2. Biologik tozalash qurilmasi.
Suvni tozalashda filtr material sifatida qum va kizelgur qo`llaniladi. Statik filtrlovchi muhitga nisbatan farqi (mas: material yoki forforga) granulalangan filtrlovchi material oson yuviladi. Kizelgur unchalik katta bo`lmagan filtrlardan mas: basseyn suvlarini tozalashda ishlatiladi. Sanoat filtri sifatida qum yoki shag`al qo`llaniladi, filtr qalinligi 600-1500 mm. Filtrni to`liq to`yintirish uchun siqilgan havo va suv aralashmasi aralashtiriladi, so`ngra toza qum kiritiladi.
Oqava suvni tozalashda sekin va tez filtrlash usuli qo`llaniladi. Sekin filtrlash uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda qo`pol filtrda yirik zarrachalar ajratiladi, filtrlash tezligi 1 m/s. Ikkinchi bosqichda perefiltrlar qo`llaniladi: bu yerda kolloidlardan boshqa barcha aralashmalar ajratiladi. Uchinchi bosqichda (tezlik 200 mm/s) bakteriyalar ta‘sirida kolloidlar yiriklashtiradi va ajratiladi, bir vaqtda filtrda boshqa kolloidlar ham adsorbtsiyalanadi. Bu bosqichda asosiy
bakterial membranani hosil bo`lishi muhim hisoblanadi. Bu holat filtrni yuvgandan bir necha kun keyin ham mavjud bo`ladi. Tez filtrlash usuli tezligi 20 m/s ni tashkil etadi. Bunday tezlikda kolloidlarni ajratib bo`lmaydi, shuning uchun ular suv filtrlash jarayoniga kelganda koagullanadi. Tez filtrlash usulida filtr 98 % SiO2 dan iborat; standart filtr zarrachalar o`lchami 0,3-1 mm ga teng, perefiltr zarrachalar o`lchami 2 mm. Keyingi vaqtda suv sig`imlariga suv bilan tushadigan azot va fosfor birikmalarini ajratishga muhim e‘tibor berilyapti, aksincha bu esa suv o`tlarini rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari nitrat zaharli hisoblanadi. Shuning uchun oqava suv birlamchi va ikkilamchi tozalangandan so`ng uchinchi tozalash bosqichiga yuboriladi.
2.1. Cho`kmani qayta ishlash.
Aerob va anaerob mikroorganizmlar oqova suvlarda uchraydigan organik materiallardan tozalash xususiyatiga ega. Achitqi, neftni qayta ishlash zavodlari, sut va pishloq ishlab chiqaruvchi korxonalar, kartoshka va kraxmalni qayta ishlovchi zavodlardan chiqadigan chiqindilarni anaerob jarayon yordamida tozalash bo'-yicha katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bujarayonda faol biologik komponentlar qayta ishlatiladi, qoldiq mahsulotlar kamayadi, sezifarli darajada noxush hidlar tarqalishi kamaytiriladi. Eng muhimi metan hosil bo'ladi.
Bulardan tashqari, kimyoviy zararlanish (biotsidlarning destruk-siyalanishi kabi)ning nazorat qilish uchun mikrob shtammlaridan foydalariiladi.
Pseudomonas turiga mansub bakteriyalarda oksireduktaza yoki gidroksilaza fermentlari bo'lib, ular yuqori toksik uglevodorodlar va aromatik birikmalarni parchalash xususiyatiga egadir. Pseudotnonas ning ayrim shtammlari tarkibida ushbu fermentlarni kodlovchi genlar plazmida tarkibida uchraydi. Bunday plazmidalarning 4 xili mavjud: OST (oktan va va dekanning parchalanishi), XYL (ksilol va toluolning parchalanishi), SAM (kamforaning parchalanishi) va NAH (naftalinning parchalanishi). SAM va NAH plazmidalari bakterial hujayralarai chatishtirib, o'zining o'tkazuvchan-ligini ta'minlaydi, qolgan plazmidalar esa bakteriyaga boshqa plazmidalar kiritilgandagina o'tkazilishi mumkin.
Kcyinchalik bu shtammlarning gibrid plazmidalari ohngan bo'lib, ular tozalanmagan neftda boshqa shtammlarga nisbatan uglevodorodlarai parchalash xususiyatiga egadirlar. Ular yordamida harorat va boshqa omillarni nazorat qilgan holda oqova suvlarni tozalash mumkin.
Ayrim mikroblar molekulalarda shunday o'zgartirish kirita-dilarki, hosil boigan molekulyar boshqa mikroblar yoki ulaming shtammlari ta'sirida yengil parchalanadilar. Bunday <Pseudomo-nasning 2 ta shtammi ta'sirida parchalanishi misolida ko'rsatib berishga erishganlar.
Toksik molekulaning kimyoviy o'zgarishining natijasi ulaming to'liq parchalanishi emas, balki detoksifikatsiyasi (zaharsizlanishi) hisoblanadi, bu jarayon molekulaning fosforillanishi, metillanishi, asetillanishi va boshqa jarayonlar orqali namoyon bo'ladi. Detoksiflkatsiyani katalizlovchi fermentlar plazmida tarkibidagi genlar bilan kodlanadi. Olimlar kuchli va ko'p ishlatiladigan gerbitsid — 2,4,5-T (2,4,5-trixlorfenoksisirka kislotasi)ni parchalovchi mikrob kulturasini olishga erishganlar. Ular tozalash stansiyalaridan bir nechta mikroorganizmlami ajratib olib, ularni organik birikmalarning plazmidasi tarkibida parchalovchi fermentlarni kodlaydigan gcni bo'lgan boshqa bakterial shtammlar bilan aralashtirganlar. So'ng aralashma faqatgina 2,4,5-T saqlangan muhitda xemostatda o'stirilgan. 10 oydan so'ng bakteriyalarning o'sish sur'ati 2,4,5-T ni parchalovchi bakteriyalar hisobiga tezlashgan.
Hozirgi zamon biotexnologiyasining, ayniqsa, ekologik biotexnologiya fanining eng dolzarb muammolaridan bin quyi parchalanuvchi zaharli moddalar va plastiklarni parchalash xususiyatiga ega bo'lgan mikroorganizm shtammlarini gen injenerlik metodlari yordamida yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish muammosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |