2.Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishni rejalashtirish - 2.Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishni rejalashtirish
- Mahsulot tannarxi auditining umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, mahsulot(ish, xizmat) bilan bog’liq dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va ahamiyatlilik darajasini aniqlash, mahsulot tannarxini auditi bo’yicha dasturni tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga takdim etish va xokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim
3..Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur: - 3..Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
- - kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish xollarida) va haqiqiy mexnat xarajatlari;
- - ahamiyatlilik darajasi;
- - auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;
- - auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;
- auditorlik guruxining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xujalik faoliyati bilan tanishtirish ;
- - auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;
- - auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.
4. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi: - 4. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:
- Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib tashlangan holda);
- Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
- Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
- Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi;
- Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |