«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 0,67 Mb.
bet9/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#813930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5248957666486652701 (2)

2019-yil uchun soliq stavkalari14
Avvalgi yillarda bojxona boji, lombardlar uchun soliq to’lovlari, qimmatli qog’ozlar bozorida faoliyat yurituvchi shxslardan olinadigan summalar, aksiz solig’i stavkasi biroz yuqori edi. Lekin 2019-yilga kelib ushbu soliq stavkalari sezilarli darajada pasaydi. Bu esa aholini tadbirkorlik bilan shug’ullanishiga yanada keng yo’l ochilganinig isboti hisoblanadi.
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o’ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. Nodiskretsion fiskal siyosat — davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat o’rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan barqarorlashtirgichlari ro’lini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi.
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy budjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Davlat budjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chiqarish;
3. Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko’paytirish.
Davlat budjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini ko’paytirish inflyasiyaga olib keladi. Budjet taqchilligi asosan noinflyasion usullar bilan, ya’ni davlat obligasiyalari chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar hisobiga moliyalashtirilmoqda. Respublikamizda o’tkazilayotgan soliq-budjet siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlab turish, ustivor tarmoqlarni investisiyalash, ta’lim sohasini jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda.
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini, uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin. To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat budjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida budjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko’pincha davlat budjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda budjetning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo eadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun budjet shu miqdordagi daromadlarga ea bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Budjet daromadlari va xarajatlarining tengligi budjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda budjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda budjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday budjet profitsitli budjet deyiladi.
Aksincha, ba’zi hollarda esa budjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, budjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital qo’yilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
Budjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo’lish qabul qilingan: 1) ichki manbalar; 2) tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
• mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
• davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
• davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardan o’sgan qismi summasi;
• budjet mablag’larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi;
• va boshqalar.
Budjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari. Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar. Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
• qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi shartnomalar;
• o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;
• va boshqalar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi;
• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi;
• mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi; • va boshqalar.
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.
Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir. Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq keng ko’lamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan oqilona qarz siyosatining natijasidir15. Soliqli metodlar uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i va boshqa soliqlar kiradi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish