshqaruv - shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa (haloyiq
yoki to‘da) samarali va aniq maqsadga yo‘naltirilgan unumli (barakali) guruhga
aylantiriladi.
Boshqaruv - ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir ko‘rsatishni
o‘zida ifoda etuvchi ijtimoiy faoliyatning bir turidir.
Boshqaruv - muayyan axborotga asoslangan
va mavjud dasturga muvofiq
ob’ektning ishlashini, ya’ni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar
majmuasidir.
SHuningdek, mashhur fransuz olimi Anri Fayol ham boshqaruvga quyidagicha
ta’rif beradi: «Boshqaruv - bu, korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal (eng
ko‘p - A.O.) foyda olgan holda uni maqsad sari etaklash faoliyatidir».
Demak, boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon
hisoblanadi.
Makroiqtisodiy sohaning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatni boshqarish zaruriyati
to‘g‘risida so‘z yuritilganda yuqoridagi ta’riflarni yanada kengaytirish va mazmunan
boyitish zarurati yuzaga keladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni, jumladan, uning eng yirik va yetakchi sohasi bo‘lgan
sanoatni boshqarishning ob’ektiv zaruriyatini izohlab shuni aytish kerakki,
yirik
miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilinayotgan mehnat,
ishlab chiqarish ko‘proq yoki kamroq darajada boshqarilishga muhtojdir.
Boshqaruv ilmi (menejment)da boshqaruvning ikki xil tushunchasi mavjud bo‘lib,
ularning birini boshqaruvning sub’ekti va ikkinchisini boshqaruvning ob’ekti tashkil
etadi.
Boshqaruv sub’ekti - jismoniy yoki yuridik shaxslar bo‘lib, undan amaldagi
qonunlar asosida hokimiyat idoralari tomonidan berilgan
vakolatlarga muvofiq
huquqiy ta’sir yuzaga keladi.
Boshqaruv ob’ekti - boshqaruv sub’ektining huquqiy ta’siri qaratilgan narsadir.
Bunga ishlab chiqarish va xo‘jalik tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jismoniy va
yuridik shaxslar kirishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, u holatda ham, bu holatda ham insonlarni boshqarish ularning
o‘zi tomonidan amalga oshiriladi. Faqat kishilar, ularning faoliyati, jumladan,
mahsulot ishlab chiqarish, xo‘jalik va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyatlari
boshqaruvning predmeti, ya’ni hozirgi zamon menejmentining asosi
28
hisoblanadi. Boshqaruvning sub’ekti va ob’ektisiz menejment fan va xo‘jalik tajribasi
sifatida o‘z mazmun va mohiyatini yo‘qotadi.
Albatta, minglab kishilar ishlaydigan sanoat ham bu tushuncha va mulohazalardan
xoli emas. Ayniqsa sanoat ishlab chiqarishida «sub’ekt» va «ob’ekt» tushunchalari
boshqa tarmoqlarga nisbatan xiyla ravshanroq ko‘rinadi. Bunda vazirlik, kompaniya va
aktsiyadorlik
jamiyatlaridagi boshqaruvchilar korxonadagi
boshqaruvchilarga,
korxonadagi boshqaruvchilar
esa tsex, uchastka boshqaruvchilariga rahbarlik qiladilar.
Har qanday boshqaruv o‘z maqsadi va vazifalariga ega. Maqsad - bu, inson
faoliyatining avvaldan fikran o‘ylangan natijasidir. SHunga binoan, boshqaruvning
maqsadi deganda, boshqaruv sub’ektining oldindan o‘ylangan, mo‘ljallangan, erishish
zarur bo‘lgan natijasi tushuniladi.
Sanoatda esa, maqsad - ko‘p va sifatli,
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni o‘z vaqtida sotish hamda
mo‘ljallangan foydani olishdir.
Har qanday maqsadga ma’lum talablar qo‘yiladi. Dastavval, maqsad ilmiy va
amaliy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, u aniq, yaxshi ifodalangan va
adresli bo‘lishi zarur.
Uchinchidan, qo‘yilgan maqsad erishimli bo‘lishi, ya’ni unga
etishishning imkoniyatlari, shart va sharoitlari hisobga olingan bo‘lishi kerak.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajarish zarur. Ma’lumki,
vazifa - bu, avvaldan belgilangan, aniqlangan, ko‘rsatilgan, bajarilishi va hal etilishi
lozim bo‘lgan ish, narsadir.
Sanoat ishlab chiqarishida boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat:
-kelajakni aniq ko‘rmoq (istiqbolni to‘g‘ri bashorat qilish va unga monand
bo‘lgan faoliyat dasturini tuzish);
-tashkillashtirmoq (sanoatning ichki, moddiy va ijtimoiy tuzilmasini barpo etish);
-personalni idora qilmoq (sanoat ishlab chiqarish xodimlarini harakatga keltirish);
-kelishish (harakat va tirishqoqlikni bir-biri bilan uyg‘unlashtirish);
-nazorat qilish va kuzatish (joriy etilgan va berilgan buyruq asosida harakatning,
ya’ni faoliyatning qanday tarzda bo‘layotganini mushohada qilish).
Boshqarish jarayonida oldindan ko‘ra bilish nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Barcha jarayonlarni kuzatib, ularning o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish, ish bajarish
yoki xizmat ko‘rsatish boshqarilib turiladi. Masalan, mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj, narx-
navo, texnika va texnologiyalar o‘zgarishi, ish haqi va ijtimoiy
muhofazaning holati
ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun vaziyatga qarab kerakli
o‘zgarishlarni zudlik bilan amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Boshqaruv tamoyillari deganda, rahbarlik qilishning fundamental qoidalari
tushuniladi. Ular iqtisodiy qonunlar harakati va boshqarish usullari bilan bog‘liq
bo‘lgan voqeliklarning mohiyatini aks ettiradi.
Boshqarish mexanizmini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: