2018 va 2019-yillarda daromad solig’i va sug’urta badalining oylik maoshga ta’siri12
Ushbu sur’atda ko’rinib turibdiki, o’rtacha 3 mln. so’m oylik oladigan kishining sug’urta badali va daromad solig’i miqdorlari hamda qo’lga tegadigan summalar aks ettirilgan. 2018-yilda oylik moshdan daromad solig’i – 481230 so’m miqdorida ushlab qolingan edi. Bu esa aholini noroziligini keltirib chiqargan edi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “biz birinchi navbatda aholini rozi qilishimiz zarur”. Shu tarzda aholidan olinadiga daromad solig’i – 12 % ga tushirildi va aholi bundan xursand bo’ldi13. 2019-yilda esa daromad solig’i 360000 so’mni tashkil etadi. Qo’shimcha qilib, 2018-yilda 240000 so’m sug’urta badali to’lanar edi 2019-yilga kelib ushbu badal olib tashlandi. Oylik maoshning qo’lga tegishi 2018-yilda 2278770 so’m bo’lgan, 2019-yilda esa 2640000 so’mga teng bo’ldi. Bularning barchasi aholi turmush farovonligini oshirish, daromadlarni ko’paytirishga qaratilgan ishlardir.
Davlat budjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat budjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat budjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat budjetining daromadlari o’zining yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Budjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Budjet daromadlari o’zlarining iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’ektiv bo’lib, ular davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning o’ziga xos funktsiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi. Davlat budjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (budjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti (budjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |