Bajardi: 62-19 I guruh talabasi Meliqo’ziyeva Barno Qabul qildi: To’ychiyeva O FARG’ONA 2022
Laboratoriya ishi
Mavzu. Meyorlashtirishda xronometraj kuzatuvining roli va ahamiyati Xronometraj deganda operativ ishlarning ayrim elementlari, usullari va harakatlarini bajarishga ketadigan ish vaqti sarfini kuzatish va o‘lchash yo‘li bilan operatsiyalarni o‘rganish orqali mehnatni ma’yorlash usuli tushuniladi.
Xronometraj o‘tkazish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1.Xronometrajo‘tkazishuchunishchinitanlash.
2.Xronometrajo‘tkazish.
3.Xronometraj o‘tkazishda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish.
4.Operatsiya elementlarining ratsional strukturasini loyihalashtirish.
5.Operatsiyaning texnikaviy me’yorini va ishlab chiqarishning texnikaviy me’yorini hisoblash.
6. Yangi texnikaviy asoslangan vaqt me’yorini joriy qilish va uzlashtirish tadbirlariniishlabchiqish.
Xronometraj o‘tkazish uchun ishchini tanlash. Ishchini tanlash xronometrajning maqsadiga bog‘liq. Agar operatsiya normalash yoki normativlar ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilsa mehnat unumdorligi barqaror ya’ni ishlab chiqarish ilg‘orlarining barqaror o‘rtacha ish natijalari darajasida bo‘lgan ishchilar talanadi. Agar xronometraj mehnatining ilg‘or uslub va usullarini o‘rganish, umumlashtirish va joriy qilish maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa ishlab chiqarish ilg‘orlari tanlanadi. Agar xronometraj vaqt me’yorining bajarilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkazilsa belgilangan me’yorlarni bajara olayotgan yoki uni bajarishda qiynalayotganishchilartanlanadi.
Xronometraj o‘tkazishda tayyorgarlik ko’rish. Bu bosqichda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Xronometraj o‘tkazilayotgan yoki tanlab olingan operatsiyaga, uni bajaradigan ishchiga va qo‘llaniladigan jihoz, asbob, moslamalarga muvofiq to‘liq tarif beriladi.
Bu tarif kuzatuvchi varaqasining birinchi betida keltiriladi. Shuningdek varaqaning shu betida ish o’rnini tashkil qilish va unga xizmat ko‘rsatish usullari, ish o’rnini tanlash, ish uchun kerakli bo‘lgan hamma narsalar bilan ta’minlanganligi, namunaviy loyiha va injenerlik jixatdan ta’minlash talablarga javob berishi ham o‘z aksinitopadi.Shu bilan birga ishning tashkil qilinishi va unga xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklaraniqlanadi.
2. Xronometraj o‘tkaziladigan operatsiyaning tarkibi, uni tashkil qiluvchi asosiy va yordamchi elementlar aniqlanadi. Operatsiyani bajarishdagi izchillik maqsadga muvofiqligihisobgaolinadi.Element deganda ishchining operatsiyaning bir qismini bajarishgaqaratilgantugallanganishitushuniladi.
3. Har bir elementning boshlanish va tamom bo‘lish nuqtalari belgilanadi. Bundan maqsad operatsiyaning har bir elementining qancha vaqt davom etishini to‘g‘ri aniqlash keraksiz ortiqcha harakatlarni barataraf qilishdir. Buning uchun operatsiyaning ketma-ket bajariladigan ish usullari orasidagi chegaralarni belgilash zarur.Ular ish usulini yoki harakatning boshlanishi va tamom bo‘lishidagi oraliqni aniq belgilash uchun xizmat qiladigan paytlarni qayd qilish nuqtalaridir.
4. Xronometraj o‘tkazish maqsadiga ko‘ra o‘lchash usullari tanlab olinadi. Amalda uch xil o‘lchash usuli qo‘llaniladi:
a) uzluksiz usul (joriy vaqt);
b) tanlab o‘tkaziladigan usul (ayrim hisoblashlar yo‘li bilan) siklli o‘lchash usuli.