Qo`llanilayotgan burg’ilash-portlatish ishlari (BPI) texnologiyasining qisqacha baholanishi
Skvajinalar burg’ilash uchun quyidagi qurilmalardan foydalaniladi: kuchli kolonkali perforatorlar(yelpig’ichsimon skvajinalar uchun), НКР-100М turidagi kuchaytirilgan pnevmoudarnikli burg’ilash stanogi(parallel, parallel-yaqinlashgan va yelpig’ichsimon skvajinalar uchun), o’ziyurar burg’ilash qurilmasi( asosan yelpig’ichsimon skvajinalar uchun) va ba`zan sharoshkali burg’ilash stanoklari – БШ-145 (yelpig’ichsimon skvajinalar uchun).
Yer osti rudniklarida ruda yiki puch tog’ jinslarini massivdan ajratib olish uchun asosan portlatish usulidan foydalaniladi. Bu usul rudani ajratishda eng ko’p qo’llaniladi(85% holatlarda) va yaqin muddatda o’z ustunligini saqlab qolishi aniq. Portlovchi moddalar(PM) zaryadlari shpur, skvajina yoki bevosita kon lahimiga (mina va yo’naltirilgan zaryadlar) joylashtiriladi. Portlayish ishlari samaradorligi tog’ jinslari xususiyatlaridan tashqari burg’ilash sifati va PM turiga bog’liq.
BPI usulida rudani massivdan ajratib olishning kamchiliklari:
Rudaning bir xil o’lchamlarda maydalanmasligi. Bu esa o’z navbatida ikkilamchi maydalashni talab qiladi.
Jarayonning uzluksiz bo’lmasligi. Portlatish ishlaridan keying shamollatish vaqtida texnologik jarayon uzilib qoladi.
Ishlarning to’liq havfsizligini ta`minlash murakkab.
Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish imkoni yo`q.
Biroq, o’rtacha mustahkamlikdagi va ayniqsa, o’ta mustahkam rudalarni maydalash uchun boshqa raqobatbardosh usulning o’zi yo’q. burg’ilab-portlatish usulining mehnat sig’imi yuqori, portlatib rudani ajratish xarajatlari boshqa texnologik jarayonlarning xarajatlaridan sezilarli baland. Ba`zi hollarda bu xarajatlar qazish ishlari xarajatlarining 60, hatto 80%ni tashkil etadi.
Rudani ajratib olish (отбойка) natijalarini baholash uchun quyidagi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
Burg’ilovchining mehnat unumdorligi (t/smena);
Portlovchi moddalarning solishtirma sarfi (kg/t, kg/m3);
Bir metr shpur yoki skvajinaga to’g’ri keladigan ruda chiqishi (t/m, m3/m);
Ajratilgan ruda umumiy massaiga ko’ra noo’lchamlarning chiqishi.
Noo’lchamlar deb, ajratilgan rudaning yo’l qo’yiladigan (konditsion) o’lchamdan katta bo’lgan bo’laklariga aytiladi. Konditsion bo’lak deb, o’lchamlari kavjoydan yer yuzigacha yoki yer osti maydalash-qayta yuklash punktigacha qiyinchiliksiz yetkazib berish imkonini beradigan ruda bo’laklariga aytiladi. Noo’lchamlar konditsion o’lchamga kelgunga qadar ikkilamchi maydalanadi. Noo’lchamlar chiqishi qancha kam bo’lsa rudani ajratib olish sifati shuncha yuqori bo’ladi.
Rudani ajratib olish samaradorligiga bir qancha omillar ta`sir o’tkazadi. Eng asosiy omillardan biri rudaning mustahkamligidir. Mustahkamlik yuqori bo’lsa burg’ilash tezligi kamayadi va portlovchi modda sarfi ortadi. Ko’p miqdordagi portlovchi moddalarni joylashtirish uchun skvajinalarni chuqurroq burg’ilashga to’g’ri keladi, bu esa bir tonna ajratib olinadigan ruda uchun sarflanadigan PM miqdori ortishiga sabab bo’ladi. Turli burg’ilsh stanoklari va turlicha mustahkamlikdagi rudalar uchun burg’ilovchining ish unumdorligi (t/smena) normativ ma`lumotnomalarda ko’rsatib o’tilgan.
Rudaning darzdorligi mehnat sig’imiga bilkvosita ta`sir ko’rsatadi. Massiv o`zidagi tabiiy darzliklar tufayli hatto kamaytirilgan miqdoridagi PM ta`sirida ham parchalanadi. Agr darzliklar orasidagi masofa 0.5-1 m bo’lsa, ajratib olish qulay bo’ladi, chunki ruda yuklash va tashish uchun qulay o’lchamdagi bo’laklarga ajraladi. Bu holda nisbatan kichik BPI hajmida ruda yaxshi maydalanadi. Darzliklar orasidagi masofa kattaroq bo’lsa ikkilamchi maydalash zarur bo’ladigan katta o’lchamli bo’laklar hosil bo’ladi. Chunki darzliklar portlash enerhiyasi tarqalishining oldini oladi. Shuning uchun darzliklar orasidagi ruda uchastkasi ko’pincha yaxshi maydalanmay qoladi( agar zaryad aynan shu uchastkada portlatilmasa).
Bundan kelib chiqadiki darzliklar setkasi siyrak bo’lsa burg’ilash-portlatish ishlari hajmi ortadi(chunki iloji boricha kamroq ruda uchastkalari zaryadlar oralig’ida qolishi kerak), hatto shunda ham noo’lchamlar chiqishi yuqori bo’ladi.
Rudani ajratib olish unumdorligiga kavjoy kengligi va qatlam qalinligi ham ta`sir etadi. Chunki tor kavjoyda keng kavjoyga nisbatan shpurlarni zichroq joylashtirishga to’g’ri keladi. Eng chekka skvajinalarga kamroq ruda hajmi to’g’ri keladi. Shuning uchun tor kavjoy va yupqa yotqiziqlarda 1 m skvajinadan ruda chiqishi kam, PMning solishtirma sarfi yuqori bo’ladi.
Rudani ajratib olish samaradorligiga ochiq yuzalar soni sezilarli ta`sir ko’rsatadi. Har xil omillarning mehnat sig’imiga ta`siri faqat umumiy holda baholanadi. Chunki xilma-xil sabablar tufayli aniq baholash qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |