Aytaylik bozorda 1 kg piyozning narxi 300 so'mdan sotilyapdi.Xar bir xaridorning daromadlari har xil bo'lgani uchun muayyan narxda talablari ham har xil bo'ladi.Berilgan narxda xaridorlarning talablari miqdorining yig'indisi bozor talabini tashkil etadi.Jadvaldagi ma'lumotlar asosida quyidagi grafillarni hosil qilamiz:
1-xaridor talabi 2-xaridor talabi
3-xaridor talabi Bozor talabi (umumiy talab)
5-rasm.Alohida xaridorlar talabi grafigi va bozor talabi grafigi. Oxirgi grafik bozordagi uchchala xaridorning umumiy talabini ifodalaydi.Demak,bozor talabi bozordagi hamma xaridorlar talablarining umumiy yig'indisidan iborat bo'lar ekan.Endi bozorda birinchi xaridor talabiga mos 200 nafar xaridor bor deb faraz qilaylik va ana shu vaziyatga mos ma'lumotlarni ifodalovchi jadval tuzamiz:
1 kg piyoz narxi
1-xaridor talabi
(kg)
Bozordagi xaridorlar soni (nafar)
Umumiy haftalik talab (kg)
500
2
200
400
400
4
200
800
300
6
200
1200
200
8
200
1600
100
10
200
2000
Endi jadvaldagi ma'lumotlar asosida piyozga bo'lgan bozor talabi grafigini quramiz:
P
500
400
300
200
100
D
D
400 800 1200 1600 2000 Q
Piyozga bo'lgan talab kattaligi (kg)
6-rasm.Birinchi xaridor talabiga mos keluvchi bozordagi barcha
xaridorlarning bozor talabi grafigi. Talab chizig'i chizilganda narx har qanday mahsulot sotilishining asosiy omili hisoblanadi.Ammo shunday boshqa omillar borki,ular mahsulot sotilishiga ta'sir ko'rstadi:
Xaridorlar didi,istagi;
Xaridorlar soni;
O'rinbosar tovarlar narxi;
Xaridorlarning daromadlari;
O'xshash tovarlar mavjudligi;
Narx ortish ehtimoli .
T alabning o'zgarishi.Grafikda talab chizig'ining boshqa yangi vaziyatga ko'chishi talabning o'zgarishi deyiladi.Agar 1 kg piyozning narxi 300 so'm bo'lganda 1200 kg emas,balki 1600 kg talab qilinsa talabning o'sishi yuz berdi deyiladi.Bunda grafikdagi talab chizig'i o'ng tomonga ko'chadi.(7-rasm, D1 D2 ).Aksincha,bu narxda xaridorlar 400 kg piyoz talab qilsa,grafikda talab chizig'i chap tomonga ko'chadi (7-rasm, D1 D2 ) va bu vaziyat talabning kamayishi deb aytiladi.
P
500
400
300
200
100
D2
D1
D3
D2
D1
D3
400 800 1200 1600 2000 Q
Piyozga bo'lgan talab kattaligi (kg)
7-rasm.Talabning narxdan boshqa omillar ta'sirida o'zgarishi.Talab miqdori kamaysa talab chizig'i chap tomonga,aks holda o'ng tomonga siljiydi. Taklif.Muayyan narxda sotuvchilar bozorga sotish uchun olib chiqqan yoki olib chiqishlari mumkin bo'lgan tovarlar miqdori.Taklif sotishga qancha tovar qaysi narxda olib chiqilishini ko'rsatadi.Taklif narxni avzalligi tomonidan ko'rsatiladi yoki tovar narxi qanday bo'lganda ishlab chiqaruvchilar qancha miqdorda tovar sotishni taklif etadi.Quyidagi jadvalda dehqon bozorida piyozni taklifi haiqda ma'lumotlar keltirilgan: