Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


“BIZNES PORTNYOR AYIST AZIYA” DA XALQARO TAJRIBALARNI O’RGANISH



Download 0,98 Mb.
bet8/9
Sana11.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#351326
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BIZNES PORTNYOR AYIST AZIYA

“BIZNES PORTNYOR AYIST AZIYA” DA XALQARO TAJRIBALARNI O’RGANISH


Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) davlatlarining bozor muvaffaqiyatsizliklarini bartaraf etish bo‘yicha tajribalariga nazar soladigan bo‘lsak, mazkur mamlakatlar eksport qiluvchi kompaniyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususan eksport oldi kreditlari berish, xorijiy bozorlarni topish, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati masalalarida ko‘maklashish, xalqaro tovarlar ko‘rgazmalari hamda savdo yarmarkalarini tashkillashtirishga yordam ko‘rsatish maqsadida eksport-kredit agentliklarini tashkil etishgan.

Masalan, Kanadaning eksport kredit agentligi – Export Development Canada (EDC) 1944 yildan beri kanadalik eksportyorlar va investorlarga 200ga yaqin xalqaro bozorlarda bizneslarini kengaytirishga yordam berib kelmoqda. EDCning mahsulot va xizmatlari xaridor davlatdagi tijoriy va siyosiy xavflarni sug‘urtalash, Kanada kompaniyalari va ularning mijozlari uchun moliyalashtirish xizmatlari, obligatsiya yechimlari hamda xalqaro bozorlardagi imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

2018 yilda EDC tomonidan eksportyorga ajratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar hajmi 27,1 mlrd. dollarni tashkil etdi. EDC o‘zi eksport qiluvchilarga kreditlar berish bilan birga tijorat banklarini ham Kanada eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘proq kredit berishga rag‘batlantirish uchun bank kreditlarini kafolatlaydi.

Shuningdek, EDC Kanadaning dunyoning yirik iqtisodiyotlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Masalan, mazkur agentlik 2018 yilda Xitoyga eksport qiladigan yoki investitsiya kiritadigan 1000 ta Kanada kompaniyasining 600 dan ortig‘ini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi.

AQSh rasmiy eksport kredit agentligi AQSh Eksport-import banki (Ex-Im Bank) 1934 yilda tashkil etilgan. Ex-Im Bankning asosiy vazifasi AQShda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni xalqaro xaridorlarga sotishni moliyalashtirish orqali ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolishdir.

AQSh eksportini qabul qiluvchi davlatlardagi siyosiy yoki tijoriy risklar sababli xususiy tijorat institutlari eksport qiluvchi tashkilotlarga kredit bera olmagan yoki kredit berishni istamagan sharoitda, Ex-Im Bank eksport operatsiyalarini moliyalashtirish yoki sug‘urta qilish (kredit kafolatlari, sug‘urta qoplamasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish yoki aylanma mablag‘larni kafolatlash ko‘rinishida) choralarini ko‘radi. Bu alohida bir kompaniya uchun xalqaro bozorlarda savdo qilish xavfini kamaytiradi va bu bilan AQSh eksportini rivojlantirishga yordam beradi.

Germaniyada 2008 yil 1 yanvardan boshlab KfW IPEX-Bank Germaniya Federativ Respublikasi va KfW nomidan ERP eksportni moliyalashtirish dasturini (The ERP Export Financing Programme) boshqarib keladi.

ERP eksportni moliyalashtirish dasturi rivojlanayotgan mamlakatlarga Germaniya eksportini kreditlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu dastur doirasida Germaniyaning ishonchli banklari xorijiy xaridorlarga va xaridor mamlakatdagi banklarga OECD tomonidan belgilangan minimal foiz stavkasida (CIRR - Commercial Interest Reference Ratekreditlar berishi mumkin.

Xorijiy xaridor odatda Germaniyaning yuqori qo‘shilgan qiymatli tovar va xizmatlarini sotib olish uchun qarz kapitaliga ehtiyoj sezganligi sababli KfW IPEX-Bank tomonidan berilgan kreditlar nemis eksportyorlari uchun o‘z mahsulotlarini sotishni osonlashtiradi.

Shuningdek, rivojlangan davlatlarning o‘z eksportlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tajribasini ularning eksport kredit agentliklarining xaridor kreditlari O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelganligida ko‘rish mumkin. Xususan, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkor davlatlarida (Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya) eksport kredit agentliklari hisoblangan banklar o‘z davlatlarida ishlab chiqarilgan tovar, asbob-uskuna va xizmatlarni O‘zbekistonga eksportini moliyalashtirish uchun kreditlar taqdim etib kelmoqda.

Masalan, Koreya Eksimbanki mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillariga Koreyada ishlab chiqarilgan tovar, texnika-texnologiya va xizmatlarni sotib olishni (shartnoma qiymatining 85 foizgacha) moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalarini taklif etib kelmoqda. Shuningdek, Germaniyaning Landesbank Baden Vurtemberg, Kommerzbank AG, AKA moliya tashkilotlari, Turkiya Eksimbanki, Xitoyning Xitoy davlat taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlakatimizda xuddi shunday kredit turlarini taqdim etmoqda.

O‘zbekistonning ikkinchi eng yirik savdo hamkori Rossiya Federatsiyasida “Rossiya Eksport Markazi” OAJ xom-ashyo bo‘lmagan mahsulotlarni eksport qiluvchilarga keng ko‘lamli moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat instituti hisoblanadi. Eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalarga kompleks xizmatlarni taqdim etish uchun resurslarni optimallashtirish va samarali biznes jarayonlarini yaratish maqsadida Rossiyaning eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash agentligi (("EXIAR" OAJ) hamda "ROSEKSIMBANK" OAJ “Rossiya Eksport Markazi” guruhiga birlashtirilgan.

2019 yildan “Rossiya Eksport Markazi” o‘z guruhiga kiruvchi "ROSEKSIMBANK" OAJ orqali davlat tomonidan eksportni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi – eksport kreditlarini subsidiyalashni boshladi. "ROSEKSIMBANK" OAJ tomonidan moliyalashtirilgan birinchi mijoz Rossiyaning dunyodagi 30 dan ortiq mamlakatlarga o‘z mahsulotlarini yetkazib beradigan eng yirik avtomobil kompaniyasi “AvtoVAZ” OAJ bo‘ldi. “Rossiya Eksport Markazi” tomonidan eksport kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini subsiyadiyalanishi “AvtoVAZ” OAJga eksportni moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirib, xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga imkon bermoqda.

Buning natijasida “AvtoVAZ” OAJning 2019 yildagi eksport savdosi qariyb 50 mingta avtomobilga yetdi, bu esa 2018 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 23 foizga ko‘proqdir. Eng yirik eksport bozorlari Belarusiya (16 ming), Qozog‘iston (15 ming) va O‘zbekiston (6,6 ming) bo‘ldi. O‘zbekistonda Lada rusumidagi avtomobillar savdosi 2018 yilga (2,6 mingta) nisbatan 2,5 barobar oshdi.


O‘ZBEKISTONDA EKSPORT FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH


O‘zbekistonda ham 2020 yil va undan keyingi 5 yillikda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, yangi xalqaro bozorlarga chiqish va eksport hajmini ko‘paytirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi. Ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish 2025 yilga borib Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmini 100 mlrd. AQSh dollariga yetkazishga katta hissa qo‘shadi.

Shuning uchun, yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham eksport hajmini oshirishda eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda eksport qiluvchi kompaniyalarning eksport faoliyatlarini moliyalashtirishning yagona manbai bank kreditlari bo‘lib qolmoqda. Tijorat banklari tomonidan savdo kreditlari bilan bir qatorda aylanma mablag‘larini to‘ldirish (xom-ashyo va materiallar, butlovchi qismlar va eksport faoliyati bilan bog‘liq shu kabi xaridlarni moliyalashtirish) uchun qisqa va uzoq muddatli kreditlar va kredit liniyalari taklif etilmoqda.

Masalan, 2018 yildan boshlab “O‘zsanoatqurilishbank” va Tojikistonning “Oriyon” banklari tomonidan O‘zbekistondan Tojikistonga tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirish uchun kreditlar taqdim etib kelinmoqda.

Shunga qaramasdan, tijorat banklarida moliyaviy resurs bazasining yetishmasligi tashqi savdoni kreditlash imkoniyatlarini cheklamoqda. Shuning uchun, moliyaviy to‘siqlarning mamlakatimiz eksport salohiyatiga ta’sirini yumshatish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlaridan moliyaviy mablag‘lar jalb qilinmoqda. Xususan, 2019 yilning so‘nggi choragida paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirish uchun Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasining 100 mln. AQSh dollarigacha miqdordagi kreditlari jalb qilindi.[1]

Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Savdoga ko‘maklashish dasturi doirasida 20 mln. AQSh dollari qiymatidagi kredit liniyasi orqali O‘zbekistondagi eksportyor va importyorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xalq banki tomonidan O‘zbekistonda savdo hajmini kengaytirish hamda moliyalashtirish maqsadida Polshaning «Gospodarstwa Krajowego banki»dan 20 million yevro miqdorida va O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma banki «Aziya-Invest Bank» aksiyadorlik tijorat bankidan 4 mln. AQSh dollari miqdorida kredit olindi.

Shunday bo‘lsada, tijorat banklarida savdo kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari va garov ta’minoti miqdorining yuqoriligi hamda kredit shartlarining murakkablikligi sababli ko‘plab eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar uchun eksport faoliyatlarini moliyalashtirishda qiyinchiliklar saqlanib qolmoqda.

Jahon banki tomonidan 2019 yil fevral-sentyabr oylarida O‘zbekistondagi 1239 ta korxona va firmalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, firmalarning faqatgina 22,2 foizida bank krediti/kredit liniyalari mavjud. Mazkur firmalarning 23,7 foizi aylanma mablag‘larini moliyalashtirishda bank kreditlaridan foydalanadi. Kredit olish uchun zarur bo‘lgan garov qiymati kredit summasining 166,1 foizini tashkil etadi.[2]

Mazkur omillarni hisobga olib joriy yilda mamlakatimizda eksportyorlarga kafillik beradigan va eksport faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplaydigan – Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda eksportni oldindan moliyalashtirish vazifalarini bajaruvchi – Eksport-kredit agentligi tashkil etiladi. Ya’ni, mamlakatimizda eksportyorlar uchun bank kreditlaridan tashqari eksportni moliyalashtirishning yangi imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, 2020 yil boshida eksportni sug‘urta bilan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatish maqsadida “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasining faoliyati yanada takomillashtirildi.[3] 2019 yilda tijorat banklarining kreditlari, shu jumladan eksport oldi kreditlari bo‘yicha davlat tomonidan kafillik berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.[4]

Yangi tashkil etiladigan Eksport-kredit agentligi tomonidan amalga oshiriladigan moliyalashtirish turlaridan biri – eksport qilinadigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish (eksportyorlarga eksport oldi kreditlar berish) bo‘ladi. Mazkur agentlik tomonidan eksportni oldindan moliyalashtirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi (1-rasm):



  • 1) eksportyor xalqaro bozorda biznes rejalarini amalga oshirish, shu jumladan ishlab chiqarish texnika-texnologiyalari va asbob-uskunalarini sotib olish, aylanma mablag‘larini to‘ldirish, chet ellarda filiallar ochish yoki ularni kengaytirish uchun eksport oldi kreditlari olish bo‘yicha shartnoma tuzadi; eksportyorga “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi va (yoki) Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan kafillik beriladi;

  • 2) Eksport-kredit agentligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash eksport qiluvchi tashkilot uchun to‘g‘ri tanlov ekanligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng eksport oldi kreditlari ajratadi;

  • 3) olingan kreditlar eksportyorga ko‘proq eksport shartnomalarini qabul qilish va ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkonini beradi va ushbu bosqichda, tovar va xizmatlar xaridorlarga yetkazib beriladi;

  • 4) xaridorlar belgilangan muddatlarda shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni inkassa hisobvarag‘iga o‘tkazadi;

  • 5) Eksport-kredit agentligi taqdim etilgan qarz va ular bo‘yicha foiz to‘lovlarini yig‘ib olgandan so‘ng, qolgan mablag‘larni eksportyor kompaniyaga o‘tkazadi.

Shuningdek, Eksport-kredit agentligi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishni xohlovchi xalqaro kompaniyalarga kreditlar berish orqali eksportyorlarni bilvosita qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday vaziyatda,



  • 1) Eksport-kredit agentligi xorijiy banklar va boshqa moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Dastlabki bosqichda eksportyor eksport shartnomasini va xorijiy mijoz to‘g‘risida kredit ma’lumotlarini taqdim etadi va Eksport-kredit agentligi ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • 2) Tekshiruv ma’qullangandan so‘ng, Eksport-kredit agentligi xaridorga kredit shartnomasini beradi va eksport qiluvchini ogohlantiradi;

  • 3) Eksportyorga to‘lov odatda Eksport-kredit agentligi xaridor tomonidan tasdiqlangan hisob-fakturani olgandan so‘ng amalga oshiriladi va agentlik xaridordan to‘lovlarni yig‘ish va qarzni boshqarish uchun javobgar bo‘ladi.

Bundan tashqari, eksport qiluvchi kompaniyalar tijorat banklaridan eksport oldi kreditlar olishlari mumkin. Bunda, mazkur kreditlar va eksport jarayonlari “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi yoki Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan sug‘urtalanadi. Shuningdek, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi eksportni moliyalashtirish, shu jumladan tashish xarajatlarining ma’lum bir qismi qoplashi mumkin.

XULOSA


Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi. Shuningdek, eksport faoliyatini moliyalashtirishda ba’zida bozor mexanizmining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkinligini hisobga olib davlat tomonidan Eksport kredit agentligi va Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tuzilishi eksportni rag‘batlantirishga hamda eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish