Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish. Ishlab chiqarish xonalarini shamollatish deb xonadagi iflos havoni haydab, o‘rniga toza havo uzatuvchi tashkillashtirilgan va rostlanuvchi havo almashish tushuniladi. Shamollatish qurilmalari havo almashish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy (mexanik) turlarga bo‘linadi.
Tabiiy havo almashinish xona tashqarisi va ichidagi havo bosimi orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Tabiiy shamollatish qurilmalarida havo almashish samaradorligini oshirish maqsadida deflektor (deflegmator)lardan foydalaniladi.
Ishlab chiqaish xonalariga havo shamollatish kanallari orqali mexanik vositalar asosida uzatilsa yoki chiqarilsa, bunday havo almashish tizimi mexanik yoki sun’iy deb ataladi.
Mexanik havo almashish tizimi umumiy, mahalliy, aralash, avariyaga oid va havoni konditsionirlash kabi turlarga bo‘linadi.
Umumiy mexanik havo almashish tizimlari yordamida xonadagi ortiqcha issiqlik, namlik va zararli moddalar ish zonasining butun maydoni bo‘ylab toza havo bilan almashtiriladi.
Mahalliy havo almashish tizimi esa issiqlik, namlik yoki zararli moddalar ajralib chiqadigan manbaga o‘rnatiladi.
Aralash havo almashish tizimlarida umumiy va mahalliy shamollatish qurilmalari birgalikda qo‘llaniladi.
Avariyaga oid shamollatish qurilmalari ishlab chiqarish xonalarida qo‘qqisdan ko‘p miqdorda zararli yoki zaharli moddalar ajralib chiqish ehtimoli mavjud bo‘lgan holatlarda o‘rnatiladi.
Havoni konditsionirlash deganda xonaning mikroiqlim ko‘rsatkichlarini oldindan belgilangan miqdorlar darajasida avtomatik tarzda rostlash va saqlash tushuniladi.
Shamollatish qurilmalari xonaga toza havoni uzatish yoki havoni xonadan haydab chiqarish usuliga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: so‘ruvchi, haydovchi va so‘ruvchi-haydovchi.
Havo almashish tizimi samaradorligini baholashda havo almashish karraligi (K) tushunchasidan foydalaniladi. Havo almashish karraligi deb, ma’lum vaqt davomida xonaga kiruvchi toza havo miqdorini (L, m3/s) xona hajmiga (V, m3) nisbatiga aytiladi.
, (4.21)
Havo almashish karraligi bo‘lganda tabiiy havo almashish etarli hisoblanadi, agar bo‘lsa sun’iy (mexanik) havo almashish tizimlarini o‘rnatish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish
Tabiiy havo almashinish xona ichi havosi bilan tashqi muhit havosining bosimlari hamda zichliklari orasidagi farq asosida amalga oshiriladi.
Tabiiy havo almashinish qurilmalari ishlash xarakteriga ko‘ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Agar shamollatish qurilmalarida havo oqimi yo‘nalishini va miqdorini rostlovchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday shamollatish tizimi tashkillashtirilgan deb ataladi.
Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida tabiiy havo almashinish qurilmalarida deflektorlardan foydalaniladi. Ular shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi. Havo oqimi deflektor orqali o‘tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil bo‘ladi va buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.
Deflektorning diametri quyidagicha aniqlanadi
, (4.22)
bu erda Wd – deflektorning ish unumdorligi, m3/s; Vd – havoning deflektordagi tezligi, m/s. Hisob ishlarida Vd = (0,2 …0.4) Vx deb qabul qilish mumkin, bu erda Vx –havoning tezligi, m/s.
Shamollatish qurilmasining ish unumdorligi olingan natijalar asosida quyidagicha topiladi:
Wt = 3600 Vx · Sx.t, (4.23)
bu erda Vx – havoning tezligi, anemometr ko‘rsatishi asosida, m/s; Sx.t. – havo o‘tish tuynuklarining umumiy yuzasi, m2.
Sinov vaqti barqaror texnologik rejim davrida 1,5 2,0 soat bo‘lishi lozim.
Sanitar me’yorlar va qoidalarda xona ichining toza tashqi havosi bo‘yicha minimal sarfi quyidagicha belgilangan: yashash, turar joy xonalari uchun – 3 m3/soat 1 m2 yuza uchun, tabiiy shamollatishda; jamoat va ma’muriy – xo‘jalik xonalari uchun – tabiiy shamollatish bo‘lmagan holat uchun 1 kishi hisobiga-60-20 m3/soat, ishlab chiqarish xonalari uchun tabiiy shamollatish bo‘lgan holatlar uchun 30 – 20 m3/soat 1 kishi hisobiga, tabbiy shamollatish bo‘lmagan hollarda 60 – 120 m3/soat.
Do'stlaringiz bilan baham: |