8
Xodimning ish vaqti quyidagi ikki guruhga: ish vaqtiga va tanaffus vaqtiga
bo„linadi. Ish vaqti o„z navbatida ishlab chiqarish topshirig„ini bajarish uchun
sarflanadigan vaqtga va ishlab chiqarish topshirig„ini ko„zda tutilmagan ishlarni
bajarish uchun sarflanadigan ish vaqtiga bo„linadi.
Ishlab chiqarish topshirig„ini bajarish vaqti mazkur buyumni tayyorlash uchun
texnologik jarayonda ko„zda tutilgan operatsiyalarni va ishlarni bajarish vaqti bilan
bog„liqdir. Bu xildagi vaqt norma belgilanishi lozim bo„lgan vaqt bo„lib,
u vaqt
normasi tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish topshirig„ini bajarish uchun kerakli vaqt
unumli ish vaqtiga kiradi.
Ishlab chiqarish topshirig„ida ko„zda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ish vaqtiga
va unumsiz ish vaqtiga bo„linadi.
Tasodifiy ish vaqtiga mazkur ijrochi uchun ishlab chiqarish topshirig„ida
ko„zda tutilmagan, ammo ishlab jarayonida shuni qilish zarur bo„lib qolgan ishlar
kiradi.
Unumsiz ishga texnologik jarayonda ko„zda tutilmagan, ammo uning
bajarilishi mahsulot ishlab chiqarishni ko„paytirishga yoki uning sifatini yaxshilashga
xech qanday yordam bermaydigan operatsiyalar kiradi. Masalan, turli zagatovkalarda
ishlov berishda ortiqcha pripusklarni olib tashlash, bundan
oldingi operatsiyalarda
yo„l qo„yilgan yoki mazkur ishchining aybi bilan sodir bo„lgan braklarni tuzatish
noto„g„ri yig„ilgan uzelni ajratish va qaytadan yig„ish, ishchining zagatovkani,
asbobli, moslamalarni olishga ketishi, masterni qidirib yurishi va x.k. ana shunday
unumsiz ishlar jumlasiga kiradi. Ishlab chiqarish topshirig„i bilan nazarda tutilmagan
ishlarga sarflanmaydgan vaqt normallashtirilmaydigan ish bo„lib, unga norma
belgilanmaydi va normaga kiritilmaydi.
Tanaffus vaqti – bu jihozlarning turli sabablar bilan ishlamasdan bo„sh
turib
qolishidir.
Uni
normallashtirilgan
tanaffuslarga
va
normmallashtirilmagan
tanaffuslarga bo„linadi.
9
Normallashtirilgan tanaffus vaqti – bu jihozni ishga tushirish bilan bog„liq
bo„lgan tanaffus, asbob-uskunani tayyorlashi, amaldagi texnologiya va ishlab
chiqarish jarayonini tashkil qilish, bilan, ishchining dam olishi va shaxsiy ehtiyojlari
tufayli jihozlarni to„xtab qolishi bilan bog„liq bo„lgan tanaffuslardir.
Normallashtirilgan tanaffus vaqti bu tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli yoki
xodimning ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli jihozlarning ishlamay bo„sh
turib qolgan vaqtini o„z ichiga oladi. Tashkiliy-texnikaviy sabablarga jihozlarni
amalda texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalarida shartlab
qo„yilmagan butun bo„sh turib qolgan vaqti kiradi.
Xodimning ishlab chiqarish intizomini buzganligi
tufayli jihozlar ichida
tanaffuslar sodir bo„lib qolishiga ishga kechikib kelish, smena orxirida ishdan barvaqt
ketish, tushlik vaqtiga oldinroq ketib, kechikib kelish, smenada ish ketayotgan paytda
ustaning yoki brigadirning ruxsatisiz ish joyidan uzoqlashish, normada
ko„rsatilgandan ortiq dam olib o„tirish va h.k. kiradi.
Xodimning yoki jihozning ish vaqti sarfini bir ko„rib chiqqan klasifikatsiya
doirasida normallashtiriladigan va normallashtirimaydigan sarflarga bo„lish mumkin.
Normallashtiriladigan ish vaqti sarfiga norma bilan belgilangan doirada
topshirilgan ishni bajarish uchun zarur bo„lgan vaqt kiradi. Bunga: tayyorgarlik-
yakunlovchi vaqt, operativ vaqt ish joyiga xizmat ko„rsatish vaqti,
dam olish va
shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil
qilish ishlari bilan bog„liq bo„lgan tanaffus vaqtlari kiradi.
Normallashtirilmaydigan vaqt sarfiga ijrochining jihozning unumsiz, bo„sh
turib zoye ketgan vaqtlari kiradi, demak, bunday sarflar vaqt normasi tarkibiga
kiritilmasligi turgan gap.
Xodimning ish vaqti bilan jihozlardan foydalanish
vaqtini normallashtiriladi
va normallashtirimaydigan ish vaqtiga bo„lishdan maqsad ularni qanchalik unumli
ishlagan vaqti bilan bekor ketishga qarshi kurashmoq uchun buni vujudga keltiradigan
10
sabablarni bilish kerak. Bunday sabablar juda ko„p bo„lganligi uchun ularni bir-biriga
yaxshiroq, o„xshashroq guruhlarga – kategoriyalarga birlashtirish hamda har bir
kategoriyaning mazmuni tarkibini aniq Tariflab berish kerak bo„ladi. Foydali sarf
qilingan vaqt mazmuni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Ulardan ba‟zilari
normallashtirilgan vaqtning umumiy safida o„zining tutgan o„rnidan, ya‟ni
salmog„idan qat‟iy nazar foydali bo„ladi. Shuning uchun ham ularning salmog„i
qancha ko„p bo„lsa, ishchining mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo„ladi,
jihozlardan foydalanish samaradorligi shuncha ortib boradi.
Ba‟zi sarflar normallashtirilgan sarflarga kirsa ham, ularning ko„payib ketishi
mehnat samaradorligi va jihozlarning samarali ishlashini pasaytirib yuborishi
mumkin.
Ba‟zan bu xildagi vaqt sarfiga yo„l qo„yishga to„g„ri keladi, bunga sabab
jihozlarning
texnik xolati, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil
qilish ishlari yetarli darajada takomillashmagan bo„ladi yoki bo„lmasa bunga kishi
organizmining fiziologik va ruhiy hususiyatlari ham sabab bo„ladi.
Demak, bunday sarflarni cheklab qo„yish ishchining mehnat samaradorligini
oshirishga va jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi. Shuning uchun ish
vaqti sarfini klassifikatsiyalash uning asosiy guruhlarini
shunday kategoriyalarga,
ya‟ni tayyorgarlik-yakunlovchi, operativ, ish joyiga xizmat ko„rsatish, texnikaviy
jarayonlar bilan bog„liq bo„lib, reglamentga solingan dam olish va tanaffus vaqtlariga
bo„lishni taqazo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: