Ishlab chiqarish xarajatlari



Download 0,56 Mb.
bet2/3
Sana26.11.2022
Hajmi0,56 Mb.
#873223
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu.-Ishlab-chiqarish-xarajatlari-21

-davr xarajatlari:
  • Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar:
  • - tovarlarni tashish xarajatlari;
  • - savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari;
  • Ma’muriy xarajatlar:
  • - boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari;
  • - ularga sug’urta ajratmalari;
  • - xizmat avtomobillarini asrash;
  • - boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi va h.k.
  • - boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi;
  • - xizmat safari xarajatlari.
  • Boshqa operasion xarajatlar:
  • - kadrlar tayyorlash;
  • - qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish;
  • - maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati to’lovlari va h.k. -moliyaviy faoliyat xarajatlari:
  • - banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar;
  • - uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar;
  • - valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar;
  • - korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari. -favqulodda zararlar:
    • - bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi.
    • Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat mill iy hisoblar tizimiga mos keladi.
    • Davr xarajatlari - korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.
    • Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
    • Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masal an, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi.
    • Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.
    • Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
    • Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
    • 1. Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
    • 2. Yordamchi va boshqa materiallar;
    • 3. Yoqilgi;
    • 4. Energiya;
    • 5. Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
    • 6. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
    • 7. Asosiy fondlar amortizasiyasi;
    • 8. Boshqa pul xarajatlari.
    • Bundagi 1-4 - elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 - elementlar kishi mehnati uchun, 7 - element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini ifodalaydi. 8 - element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul xarajatlaridir
    • (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar).
    • Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi xarajatlar klassifikasiyalanadi.
    • Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shil adi.
    • Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi.
    • Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).
    • Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda qandaydir to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisb atan proporsional ravishda taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma xarajatlar ham o’sha mahsulot tannarxiga kir adi. Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlaridan biri o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bo’lishidir. Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham lekin iste’mol xususiyati o’zgarmagan mahsulotlar kiradi.

    • Download 0,56 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish