Ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi
Tadbirkorning ishlab chiqarish faoliyatining natijasi mahsulot
yoki ishni, xizmatlarni xaridorga, iste’molchiga sotish va ma’lum bir
pul summasini olishdir. Pul tushumi va ishlab chiqarish xarajatlari
o‘rtasidagi farq korxonaning foydasini tashkil qiladi.
Tadbirkorlikning yalpi (balans) va qoldiq (sof) foydasini
farqlaydilar.
Yalpi foyda
tadbirkorda u mahsulotni ishlab chiqarish-
ga va sotishga sarflagan, ammo soliq to‘lashgacha bo‘lgan hamma
xarajatlarini to‘lagandan so‘ng qolgan pul yig‘indisini tashkil qiladi.
Qoldik (sof) foyda
yalpi foydadan soliqlar, chegirmalar, turli xil
to‘lovlar, jarimalar, poshlinalarni va hokazolarni chiqarib tash-
lagandan so‘ng aniqlanadi va u ishlab chiqaruvchi – tadbirkor faoli-
yatining pirovard natijasini tashkil etadi.
Bunday tadbirkor faoliyatining umumiy moliyaviy bahosini
rentabillik ko‘rsatkichi
bilan aniqlaydilar. U qoldiq foydaning ish-
lab chiqarishning to‘liq xarajatlari yig‘indisiga nisbati bilan aniqla-
nadi. Masalan, ishlab chiqarish xarajatlarining to‘liq yig‘indisi 40
million so‘mni, sof foyda esa 6,0 million so‘mni tashkil qilsa, renta-
billik 15 foizga (6/40х100%) teng bo‘ladi. G‘arbdagi tadbirkorlar
uchun bunday rentabillik yuqori, vatanimiz tadbirkorligi uchun esa
minimal hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu holatda ishlab chiqarish-
ning ko‘lami ham ahamiyatga egadir.
2.3. Tijorat tadbirkorligi
Tijorat tadbirkorligining faoliyat maydoni bo‘lib tovar birjalari
va savdo tashkilotlari xizmat qiladilar.
Tovar birjasi
– bu ulgurji tovar bozorining xaridor tovarlarining
namunalarini oldindan qo‘rqmaydigan va tovarlarning minimal
partiyalari oldindan belgilanmaydigan ko‘rinishidir.
Tovar birjasida tijorat vositalari va ularning xizmatchilari savdo
32
amallarini birgalikda ishlab chiqilgan va birdek rioya qilinadigan
qoidalar bo‘yicha o‘tkazish uchun ixtiyoriylik asosida birlashadilar.
Bunday birjaning maqsadi – erkin raqobatni boshqarish mex-
anizmini yaratish va uning yordamida hamda talab va taklifni
hisobga olgan holda real bozor baholarini aniqlash. Tovar birjasi
muntazam ishlab turgan ommaviy tovarlarning o‘rnini bosuvchilar
(don, kumir, metall, neft, yog‘och va boshqalar) ulgurji bozorining
rivojlangan shaklidir. Bunday bozorlar iktisodiy rivojlangan mamla-
katlarning hammasida ko‘p yillardan beri ishlab turibdi.
1994 yili esa O‘zbekiston Respublika tovar xom-ashyo birjasi
(O‘z.RTXB); OTXJ ta’sis etildi. “Uzulgurjibirjasavdo” uyushmasi-
ning va “Uzmoliyainvest” XJ ning respublika firmalari va xududiy
kompaniyalardan 27 tasi uning ta’sischilari bo‘ldilar. 1995 yili u
Mustaqil Davlatlar mamlaktlaridagi hamda uzoq xorij davlatlaridagi
hamkasablari bilan o‘rnatilgan birjalararo aloqalarning afzallliklari-
dan keng miqyoslarda foydalanish hisobiga ham aylanmalarni
ko‘paytiradi.
Amalda tovar yetkazib beruvchilar bilan odatdagi savdoni
o‘tkazishdan tashqari tovar birjalarida fyuchers bitishuvlari deb ata-
ladigan amallarni o‘tkazish chog‘ida kelishuvlar tuzilishi keng tar-
qalgan. Fyuchers (muddatli) bitishuvlari shartnoma tuzilayotgan pay-
tda ham naqd mavjud bo‘lmagan tovarlar bilan amalga oshiriladi.
Amalda tovarning o‘zining emas unga kelajakda egalik qilish
huquqining oldi–sotdisi ro‘y beradi, bu esa fermaga ertagi kunga
ishonch tug‘diradi.
Tovar birjalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradilar:
• savdo bitishuvlarni tuzish bo‘yicha vositachilik xizmatlarini
ko‘rsatish;
• tovar savdosini tartibga solish, savdo amallarini tartibga solib
turish va savdo nizolarini hal qilish;
• narxlar, ishlab chiqarishning holati, narxlarga ta’sir qiluvchi
boshqa omillar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va ularni chop etish.
Tovar birjalari ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin.
Yopiq birjalardagi savdolarda xaridor va sotuvchi o‘rtasida
turuvchi brokerlar – birja vositalari qatnashishlari mumkin, ochiq
birjalardagi savdolarda esa faqat birjaga tashrif buyurganlargina
ishtirok etadilar. Birja amallarining xarakteriga ko‘ra tovar birjalari
real tovar birjalari va faqat fyuchers bitishuvlari tuziladigan fyuchers
33
birjalariga bo‘linadi. Tijorat bitishuvi agar sof foyda xarajatlarning
kamida 20-30 foizini tashkil qilgandagina maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |