29
kontrakt tadbirkorlik (xavfi) tavakalni eng kam (minimal) darajaga
tushuradi. Aks holda tadbirkor tovar ishlab chiqarish bo‘yicha faoli-
yatini faqat og‘zaki kelishuvga ega bo‘libgina boshlaydi. Endigina
yuksalayotgan bozor munosabatlari sharoitida og‘zaki kelishuvlarn-
ing
ishonchliligi uncha katta emas, (tavakal) esa sezilarli darajada
baland.
Ishlab chiqarish tadbirkorligining navbatdagi bosqichi ishlab
chiqarish omillarini sotib olish yoki ijaraga olish (yollash). Ishlab
chiqarish tadbirkorligi agar olinadigan foyda yig‘indilar xarajatlari-
dan 10-15 foizdan ortiq bo‘lgandagina ijobiy ma’noga ega bo‘ladi.
Ishlab chiqarish omillari
Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari
qatoriga ishlab chiqarish
fondlari, ish kuchi, axborot kiradi. Ishlab chiqarish fondlari o‘z
navbatida asosiy va aylanma vositalarga bo‘linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari
(asosiy vositalar) o‘z ichiga:
binolar, inshoatlar, o‘tkazuvchi qurilmalar,
quvvat mashinalari, ji-
hozlar, ish mashinalari va uskunalari, labaratoriya jihozlari, hisoblash
texnikasi, transport vositalari va moslamalari, ishlab chiqarish in-
vertarlari, boshqa asosiy fondlar kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish
vositalariga ishlab chiqarish sexlari, zavod boshqarmasi, texnik xon-
alarning binolarini ham kiritadilar.
Ishlab chiqarishning aylanma vositalari
(mehnat predmetlari)
xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i va energetik
resurslari, idishlar va o‘rama (tara) materiallari,
past qiymatli va
tezda ishdan chiqadigan asboblar va ishlab chiqarish inventari,
ta’mirlashlar uchun ehtiyot qismlardan tashkil topdi. Sotib olinadigan
butlovchi mahsulotlar va korxonaning o‘zi tayyorlagan yarim fabri-
katlarni, korxonaning o‘zi tayyorlagan tugallanmagan va ishlab
chiqarish
yarim fabrikatlarni, kelgusi davrlar xarajatlarini ham
shunga kiritamiz.
Kelgusi davrlar xarajatiga alohida to‘xtab o‘tish kerak bo‘ladi.
Ularning bosh vazifasi – yangi mahsulotni o‘zlashtirishning dastlabki
paytlarda ajralgan xarajatlarni ta’minlash. Keyinchalik bu sarflar ish-
lab chiqarish harakatlariga kiritiladi.
Ishchi kuchini tadbirkor e’lonlar berish yo‘li bilan mehnat birjasi,
ishga joylashtirish agentligi, do‘stlari tanishlari yordamida yollaydi.
Xodimlarni tanlaganda ma’lum ishga nomzodning ma’lumotini, un-
30
ing kasbiy ko‘nikmalarining darajasini,
oldingi ishi tajribasini,
shaxsiy sifatlarini hisobga olish kerak.
So‘ngra tadbirkor moddiy, moliyaviy resurslarni jalb kilish im-
koniyati haqida, ishlab chiqarishning mo‘ljallanayotgan xizmatlarni
sotish bozori haqida o‘ziga zarur bo‘lgan axborotni qo‘lga kiritadi.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: