Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishida ishlab
chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlili bo’yicha keltirilgan xulosa
hamda takliflardan Respublikamiz xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida ishlab
chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlilini tashkil etish va amalga
oshirishda foydalanish hamda bitiruv malakaviy ishidagi ko’pgina nazariy
qoidalarni o’rta maxsus o’quv yurtlarida “Buxgalteriya hisobi” va “Moliyaviy
tahlil” fanlarini o’qitish jarayoniga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati uning asosiy natijalarini respublikamiz
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish
hisobi va tahlilini yuritish bo’yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda qo’llash
mumkinligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari korxonalarda
ma’muriy-boshqaruv xarajatlari hisobi va tahlili jarayonini takomillashtirishda
axborotlarning to’liq, aniq va batafsil aks ettirilishini ta’minlaydi.
BMI tarkibining qisqacha tavsifi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi,
mazmunan bog’langan uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati va
ilovalardan iborat. Xususan, bitiruv malakaviy ishi mavzusining mohiyatini
ochib berishda buxgalteriya hisobi va auditga oid O’zbekiston Respublikasi
6
Qonunlari, Prezident asarlari, ilmiy maqolalar, chet el adabiyotlari va internet
ma’lumotlaridan keng foydalanilgan. Shu bilan birga bitiruv malakaviy ishi
mavzuga oid chizmalar, sxemalar va jadvallar bilan boyitilgan.
Ishning I bobida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab
chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlilining nazariy asoslari
xususida fikr yuritilgan bo’lib, unda korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan
foydalanishning ahamiyati, ular tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot
manbalari, ishlab chiqarish zahiralari hisobini tashkil etishning maqsadi,
vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslarining mohiyati aniq hamda ravon tilda
ochib berilgan. Malakaviy ishning II bobi ishlab chiqarish zahiralari hisobining
amaliy asoslari mavzuga oid etakchi mutaxassis-olimlar fikrlari hamda amaliy
misollar asosida o’rganilgan. Bitiruv malakaviy ishining III bobida korxonalar
Ishlab chiqarish zahiralari holati va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili
va uni mukammallashtirish yo’nalishlari nazariy va amaliy jihatdan talab
darajasida bayon etilgan.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishining natijalari bo’yicha korxonalarda
ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish hisobi va tahlilini takomillashtirishga
qaratilgan xulosalar qilinib, taklif va tavsiyalar umumlashtirilgan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |