9.Ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo’llari
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1) ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
2) korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
Ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulotning ma’lum
turini yoki uning bir-birligini ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy sarflarning umumiy (jonli mehnat, moddiy va pul) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy zaruriy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
Sv = c + v + m,
bu yerda: Sv – ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – zaruriy mahsulot qiymati yoki ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qo‘shimcha mahsulot qiymati.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga shu korxona tomonidan qilinadigan barcha sarflar tushuniladi:
Pc = s + v.
Pc – ishlab chiqarish xarajatlari (tannarx).
10.Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’ratkiclari
Makroiqtisodiy tahlil makro darajada (mamlakat yoki jahon miqyosida) milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o‘zgarishi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Induksiya va deduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi.
11.Iqtisodiy o’sishning mohiyati, asosiy tavsifnomasi va modeli
Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko‘paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi o‘shanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Shu sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida so‘z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |