Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


EKSPORTNI MOLIYALASHTIRISH: EKSPORT OLDI KREDITLARI VA EKSPORT JARAYONLARINI SUG‘URTALASH



Download 0,98 Mb.
bet6/9
Sana11.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#351326
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BIZNES PORTNYOR AYIST AZIYA

EKSPORTNI MOLIYALASHTIRISH: EKSPORT OLDI KREDITLARI VA EKSPORT JARAYONLARINI SUG‘URTALASH


Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

Jahon savdo tashkilotining (JST) so‘roviga ko‘ra, eksport moliyalashtirishning yetishmasligi savdoni rivojlantirishdagi eng katta to‘siqlardan biri sifatida qayd etildi (WTO (2019)). Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes vakillari moliyaviy mablag‘larni olishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishlari o‘z isbotini topdi. Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha rad etilgan arizalarning 75 foizi mazkur korxonalarga tegishlidir.

Shu bois, har bir mamlakat o‘zining tashqi savdo siyosati bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqishda eksportni moliyalashtirish, shu jumladan eksport oldi kreditlari berish, eksport jarayonlarini sug‘urtalash hamda ushbu maqsadlarda davlat tomonidan eksport kredit agentliklarini tashkil etish va eksportni sug‘urtalash mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratadi.

Darhaqiqat, eksport qiluvchi firmalar eksport faoliyatlarini moliyalashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari, shuningdek eksport qilish jarayonlarida sug‘urtalash xizmatlariga murojaat qilish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi ularning eksport bozoriga kirish bo‘yicha qarorlariga hamda eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi (Berman va Héricort (2010)).

Savdoni moliyalashtirish mexanizmlari yaxshi ishlaydigan davlatlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tobora kengayib borayotgan global qiymat zanjiriga (Global Value Chain (GVC)) qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi hamda bandlik va mehnat unumdorligini oshirishga hissa qo‘shadi (Auboin va DiCaprio (2017)).

Aksincha, eksportni oldindan moliyalashtirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish imkoniyatlarining mavjud emasligi sababli eksportyorlar ishlab chiqarish uchun eng yuqori mavsumda yoki kutilmaganda buyurtma kelib tushganda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun etarli pul oqimi yo‘qligidan xavotirlanadi.

Savdo kreditlari olishdagi qiyinchiliklar tufayli narx va sifat jihatidan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib eksport qila oladigan kichik firmalar faqat ichki bozorda savdo qilishga majbur bo‘ladi va raqobatdosh importga nisbatan “himoyasiz” bo‘lib qoladi (Hans-Peter Brunner (2015)).

Bundan tashqari, tashqi moliyalashtirish xarajatlarining yuqori bo‘lishi raqobatdosh firmalarning eksportiga to‘sqinlik qiladi (Manova (2012)). Global qiymat zanjirida (GVC) ishtirok etuvchi firmalar kredit olish imkoniyati cheklangan bo‘lsa, bu ularning GVCda yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarilish imkoniyatlarini cheklaydi (Manova va Zhihong (2012)).

Odatda eksport qiluvchilarning eksport faoliyatlarini moliyalashtirishda qiyinchiliklarga uchrashi moliya va kapital bozorining yetarlicha rivojlanmaganligi, ushbu bozorlarda raqobatning nomukammalligi va ma’lumotlarning teng taqsimlanmaganligi bois bozor muvaffaqiyatsizligi (market failure) bilan izohlanadi. Bunday bozor muvaffaqiyatsizliklari davlat tomonidan moliya va kapital bozoriga oqilonalik bilan aralashuvga asos bo‘ladi.

Shuning uchun eksportga asoslangan iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan borgan mamlakatlar eksport qiluvchi korxona va tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida eksport kredit va sug‘urta agentliklarini tashkil etishgan. Ushbu mamlakatlarda davlat aralashuvi ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirib, ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirgan hamda iqtisodiyotning optimal ishlab chiqarish darajasigacha ko‘tarilishiga xizmat qilgan.

Ushbu maqolada eksportni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashda savdoni moliyalashtirish, xususan eksport oldi kreditlari va sug‘urta xizmatlarining roli borasida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga, bozor muvaffaqiyatsizligi sababli eksport faoliyatini kreditlashdagi qiyinchiliklarni davlat tomonidan eksport kredit agentliklarining tashkil etilishi orqali bartaraf etish bo‘yicha jahon tajribasi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, hozirgi kunda O‘zbekistonda eksportni moliyalashtirish amaliyoti hamda yangi tashkil etilayotgan Eksport-kredit agentligi va Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ishlash mexanizmlari tushuntiriladi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish