Reja:
Auditorlarning turlari.
O’zbekiston Respublikasida korxonalar auditini litsenziyalash tizimi.
O’zbekiston Respublikasi korxonalar auditi sohasida auditorlarni sertifikatlash tizimi va xalqaro auditorlik malaka sertifikatlari.
1. Auditorlarning turlari.
Buxgalteriya keng tarmoqli bo'lgani sababli buxgalteriya bo'yicha mutaxassislar turli sohalarda faoliyat yuritadilar. Bu sohalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Soha
|
Vazifa
|
Asosiy talablar
|
Auditorlik
|
Mustaqil auditorlik tekshiruvini o‘tkazish; soliq bo'yicha maslahat xizmati ko'rsatish
|
Buxgalteriya sohasida oliy ma’lumot; Ish tajribasi, Auditorlik malaka sertifikati
|
Xususiy buxgateriya
|
Xizmat ko‘rsatuvchi, savdo va ishlab chiqarish korxonalaiida buxgalteriya hisobini yuritish
|
Buxgalteriya sohasida oliy ma’lumot; Ish tajribasi
|
Budjet muassasalari buxgalteriyasi
|
Davlat: viloyat; mahalliy boshqaruv va xizmat ko'rsatuvchi idoralarda buxgaleterya hisobini yuritish
|
Buxgalteriya sohasida oliy ma’lumot; Ish tajribasi
|
Buxgalteriya sohasida pedagogik faoliyat
|
Oily va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ma’ruza va seminar mashg'ulotlarni o'tkazish
|
Buxgalteriya sohasida oliy ma'lumot
|
Yuqorida keltirib o'tilgan sohalar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Misol uchun, auditor bir vaqtning o'zida buxgalterlik faoliyalini ham yuritishi va universitetda buxgalteriya sohasida pedagogik faoliyat ham olib borishi mumkin. Ammo bizning bosh mavzuyimiz yuqoridagi jadvalda dastlabki bo‘lgan audit sohasi bo'yicha bo‘ladi.
Audit umumiy tushuncha bo‘lib, u tekshirilayotgan subyektda yuritiladigan buxgalteriya hisobi xususiyatiga ko‘ra bir necha tarmoqlaiga bo‘linadi. Misol uchun, rivojlangan davlatlarda audit quyidagi yo‘nalishlarga ajralgan:
- korxonalar auditi (Umumiy audit);
- bank muassasalari auditi;
- sug‘urta auditi;
- birja auditi;
- budjetdan tashqari fondlar auditi;
- investitsion institutlar auditi.
O'zbekiston Respublikasida tashqi auditning yuqorida keltirilgan yo'nalishlaridan asosan quyidagi ikkitasi keng rivojlangan:
- korxonalar auditi (Umumiy audit);
- bank muassasalari auditi.
Respublikamizdagi auditorlik firmalari ham audit sohasidagi xizmatlarini asosan shu ikki tarmoq auditi bo‘yicha ko'rsatadilar. Ushbu firmalarda faoliyat yurituvchi auditorlar o‘z bilim va malakalaridan kelib chiqqan holda umumiy audit yoki bank muassasalari auditi bo'yicha ixtisoslashadilar. Respublikamizda umumiy audit sohasida faoliyat yuritish uchun auditor, aw alo, auditorlik malaka sertiiikatiga ega bo‘lishi lozim. Korxonalar auditi sohasida ixtisoslashgan auditorlar xizmat ko‘rsatuvchi, savdo va ishlab chiqaruvclii korxonalaniing moliyaviy hisobotlari auditini o‘tkazadilar va ushbu hisobotlarning BHMS ga asosan tuzilganini tekshiradilar yoki undan chetlanishlar bo'lgan holatlarni aniqlaydilar. Audit tekshiruvi yakunida auditorlik xulosasi tayyorlanadi. Umumiy auditorlik xulosasidan foydalanuvchilar guruhiga quyidagilar kiradi:
- investorlar;
- kreditorlar;
- mahsulot yetkazib beruvchilar;
- xaridorlar;
- xodimlar;
- davlat muassasalari;
- keng jamoatchilik.
Bank muassasalari auditorlari bank moliyaviy hisobotlari auditini o'tkazadilar. Bunda banklar taqdim etgan buxgalteriya ma’lumotlari bank moliyaviy holati va operatsiyalarining natijalarini buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga mos ravishda aks ettirayotganligiga ishonch hosil qilinadi yoki bu standartlar buzilgan holatlar aniqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |