Kostyum tayyorlanib,iste'molchiga yetib borish uchun besh bosqichdan o'tiladi.Har bir bosqichda har bir firma mahsulotni sotib olib,uni qayta ishlab sotib olgan narxidan yuqori narxda sotadi.Agar biz har bir bosqichdagi savdo bitimlarini hisobga olsak,ishlab chiqarish hajmi 7100 + 2500 = 9600 so'm bo'lar edi.Ammo yuqorida aytib o'tilganidek 1-4 bosqichdagi mahsulotlar oraliq mahsulotlar bo'lgani uchun hisobga olinmaydi.Faqat iste'molga tayyor mahsulot kostyumning bozor narxi 7100 so'm hisobga olinadi.Oraliq mahsulotlar qachon hisobga olinib qolinishi mumkin.Masalan,2004 yil oxirida mebel ishlab chiqarish uchun xom-ashyo hisoblangan yog'och-taxta mamlakatga keltirildi,ammo mahsulot ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmaganligi sababli bu mahsulot 2004 yildagi YAIM ni hisoblashda hisoblanadi,2005 yil uchun esa oraliq mahsulot bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |